Kognitiv kompetentsiya – bu rahbarning ma‟lumot darajasini oshirishga
tayyorligi, o„zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi
malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o„zini o„zi rivojlantirish
qobiliyati demakdir.
Konvergentsiya – shaxslararo munosabatlar tizimida muomalaning tig„izligi
yoki uning yetishmasligi oqibatida fikr, o„y, maqsad va maslaklarning biriga
birining uyg„unlashib, uyqash bo„lib ketishini izohlovchi holatdir.
236
Komanda – oddiy guruh va jamoadan farq qiluvchi, o„z mavqe va
imkoniyatiga ega, shuningdek, guruh taraqqiyotining yuksak pog„onasida turuvchi
va yuklatilgan mas‟uliyatni chuqur his etuvchi hamfikr xodimlar majmuasidir.