Krossfunktsional komanda
– ma‟lum reja va loyihalarni amalga oshirish
maqsadida tuzilgan qisqa muddatli guruh. Bunday guruhga bo„lim rahbari va
malakali mutaxassislar kiradi.
Liberal uslub
– boshqaruvning bu uslubi jamoada demokratik tamoyillar
hukm surishini ta‟minlab, xodimga butkul erkinlikni beradi va u o„z xizmat
vazifalarini belgilaydi, ijro etish vositasini tanlaydi hamda guruh ichida xulqni
nazorat etmaydi. Shu erkin harakatlar yuzasidan boshliqning fikri so„ralgan
taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi,
qolaversa, ularni xafa qilib qo„yishdan qo„rqadi. Uning fazoviy psixologik holati –
“guruh tashqarisida”
.
Lider
– guruhning aksariyat a‟zolari tomonidan tan olingan shaxs.
Psixologik talqin bo„yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeini egallovchi
xodim rahbar bo„lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeli shaxs –
liderdir
.
Liderlik
– hamfikrlar tomonidan ko„tarilgan shaxs mavqeidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |