Mavzu-25.Kondensator va vakuum Sistema
Reja:
Kondensator deb, bug‘ni suv holatiga o‘tkazadigan maxsus yopiq holatdagi qurilmaga aytiladi. Bug‘ning suv holatiga o‘tishi konden-satsiya jarayoni deb ataladi. Bug‘ turbinasining past bosimli silindrida kengaygan bug‘ ishini bajarib bo‘lgach, kondensatorga o‘tadi. Bug‘ kondensatorda sovuq quvurlarga issiqligini berib, kondensatga ayla-nishi natijasida uning solishtirma hajmi keskin kamayadi va vakuum hosil bo‘ladi.
Kondensatorga sovituvchi suv sarfi qanchalik katta bo‘lsa, kondensatordagi quvurlar harorati shunchalik past bo‘ladi va vakuum shunchalik chuqur bo‘ladi. Kondensator silindrsimon kameraga ega bo‘lib, bu kameraga quvurlar joylashtirilgan (25.1-rasm).
Kondensator qo‘llanilishi va turbinaning quvvatiga qarab tanla-nadi. Kondensatordagi bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lganligi sababli bug‘ turbinasi oxirgi pog‘onasida, ya’ni past bosimli silindrda kengaygan bug‘ chiqarish quvuri 1 orqali kondensatorga o‘tadi.
25.1-rasm. Kondensatorning ko‘ndalang kesimi:
1 — kondensator korpusi; 2 — quvur doskalari; 3 — kondensator quvurlari; 4— va 5 — suv kameralari; 6 — sovituvchi suv kirish quvuri; 7 — sovituvchi suv chiqishi; 8 — kondensator kirish quvuri; 9 — kondensat yig‘gich; 10 — havo so‘rish quvurchasi.
Kondensator 2 hajmiga o‘tishda bug‘ tarkibidagi kislorod aralash-masi ejektor 5 orqali atmosferaga chiqariladi.
Kondensatorda suv yuzali sovitish quvuri 3 orqali bug‘ni sovitadi. Quvur ichida ta’minot suvi yuzasida suv bug‘i yuradi. 7 bug‘-havo aralashmasini tinimsiz korpusdan chiqarib turadi. 4 kondensat nasosi orqali kondensat zaxira idishidan kondensatni past bosimli qizdir-gichga uzatadi. Kondensatorda sovituvchi suv kondensatsiya qilinishi vaqtida Tsov1 dan Tsov2 gacha o‘zgaradi. Issiqlik almashgichda takror-lanmas harorat o‘zgarishi kondensatsiya natijasida yuzaga keladi:
Tk = Tsov2 + dt.
Kondensator issiqlik balansi:
m = Dsuv/D k sovitish karraligi kondensatordagi harorat va bosim sovituvchi suv sovitish karraligiga va kondensatorga oldingi bug‘ning namligiga bog‘liq farq ik - i¢k, bu esa issiqlik tushishi dt bo‘lib qabul qilinadi. 3—5 K (ba’zida 10 K) gacha. Tk birligini baholash uchun bog‘lanish issiqligini 3—5 KPa deb qabul qilinadi va 2430 kJ/kg ga teng bo‘ladi. Kondensatordan oldingi bug‘ning namligi 9%. Bunda ik - i¢k = 2210 kJ/kg, sovituvchi suv issiqlik sig‘imi Csuv = 4,178 kJ (kg•k)
Tk = Tsov1 + 529/m + dt.
m zamonaviy elektr stansiyalarida 80 marta sovitish karraligiga teng. Odatda, sovitish karraligi 50—60 marta deb chegaralanadi.
Turbinada ishlatilgan bug‘ning entalpiyasi qancha kichik bo‘lsa, FIKi shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun turbinaning yuqori vakuum holatida ishlashi iqtisodiy samara beradi. Chiqaruv qisqa quvurida maxsus sovitgichlar, ya’ni kondensatorlar qo‘llaniladi. Bug‘ turbinasi qurilmasida yuzaviy suvli, havoli va aralashtiruvchi kon-densatorlar qo‘llaniladi. Yuqori quvvatli bug‘-bug‘ turbinalarida asosan yuzaviy suvli kondensatorlar qo‘llaniladi. Bu turdagi kondensatorlarda qozonga yuboriladigan kondensatning parametrlari yuqori bo‘lib saqlanib turadi. Havo bilan ishlovchi kondensatorlarda issiqlik o‘zgarishi koeffitsiyenti past va ular katta maydonni egallaydi. Bu turdagi kondensatorlar elektropoyezdlarda va suv ta’minoti yo‘q hududlarda ishlatiladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda aralash-tiruvchi suvga tayyor kondensatning qo‘shilib yo‘qolishi natijasida, bu turdagi kondensatorlar zamonaviy stansiyalarda ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |