Ishchi kurakchalardan chiqish tezligidagi yo‘qotishlar. Bug‘ ishchi kurakchalardan chiqishida uning absolut tezligi c2 bo‘ladi. Bug‘ chiqishidagi tezlik energiyasidan to‘liq foydalanish uchun oldingi va keyingi pog‘ona ishchi kurakchalar orasidagi tirqish kichik bo‘lishi kerak, shunda bug‘ ishchi kurakchalar kanallariga zarbasiz kiritiladi va kurakchalarga ishqalanishi kam bo‘ladi. Ko‘p pog‘onali bug‘ turbi- nalarida bir pog‘onadan chiqqan bug‘ tezligi energiyasi keyingi pog‘ona ishchi kurakchalarida to‘liq yoki qisman ishlatilishi mumkin.
Ishchi kurakchalar va keyingi pog‘ona soplolari orasida tirqish katta bo‘lganida chiquvchi tezlik energiyasi butunlay yo‘qotiladi, masalan, rostlovchi halqa ishchi kurakchalaridan chiqishda, bug‘ olish kamerasidan oldingi pog‘onada, diametr to‘satdan ortishida va oxirgi pog‘ona kurakchalaridan chiqishda.
Chiquvchi tezlik bilan yo‘qotiladigan energiya quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
ch = c22 / 2000.
Oxirgi pog‘onadan chiquvchi bug‘ tezligi bilan yo‘qotiladigan energiya miqdori kichik va o‘rta quvvatli turbinalar uchun turbinadagi adiabatik entalpiyalar farqining 1—2% idan oshmaydi. Katta quvvatli va chuqur vakuumda ishlaydigan turbinalar uchun bu ko‘rsatkich 3—4% va undan ham yuqori bo‘ladi.
Disk ishqalanishi va ventilatsion yo‘qotishlari. Aylanuvchi disk va uni o‘rab turgan bug‘ orasida ishqalanish sodir bo‘ladi. Aylanayotgan disk o‘ziga yaqin bug‘ zarralariga tezlanish beradi. Ishqalanishni yengish va bug‘ zarralariga tezlanish berish uchun ma’lum miqdordagi ish sarflanadi. Bu sarflangan ish qaytadan issiqlikka aylanadi va bug‘ issiqlik miqdorini oshiradi.
Bug‘ni soplolar bilan band bo‘lmagan qatlamga parsial kiritilganda ishchi kurakchalar kanalida uyurmali harakat vujudga keladi va ventilatsion yo‘qotishlar sodir bo‘ladi. Ventilatsion yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: bug‘ning ishchi kurakchalarga ishqalanishi va zarbasi (urilishi), ishchi kurakchalarning ventilator sifatidagi harakati, parsial disk kurakchalariga bug‘ning uzilishlar bilan berilishi.
Bundan tashqari, bug‘ni soplodan parsial ravishda kiritilganda faqat soplo to‘g‘risidagi qarshisidan ishchi kurakchalar kanallarigagina bug‘ beriladi. Ishchi kurakchalarning boshqa barcha kanallarni ishchi jism emas, balki boshqa muhit to‘ldirib turadi. Bu kanallar soplo qarshisiga kelganida, ishchi bug‘ energiyasining bir qismi kanallardan ishchi emas, jismni surib chiqarishga sarflanadi. Bu energiya sarfi surib chiqarish uchun yo‘qotish deyiladi. Bu ko‘rsatilgan qarshiliklarni yengish uchun mexanik ish sarflanadi, bu esa bug‘ issiqlik miqdorini oshiradi.