X BOB. RAQOBAT VA MONOPOLIYA
1.
Raqobatning iqtisodiy mazmuni.
2.
Raqobat shakllari va usullari.
3.
Monopoliya, uning vujudga kelishi va turlari.
4.
Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy –iqtisodiy oqibatlari.
1.
Raqobatning iqtisodiy mazmuni
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim
belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mehanizmi hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondoshib tahlil qilishni talab qiladi.
Mustaqil tovar
ishlab chiqaruvchilar
(korxonalar) o‘rtasidagi raqobat
tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda
sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan
iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib
olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste‘molchilar uchun kurashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |