БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
1
1-MAVZU: BOTANIKA FANIGA KIRISH, BOTANIKANING QISHLOQ
XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI. HUJAYRA TUZILISHI. O’SIMLIKLAR
TO’QIMALARI.
Reja:
1.
Botanika fanining maqsadi va vazifasi;
2.
O‘simliklarning oziqlanish xususiyatlari;
3.
Botanikaning asosiy bo‘limlari;
4.
Hujayra nazariyasining yaratilishi;
5.
Botanikaning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Tayanch iboralar:
Botanika faniga
kirish va uning ahamiyati; o‘simliklarning
avtotrof va geterotrof usulda oziqlanishi; anatomiya, morfologiya, sistematika, algologiya,
dendrologiya, mikologiya; hujayrani o‘rganilish tarixi va sitologiya faniga hissa qo‘shgan
olimlar, eukariot va prokariot hujayralar, o‘simlik hujayralarini o‘rganish
uslublari;
botanikaning agronomiya fani bilan bog‘liqligi va qishloq ho‘jaligidagi o‘rni.
1.
Botanika fanining maqsadi va vazifasi
Botanika (yunoncha «botane»–o‘t, ko‘kat ma’nolarini anglatadi) o‘simliklarning tuzilishi,
o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini hamda yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Yozuvchilar kema halokati tufayli orollarga tushib qolgan kishilarning holatini aks ettirish
uchun kimsasiz orolda yakka holatda o‘suvchi kokos palmasi daraxtini (Cocos nucifera)
tasvirlashadi. Agar, haqiqatdan ham shunday vaziyat yuzaga kelsa, u holda halokatga
uchragan kemada tirik qolgan odamlar uchun aynan bu
manzara yetarlicha darajada
muvafaqqiyatli holat sifatida qayd qilinishi mumkin, chunki bu universal tavsifga ega
bo‘lgan daraxt turi odamning tirik qolishi uchun talab qilinadigan deyarli barcha ehtiѐjlarni
qondiruvchi manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Odatda,
bitta kokos palma daraxtida
har yili o‘rtacha 50–100 donagacha «kokos ѐng‘og‘i» deb nomlanuvchi meva pishib
yetiladi, uning ichki qismida o‘simliklar olamida nisbatan eng yirik o‘lchamga ega bo‘lgan
yakka holatdagi urug‘lari joylashadi. Odatda, biz tropik mevalar bilan savdo qiluvchi
oziq– ovqat do‘konlaridan sotib olishimiz mumkin bo‘lgan kokos ѐng‘og‘i
mevasining
tashqi qobiq qismini yetarlicha darajada qalinlikda olib tashlanadi. Tasavvur qiling, huddi
tashqi yumshoq meva eti qismi olib tashlangan shaftoli urug‘lari kabi ko‘rinishga kelib
qoladi. Kokos ѐng‘og‘ini tashqi tomondan o‘rab turuvchi qobiq qismini bir necha oy
davomida sho‘r
suvga solib, yumshatish orqali olib tashlash mumkin. Pishib yetilmagan
kokos urug‘larining ichki markaziy qismida suyuq holatdagi ozuqaga boy endosperm
joylashadi. Urug‘lar pishib yetilishi davomida endosperm qismi
qattiqlashadi va kokos
ѐng‘og‘ining o‘ziga xos tarkibiy qismi shakllanadi. Kokos ѐng‘og‘ining ushbu qurigan
holatdagi eti – «copra» deb nomlanadi va oziq–ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilinishi
ѐki tarkibidan moy ajratib olish maqsadida foydalanilishi mumkin. Kokos ѐng‘og‘i
moyidan sovun va boshqa maxsulotlar tayѐrlanadi. Shuningdek, kokos moyi biz har kuni
kundalik turmushimizda foydalaniluvchi o‘simlik moyidan tayѐrlanuvchi sarѐg‘
turlari
tarkibida, bundan tashqari pardoz–andoz mahsulotlari, quѐsh nurining kuydiruvchi
ta’siridan himoyalovchi surtma malhamlar va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Garchi, hozirgi vaqtda kokos moyi turli xil mahsulotlar tarkibida
foydalanilsada, biroq bu moyning kimѐviy tarkibi to‘yingan xossaga egaligi sababli, oziq–