Oligopoliya
– tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan
kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq
hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir
va shu kabilar – jismoniy ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oli-
gopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar,
yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan firmalarning umumiy o‘zaro bog‘liqlikda joylashishi
yashirincha kelishishga qulaylik tug‘diradi. Yashirincha kelishish narxlarni qayd
qilish, bozorni bo‘lish va boshqacha yo‘llar bilan o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni
cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin.
Uning eng oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar
narxlar va ishlab chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgan narxni ushlab turish
mumkin bo‘lishi uchun ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar
bo‘lingan bo‘lishi zarur.
Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‘z o‘rnini
tutadigan norasmiy vosita hisoblanadi. Bunda tarmoqdagi katta yoki ancha
samarali firma narxni o‘zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi
mumkin.
Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o‘rin beradi. Chunki birinchidan,
raqobatchilarga reklama va mahsulotni o‘zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan,
oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli
moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi.
167
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda
alohida-alohida, ya‘ni sof holda uchramaydi.
Shu sababli erkin raqobatli bozorning xaraqterli belgilari bilan, sof
monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o‘rtasidagi
farqlarni ko‘rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun
bozorning keyingi uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki
«nomukammal» raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi.
Raqobatning qarab chiqilgan to‘rtta shaklidan tashqari, ko‘plab bozor
tuzilmalari ham mavjud bo‘ladi. Jumladan, bular monopsoniya, duopoliya, ikki
tomonlama monopoliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |