13.2 –rasm. Ventilator ЦКТИ-07-37 ni aerodinamik sxemasi
Masalan: Ц 4 – 70-4 markali ventilatorda to‘liq bosimning koeffitsienti – 0,86 ( 0.85*5=4 ), tezkorlik koeffitsienti ns = 70 ga teng bo’ladi.
Markazdan qochma ventilatorni tasvirlovchi miqdorlardan biri quyidagi miqdor hisoblanadi.
VENTILATORNING ASOSIY PARAMETRLARI
Ventilator ishini belgilovchi parametrlari, so‘rish balandligi H, to‘liq bosimi p, hajmiy unumdorligi Q, to‘liq FIK, statik FIK, quvvati N lardir. Valning aylanishi chastotasi va uzatilgan gazning harorati o‘zgarishi bilan, hamma parametr miqdorlari ham o‘zgardi. Shaxta havosini almashtrishda qo‘llaniladigan eng katta markazdan qochma ventilatorlarning unumdorligi
18*106 m3/s bo‘ladi, issiqlik energetika stantsiyalaridagi ventilatorlarning unumdorligi 900*103 m3/s gacha bo’ladi.
Ventilator ishining samaradorligini to‘liq FIK bilan baholash, yetarli darajasida bo‘lmaydi.U yaratgan statik bosimni statik FIK bilan baholanadi.
Demak ventilatorlar ishi ikkita FIK bilan baholanadi:
ηst = ; (13.1)
bunda, ηst< η, taxminan ηst=(0,7÷0,8)η gacha bo‘ladi. Berilgan tizimda ishlaydigan ventilatorni tanlashda asosan ventilator yaratadigan maksimal unumdorlik va so‘rish balandliklar e’tiborga olinadi. Hisoblar davomida xatolarni oldini olish uchun hisobiy koeffitsientlar kiritiladi: 1,05Q va 1,1p. Purkovchi va tutun tortuvchi ventilatorlar uchun 1,05Q va 1,2p bo‘ladi.
Kataloglardagi ma’lumotlar normal sharoitlarga mo‘ljallangan bo‘lib tuzilgan ( T0=293 K; p0=103kPa). Shuning uchun katalog bo’yicha ventilator tanlanganda unumdorligi Qk=1,05Q ga bosim pk=1,1pρk/ρ ga teng deb qabul qilinadi, normal sharoitdagi havo ( gaz ) ning zichligi . Ventilator tanlashda xarakteristikalar diagrammasidan foydalanish mumkin. Yuqorida keltirilgan ηst va η ning ifodalari orqali FIK ning optimal qiymati ηmax , ma’lum bo‘lganda ventilatorning quvvati aniqlanadi. Ventilatorni harakatga keltiruvchi yuritkichni quvvati, ish rejimining o‘zgarishini, ventilatorning FIK ning kamayishini, izolyatsiyasini eskirishini hisobga olib zaxira bilan qabul qilinadi:
Nyur = m (13.2)
bunda: m – quvvatning zaxira koeffitsenti, m = 1,05 ÷ 1,2 ventilator quvvati kamayganda, m ning qiymati oshadi, ventilator vali bilan yuritkich vali ulanishining FIK i, ular bevosita ulanganda ηuz = 1.
Agarda ventilatorga gaz oqimining kirish ko‘rsatkichlari p1st va c1, chiqish ko‘rsatkichlari esa p2st va c2 bo‘lsa ventilator hosil qiladigan to‘liq bosimi quyidagicha aniqlanadi:
. (13.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |