Bosim ostida payvandlash


Institut o’quv – uslubiy kengashi raisi



Download 6,64 Mb.
bet2/129
Sana22.06.2022
Hajmi6,64 Mb.
#691863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Bog'liq
Majmua.Bosim ostida payvandlash (2)

Institut o’quv – uslubiy kengashi raisi _____________________ _________


O‘QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI



1.

O‘quv materiallar:

bet

1.1.

Ma’ruza kursi.

5

1.2.

Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma.

177

1.3.

Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma.

217

2.

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari:




2.1.

Kurs loyihasini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma.

233

3.

Glossariy.

239

4.

Ilovalar:




4.1.

Fan dasturi.

249

4.2.

Ishchi o‘quv dastur.

257

4.3.

Sillabus.

269

4.4.

Tarqatma materiallar.

272

4.5.

Testlar.

276

4.6.

Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.

281

4.7.

Fanning o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo’yicha boshqa materiallar.

283


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIXOZLAR” KAFEDRASI

“ BOSIM OSTIDA PAYVANDLASH”

FANIDAN




5320300 ― “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo`nalishi talabalari uchun

MA’RUZALAR KURSI



Andijon -2021

1-Modul: Bosim ostida payvandlash nazariyasi asoslari.
1-mavzu. Kirish


Reja:

    1. Kirish.

    2. Bosim ostida payvandlashning texnologiyasi va jixozlarni qisqacha rivojlanish tarixi va sinflanishi.

    3. Sovuq usulda payvandlash

    4. Diffuzion payvandlash.

    5. Ultra tovush yordamida payvandlash.

    6. Ishqalab payvandlash.

    7. Prokatlab va portlatib payvandlash.

    8. Yuqori chastotali tok bilan payvandlash.

    9. Termo-kompression payvandlash.

    10. Magnit impulsli payvandlash.

    11. Kontaktli payvandlash.

Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalarning deyarli 97% ana shu usulning hissasiga to‘gri keladi.
Bosim bilan kontakli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar Аkademiyasining faxriy a’zosi, ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi.
Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan, hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlpsh ishlab chiqildi.
Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AQShda). Kontaktli payvandlashning MDX mamalakatlarida taraqqiy etishi kontaktli payvandlash mashinalari ishlab chiqarish rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920 yilning oxirida "Elektrik" zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator tarmoqlarida, ayniqsa mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qo‘llanila boshlashiga yordam berdi.
A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin Е.D. Orlov, V.P. Nikitin va boshqa ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDX mamlakatlarida kontaktli payvandlash mashinalarining barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi.
O‘zbekistonda kontaktli payvandlash avtomobilsozlik zavodida keng qo‘llanilmoqda.
Bosim ostida payvandlashda tanavorlarni biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi.
Materiallarni payvandlash deb, ular atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlarning ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o‘z-o‘zidan yuz beradi.
Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birkmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi.
Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar - oksidlar, yog‘ pardalari va bosqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1·108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin.
Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi.
Qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik bo‘lib qoladi. Haroratni yanada ko‘tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. By holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘z-o‘zidan birlashadi.
Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo‘ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo‘lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan krisstallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.

B


1-1 rasm. Bosim bilan payvandlash ussullarining tasnifi.
osim ostida
pаyvаndlаshning аsоsiy usullаri tаsnifining sxеmаsi 1.1-rаsmdа ko‘rsаtilgаn.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish