БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
21
vakuola, mitoxondriya, ribosoma kabi organellalar joylashgan. Floema naylari bir
yildan kam bo‘lmagan muddat davomida tiriklik xossasini saqlab qoladi. Biroq,
ayrim palma turlarida bu tipdagi hujayralar tahminan 100 yilgacha funksiya
bajarishi ham aniqlangan!
Floema naylari yo‘ldosh hujayralar bilan o‘zaro birgalikda o‘simlikda
o‘tkazuvchi tizim funksiyasini ta’minlaydi. Yo‘ldosh hujayralar yadroga ega tirik
hujayralar hisoblanadi. Bu hujayralar floema naylari tizim funksiyasini
boshqaruvchi ahamiyatga ega hisoblanishi tahmin qilinadi. Yo‘ldosh hujayralar
o‘rtasida va ular bilan floema naylari o‘rasida plazmodesma sohalari shakllangan.
Ma’lumki, plazmodesma – bu o‘simlik hujayralari o‘rtasida modda va axborot
almashinuvi amalga oshuvchi kanallar hisoblanadi. Yo‘ldosh hujayralar orqali
ozuqa moddalari bevosita tashilishi amalga oshmasada, biroq ushbu hujayralarning
o‘tkazuvchi tomir hujayralar orqali moddalarning o‘simlik oranlariga tomon
tashilishida muhim ahamiyatga ega hisoblanishi tahmin qilinadi.
O‘simliklarda qoplovchi to‘qima hujayralari – epidermis va periderma qavati
hujayralaridan tashkil topadi. O‘tsimon o‘simliklarda qoplovchi to‘qima qavati
hujayralari epiderma deb nomlanadi. Daraxtsimon o‘simliklarda esa – dastlab,
epiderma shakllanadi va keyin, epiderma tagida qo‘shimcha qavat – periderma
rivojlanadi. Periderma qavati hujayralari tashqi devori qalin hujayralardan tashkil
topgan bo‘lib, epiderma qavati hujayralari jarohatlangan sharoitda himoya
funksiyasini bajaradi. Shuningdek, qarigan daraxtlar ildiz va poyalarining tashqi
po‘stloq qavatida epiderma qavati butunlay yo‘qoladi va uning o‘rnini periderma
qavati egallaydi. Epiderma qavati hujayralari asosan, o‘tsimon o‘simliklarda
kuzatiladi. Epiderma – tarkibi asosan, ixtisoslashmagan tirik hujayralardan tashkil
topgan to‘qima qavati hisoblanadi. Shuningdek, bu hujayralar orasida himoya va
o‘sish funksiyasini bajaruvchi, maxsus ixtisoslashgan – trixoma deb nomlanuvchi
hujayralar ham mavjudligi aniqlangan. Ko‘pgina o‘simlik turlarida epiderma qavati
bir qavat hujayralardan tashkil topadi. O‘simliklar organlarining tashqi epiderma
qavatida joylashgan hujayralarning qobig‘i nisbatan qalin bo‘lib, himoya funksiyasi
yaqqol ifodalanadi. Epiderma qavati hujayralarining tarkibida xloplastlar mavjud
emas va shu sababli, shaffof (rangsiz) tusda bo‘lishi qayd qilinadi, bu hujayralar
orqali quѐsh nuri poya va barglarning ichki qismiga osonlik bilan o‘tishi kuzatiladi.
O‘simliklarda barglar va ѐsh novdalarda fotosintez apparati epiderma qavati
hujayralarining tagida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |