O`stirish texnologiyasi – O`zbekiston sharoitida nargiz lolalar oktyabr oyining birinchi yarmida tunnellarda o`tqaziladi. O`tqazishda chuqurligi 10-12 sm qilib o`tqazilsa, 1m2 erga 50 dona piyoz joylashishi mumkin. Bu piyozlar
saralangan birinchi navdagi piyozlar bo`lishi shart agar yuqorida ko`rsatilgan muddatdan kechiktirilib o`tqazilganda gullashlari anchaga kechikib gul sifatlari yaxshi bo`lmaydi. Piyozlar o`tqazilayotgan vaqtda qishki yog`inlar to`planib, ko`l bo`lib qolishni hisobga olgan holda erni tekislab o`tqazish shart. Piyozlarni o`tqazishda har bir bo`limning eni 110-120 sm ko`chatlarning orasi 15-20 sm bo`lsa qatorlar usunligi 40-50 m bo`lishi kerak. Piyoz gulli o`simliklarni begona o`tlar bosib ketmasligi uchun gerbetsidlardan foydalanish zarur, ya`ni piyozlar o`tqazilib bo`lgandan 3 kun o`tgach 3 kg semazinni 800-1000 l toza suvga qo`shib purkash tavsiya qilinadi. Plyonkalar yopilgandan so`ng har necha vaqtda havosini almashtirish maqsadida ikkala tomon ochilib shamolllatirish lozim. Aks holda turli zamburug` kasalliklarga duchor bo`lishi mumkin. Gullab bo`lgach lola, nargiz, sumbula piyozlari TMTD bilan changlantirib, soya shamolgoh erda quritib olish tavsiya qilinadi.
Qo`shimcha xonalar (er to`lalar va yordamchi inshootlar). Yirik gulchilik xo`jaligidagi qo`shimcha xonalarga turli omborlar, er to`lalar, saroylar va xokazolar kiradi. Harorati boshqariladigan er to`la yoki omborlar georgina, gortenziya, qalamcha qilingan atirgul nastarinlarni qishda saqlash uchun er yuzasida va chuqurlikda bo`lishi mumkin. Ularga qo`yiladigan asosiy talablar: yaxshi issiqlik qoplamasi, xonani shamollatib turuvchi qurilma, elektr yorug`ligining bo`lishi. er to`lalarda o`rtacha harorat 2-6 S0 bo`ladi. Ularning
o`lchami va tuzilishi turlicha, foydali ish maydonlari hajmini ko`paytirish uchun bir necha qismli tokchalar quriladi.
Bokslar (alohida xonalar), xolodil`nik, qurilmali xonalar – bular kesilgan gullarni saqlash uchun mo`ljallangan. Shuningdek, uni erta bahorda, kuzda va qishda. kuzgi va kech bahorgi tezlashtirib etishtirishga mo`ljallangan o`simliklarni saqlash uchun qo`llash mumkin. Gulchilik xo`jaliklarida piyoz va tuganak piyozlarni quritish, saqlash uchun markaziy isitish tarmog`li, xonani shamollatib turuvchi qurilma qismli tokchalarga ega maxsus omborlar bo`lishi kerak. Yirik gulchilik xo`jaliklari tezlashtirib etishtirilayotgan piyoz gullarni saqlash uchun maxsus xonalarga ega bo`lishi lozim. Asbob uskunalar, o`g`itlar, idishlar, tuvaklar va boshqa materiallarni saqlash uchun asbob uskuna saroylarini qurish ko`zda tutiladi. Hamisha yashil o`simliklarni yozda saqlash va ildiz ottirish uchun shiyponlar quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |