Mavzu-14. Ventilyatorlarning aerodinamik xarakteristikalari
VENTILATORNI KONSTRUKTIV TUZILISHINING XUSUSIYATLARI
Ventilatorlar odatda ikki guruhga bo’linadi: markazdan qochma va o’qli ventilatorlar. Markazdan qochma ventilatorlar past (0,981kPa gacha) o’rta (0,981-2,943 kPa gacha) va yuqori (2,943 kPa dan ortiq) bosimli bo’ladi.
Ularning konstruktiv tuzlishi va o’lchovlari, unumdorlik, bosim va aylanish chastotalari bilan belgilanadi.
Ventilatorlarda uch xil kurakchalar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda asosan amaliyotda orqaga egilgan kurakchalar qo’llaniladi. Bunday kurakchali ventilatorlarning, oldinga qarab egilganlarga nisbatan, FIKsi yuqoriroq, shovqini kamroq, sarfi keng diapazonda ishi barqaror bo’ladi.
14.1-rasm. Umum-sanoati maqsadli ventilatorlarni standart joylashishi
Ventilator tanasini joylashishi: П-o’ng; Л-chap; В-yuqori; H- past;
ВП-yuqori o’ng; ВЛ-yuqori chap; НП- past o’ng; НЛ-past chap
Korpusning konstruksiyasi o’zgarmas enli spiralsimon qilib tayyorlanadi. Yuqori bosimli ventilatorlar korpuslari cho’yandan quyma tayyorlanadi. Havo yo’naltiruvchi tizimda ventilatorlarni qo’shishda, uning valining aylanish yo’nalishi va chiqarish teshiklarining joylashishi katta ahamiyatga ega.
Valining aylanish bo’yicha, ventilatorlar o’ng va chap yo’nalishli ventilatorlarga bo’linadi.
14.2-rasm. Ikki tomonlama so’ruvchi ventilator va tutuntortkichlarni standart joylashishi
IES dagi kukun tayyorlash tizimlarida tegirmon ventilator korpuslarining 24-xil standart joylashish xolatlari mavjud. (8.5-rasm).
ISSIQLIK ENERGETIKADA VENTILATORNING QO’LLANILISHI
Sanoatda IES bug’ generatorlari uchun unumdorligi 4,5 ÷900 ming. m3/soat, bosimi 9810 Pa (1000 mm.suv.ust.) dan ortiq 50-xil (tiprazmer) ventilator va tutun tortuvchi (dimosos) ventilatorlar ishlab chiqariladi.
IES larda qo’llaniladigan ventilatorlar turlari: 1) purkovchi ventilatorlar;
2) tegirmon ventilatorlar; 3) issiq havo uzatadigan ventilatorlar; 4) asosiy tutun tortuvchilar; 5) reduksion tutun tortuvchilar.
Purkovchi ventilatorlar yuqori bosimli (ВД) harorati bo’lgan sovuq havoni havo quvuridan va havo qizdirgichlaridan o’tkazib o’txonaga uzatadi, bu havoga birlamchi havo deyiladi, ikkilamchi havo esa yoqilig’i bilan birgalikda yetqaziladi.
Issiq havoli ventilatorlar (Г) dagi havo 473÷ 637 K gacha qizigan bo’ladi.
Kukun tayyorlovchi shar-barabanli tegirmon tizimlarda issiq ikkilamchi havo bilan ko’mir kukun aralashmasini o’txona kamerasiga uzatishda tegirmon ventilatorlar (M) ishlatiladi.
Tutun tortuvchilar (asosiy) yordamida tutun gazlarni bug’ generatorining gaz yo’llaridan tutun mo’risigacha bo’lgan yo’l bo’yicha haydab chiqaradi va ushbu yo’lni va kulushlagich tizimlar qarshiliklarini bartaraf etadi.
Resirkulyatsion tutun tortuvchilar, o’txona devorlari shlaklanishini kamaytirish, o’ta qizigan bug’ haroratni rostlash apparatning FIK sini oshirish maqsadida, bug’ generator gaz yo’llaridan tutun gazlarni qisman olib o’txonaga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |