Mavzu-21.Turbinalardagi tashqi yo’qotishlar.
Reja:
Mexanik yo‘qotishlar. Podshipniklarning tayanch va tirgak qismlarida generatorning boshqa mashinalaridagi qarshiliklarini yengish uchun ketadigan energiya sarfi mexanik yo‘qotishlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, turbinaning qismlarini birlashtiruvchi zichlagichlari qarshiligini yengish uchun ham energiya sarf bo‘ladi. Turbogeneratordagi mexanik yo‘qotishlar mexanik FIKni aniqlashda e’tiborga olinadi. Mexanik yo‘qotishlarni tajriba yo‘li bilan topiladi. Bunda har xil FIKli va har xil quvvatdagi turbinalar uchun qo‘llaniladigan nomogrammalardan foydalanish mumkin.
Val zichlagichlari orasidan chiqadigan yo‘qotishlar. Turbinadagi bug‘ bosimining atmosfera bosimidan yuqori bo‘lishi natijasida val zichlagichi orasidan bug‘ tashqariga oqib chiqadi. Buning oldini olish uchun zichlagichlar turbina valiga o‘rnatilgach tekshiriladi.
Chiqish quvuridagi yo‘qotishlar. Ishlatilgan ikkilamchi bug‘ turbinadan chiqarish quvuri orqali ma’lum tezlik bilan chiqariladi. Buning uchun ma’lum miqdorda bosim sarflanadi.
Bug‘ turbinadagi chiqaruvchi tezlik 40—60 m/s bo‘lsa, kon-densatsion turbinalarda 100—120 m/s ga yetadi. Turbinadan chiqa-digan bug‘ning kinetik energiyasi bosim farqlari bilan ifodalanadi. Chiqaruv qismi quvuridagi bosim sarfi quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi:
Dpn = p2 - p2k = l(cn/100)2 p2k,
bu yerda: p2 — bug‘ning turbina kuraklaridan keyingi bosimi; p2k — bug‘ning kondensatordan keyingi bosimi; cn — bug‘ning chiqarish quvuridagi tezligi;
l — qo‘shimcha koeffitsiyent (0,07 - 0,1)
MAVZU-22. BUG‘ TURBINASINING FIK VA QUVVATI
Reja:
Bug‘ turbinasi issiqlik jarayonini h—s diagrammada quyidagicha tasvirlash mumkin (22.1-rasm).
Turbinaning ichki nisbiy FIK quyidagicha aniqlanadi:
Turbinaning effektiv quvvati:
Ne = Ni - DNm,
bu yerda: DNm — podshipnik mexanik qarshiliklarini yengishga va moy nasosini aylantirishga yo‘qotilgan quvvat.
Turbina mexanik FIK quyidagicha aniqlanadi:
hm = Ne / Ni .
Bundan kelib chiqadiki:
Effektiv quvvatning nazariy quvvatga nisbati turbinaning nisbiy effektiv FIK deyiladi:
Elektr generator klemmalaridagi quvvatning turbina effektiv quvvatiga nisbati elektr generatori FIK deyiladi:
Elektr quvvati uchun quyidagi ifoda kelib chiqadi:
Nisbiy elektr FIK quyidagicha aniqlanadi:
Odatda, podshipniklardagi mexanik yo‘qotishlar va generatorda-gi elektr yo‘qotishlarni birgalikda turbina elektromexanik FIK hem orqali hisobga olinadi.
Elektr quvvati Ne = 200 MW va bug‘ning boshlang‘ich parametrlari at/565°C bo‘lgan K-200-130 bug‘ turbinasining absolut (mutlaq) FIKi 42% ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |