Botanika indd



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/111
Sana16.03.2022
Hajmi3,92 Mb.
#496077
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
Bog'liq
2 Botanika 6-sinf 2017(1)

36-rasm.
 Barglarning 
ichki tuzilishi:
1 -ustki va ostki po‘sti 
(epiderma); 2-barg 
eti; 3 - o ‘tkazuvchi 
nay tola boylamlari; 
4 -o g ‘izcha; 5-tukcha.


19-§. SHAKLI 0 ‘ZGARGAN NOVDALAR
Shakli o‘zgargan novdalar yerosti va yerusti shakli o‘zgargan 
novdalarga bo‘linadi. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga esa 
piyozbosh, tugunak, ildizpoya kiradi (37-rasm).
Shakli o‘zgargan yerosti novdalar muhim biologik aha- 
miyatga ega. Ular o‘ simliklami noqulay tashqi muhitdan 
saqlaydi, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi va 
ulaming vegetativ yo‘ l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi.
0 ‘ simliklar bargida boradigan murakkab biologik jara- 
yonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo‘ladi va 
ular turli organlarda to‘planadi. Bu moddalar o‘ simliklaming 
o‘ sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o‘ simliklar piyoz- 
boshli o‘simlik deyiladi.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U 
kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o‘ralgan. 
Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlay­
di. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta 
poyacha borligini ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta 
poyacha asosidan pastga qarab mayda qo‘ shimcha ildizlar 
hosil bo‘ ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o‘zgargan 
barglar), kurtaklami ko‘rish mumkin. Piyozning ana shu se­
ret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ulaming hujay- 
ralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan kurtak- 
dan barglar, gulpoya о‘ sib chiqadi. Gulpoya uchida to‘pgul 
hosil bo‘ladi. Demak, piyozbosh shakli o‘zgargan yerosti 
novdadir.
Tugunak va ildizpoyalar ham o‘ simliklaming shakli 
o‘zgargan yerosti novdasidir. Tugunakli o‘ simliklarga ham- 
mamizga tanish bo‘ lgan kartoshka, topinambur kabilar kira­
di. Ulardan eng ko‘p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. 
Kartoshkaning tugunaklari uning yerosti poyasidan hosil 
bo‘ladi. U, asosan, yumaloq shaklda bo‘lib, o‘zida ko‘p 
miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki 
tuzilishi jihatidan novdaga o‘xshaydi. Tugunaklaridagi chu-
43


qurchalarda - ko‘zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan 
boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.
Tugunaklar issiq, semam sharoitda tez ko‘kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o‘ sib chiqadi. 
Kurtaklaming ko‘p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joy- 
lashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklar­
dan o‘ sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzi­
lishi poyanikidan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun 
kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomi- 
zilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘ simlikdagi 
singari barglarda hosil bo‘ lib, o‘ sha yerda shakarga ayla- 
nadi va po‘ stloqning elaksimon naychalari orqali tugunak­
ka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va 
to‘planadi.

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish