Botanika indd


-rasm, Ocsimlikning nafas  ofishini ko‘rsatuvchi tajriba 69



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/111
Sana16.03.2022
Hajmi3,92 Mb.
#496077
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
2 Botanika 6-sinf 2017(1)

61-rasm,
Ocsimlikning nafas 
ofishini ko‘rsatuvchi tajriba
69


karbonat ^
angidrid
angidrid
62-rasm.
Fotosintez va 
bargning nafas olishi
63-rasm.
0 ‘simlikning 
barcha organlari nafas 
olishini ko‘rsatuvchi 
tajriba
kletchatkaga aylanadi yoki oqsillar, yog‘lar, vitaminlar hosil 
bo‘lishiga sarf boiadi. Bu moddalar esa o‘simlik hujayralari 
va to‘qimalarining qurilishi uchun zarur. 0 ‘simlikning nafas 
olish jarayonida esa organik moddalar anorganik modda­
lar - suv va karbonat angidridgacha parchalanadi. Natijada 
o‘simlikning hayotiy faoliyati uchun zarur energiya ajraladi. 
Demak, fotosintez va nafas olish jarayonlari bir-biri bilan 
bog‘liq jarayonlardir.
0 ‘simlik to‘qimalarida kechadigan modda va energiya- 
ning bunday o‘zgarishi 
moddalar almashinuvi 
deyiladi. 
Moddalar almashinuvi barcha tirik organizmlar kabi 
o‘simliklarning ham muhim xususiyatlaridan biridir.
29-§. 0 ‘SIMLIKLARNING SUV BUG4LATISHI
0 ‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan у ana biri 
suv 
bug‘latishdir. Suv bug‘lanishi tufayli ildiz orqali suv 
va mineral tuzlaming so‘rilishi tezlashadi. Bu moddalar 
poya bo‘ylab harakat qiladi. Suv bug‘latish o‘simlik organ- 
larini qizib ketishdan saqlaydi.
70


Bum tajribada oson tekshirib ko‘rish mumkin. Masalan, 
gultuvakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli nov- 
dasini kolbaga solib, og‘zi paxta bilan berkitilsa, oradan 
bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil 
bo‘lganini ko‘rish mumkin (64-rasm). Bu o‘simliklar bargi- 
dan bug" shaklida ajralgan suvdir.
Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi. Bir 
tup o‘simlikdagi barglar qancha suv bug‘latishini hisoblab 
chiqish mumkin.
Buning uchun o‘simlikning bargli novdachasi suvli shi- 
sha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun uning 
yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha 
idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qo‘yib5 pallalar muvoza- 
natga keltiriladi. Barglar suvni bug‘latganligi uchun shisha 
idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi 
asta-sekin koctariladi. Oradan bir sutka o‘tgandan keyin ta­
rozi pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga kelti­
riladi va bir sutkada qancha suv bug‘langanligi aniqlanadi. 
0 ‘simliklar turiga va qayerda o‘sishiga qarab tuproqdan ola- 
digan suvni turli darajada bug‘latadi. Issiq va quruq sharoitda 
o‘sadigan ocsimliklar suvni nisbatan kam bug‘latadi. Chunki 
ayrim cho‘l o‘simliklarining barglari juda maydalashib ket- 
gan (saksovulda) yoki shaklini o‘zgartirib, tikanga (kaktus- 
larda) aylangan. Boshqa bir tur o‘simliklar 
esa tuklar bilan qalin qoplanganligi 
uchun suvni kam bug‘latadi. Ayrim 
cho‘l 
0
‘simliklari (shuvoq, qora boya- 
lich va boshqalar) suvni kam bug‘latishi 
uchun yoz oylarida barglarini to‘kib 
yuboradi.
Olimlarning aniqlashicha bir tup 
g‘o‘za yoz davomida o‘z vaznidan 
500-600 hissa ko‘p suv bug‘latadi.
Bir tup makkajo‘xori yoz davomida 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish