Ботаника ва ўсимликлар физологияси


Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза

Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi
Hujayra organoidlarining tuzilishi. Sitoplazma organoidlari – mitoxondriya 
(xondriosoma), ribosoma, endoplazmatik to‘r, goldji apparati (diktiosoma), plastidalar, 
lizosomadan iborat. 
Yadro – hujayraning markaziy qismida joylashgan organoid bo‘lib, DNK shaklidagi 
genetik material strukturasida irsiy axborotlarning saqlanishi va matritsa asosida nusxa 
ko‘paytirilishi, avlodlarga uzatilishini ta’minlaydi. 
Yadro tashqi tomondan ikki qavat membrana bilan qoplangan bo‘lib, membranada 
hujayra sitoplazmasi bilan bog‘lanishni ta’minlovchi spetsifik tirqishlar joylashgan. Bu 
tirqishlar orqali faqat tanlab ta’sirlashish mexanizmi asosida ma’lum bir moddalargina 
tashilishi amalga oshadi. Yadroning ichki muhiti – nukleoplazma deb nomlanadi va uning 
tarkibida DNK bilan kompleks hosil qiluvchi ipsimon morfologik shakldagi xromatin 
joylashadi. Odatda, mikroskop ostida xromatin iplarini ko‘rish mumkin emas, biroq 
hujayraning bo‘linish davrida ma’lum bir fazalarda xromatin o‘lchami katalashadi va 
xromosoma deb nomlanuvchi struktura tuzilmalarni mikroskop ostida osonlik bilan 
kuzatish imkoniyati yuzaga keladi. Hujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo‘ladi. 
Plastidalar
Leykoplast 
Xromoplast 
Xloroplast 
Karotin
Ksantofill 
Xlorofill 
Karotin 
Ksantofill 


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
13
Yadro 1831 yilda ingliz olimi R. Braun tomonidan kashf etilgan. Yosh embrional 
to‘qima hujayralarining bo‘linishi yadro bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Shakllangan 
yadro faqat ko‘k-yashil suv o‘tlari va bakteriyalarda bo‘lmaydi. 
Mitoxondriya- (grekcha «mitos»-ip, «xondrion»-granula) ipsimon ѐki granulali 
bo‘lib, 1904 yilda Meves tomonidan kashf etilgan. Ular granula, taѐqcha, donacha va 
ipsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 7mk gacha bo‘ladi. Uch qismdan iborat: tashqi 
membrana; krist burmalaridan iborat ichki membrana; turli kattalikdagi kristlar va ular 
orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turgan gomogen modda matriksdan tuzilgan. Hujayrada ular 
soni 
50 tadan 5000 tagacha bo‘lib, kuch stansiyasi hisoblanadi. Uglevodlarni, 
aminokislotalarni va uch karbon siklidagi kislotalarni parchalaydi hamda nafas olish 
jaraѐnini boshqaradi. 
Ribosoma-sitoplazmada erkin holda ѐki endoplazmatik to‘r, yadro tashqi 
membranasi tarkibida uchraydi. Ba’zan erkin ribosomalarning 5-10 tasi birlashib 
polisomalar hosil qiladi. Ribosomalar oqsil sintezini amalga oshiradi. 
Goldji apparati - hujayra sitoplazmasidagi yana bir muhim organella hisoblanadi. 
Uni birinchi marta 1898 yilda italiyalik sitolog Goldji qayd qilgan va diktiosoma nomi 
bilan yuritgan. Goldji apparati tarkibida oqsillar, lipidlar, polisaxaridlar, fermentlardan 
fosfataza, peroksidaza va turli xil gidrolazalar uchraydi. Hujayradagi suv balansini tartibga 
solishda, hujayradagi chiqindi va zaharli moddalarni to‘plashda hamda hujayra vakuolasini 
hosil qilishda ham goldji apparati ishtirok etadi. Goldji apparati shuningdek uglevodlar 
sintezida lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda qatnashadi. 
Endoplazmatik to‘r- o‘zaro bog‘langan ultramikroskopik kanal, pufak va sisternalar 
sistemasidan iborat ekanligi aniqlangan. Endoplazmatik to‘r membranalarida ribosomalar 
joylashgan bo‘ladi. Yuzasida ribosomalari bo‘lmagan membranalar esa silliq 
membranalar deb ataladi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichida moddalarning harakati va 
taqsimotida hamda hujayrada sodir bo‘ladigan modda almashinish jaraѐnida muhim rol 
o‘ynaydi. Silliq endoplazmatik to‘rlar lipidlar va uglevodlarni sintez qilishda ishtirok etadi 
va organoidlarga tarqatib beradi. Bu to‘rlar hujayraning asosiy organoidlarini birlashtirib 
turadi. 
Plastidalarni-Levenguk 1676 yilda kashf etgan. Xloroplastlar tarkibida xlorofill, 
karotin va ksantofill, xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari bor. Plastidalar 
stroma hamda pigmentlar, protein va lipid, mineral elementlardan tashkil topgan. 
Plastidalar qo‘sh membranali oqsil-lipidli qobiqqa ega. Plastidalar tarkibida ko‘p miqdorda 
turli fermentlar bo‘lib, ular moddalar almashinuvi jaraѐnida biokatalizator sifatida ishtirok 
etadi. Plastidalar o‘simlik hujayrasida zahira moddalarning hosil bo‘lishi va almashinuvida 
asosiy rol o‘ynaydi. Uch xil plastidalar mavjud: leykoplast, xloroplast va xromoplast. 
Rangli plastidalar tarkibida pigmentlar bo‘ladi. Xloroplastlar tarkibida xlorofill (yashil), 
karotin (qizil) va ksantofill (sariq), xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari 
bor. 
Leykoplastlar-tarkibida pigmentlar uchramaydi, ichki membranasi kuchsiz 
rivojlangan. Leykoplastlarning quyidagi turlari mavjud: tarkibida kraxmal to‘plovchi 
amiloplastlar; oqsil saqlovchi proteinoplastlar; moy to‘plovchi elayoplastlar ѐki 
oleoplastlar; etioplastlar qorong‘i joyda o‘sgan o‘simliklarda hosil bo‘ladigan rangsiz 
plastidalar hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ilikdan ѐrug‘likka 
o‘tqazilsa, hujayradagi etioplastlar tezlikda xloroplastlarga aylanadi. Leykoplastlar 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish