Ota-onalardan meros bo„lib o„tgan maskulin sifatlar
68
Sinaluvchilar
D/ja Otadan meros bo„lib o„tgan
sifatlar
D/ja Onadan meros bo„lib o„tgan
sifatlar
Erkaklar
1.
maqsadga intilish
1.
maqsadga intilish
2.
yetakchilik va ishbilarmonlik
sifatlari
2.
mulohazalik
3.
intellektual xarakter;
mehnatsevarlik
3.
kuchli xarakter;
mehnatsevarlik
4.
qattiqqullik;
tavakkalchilik
4.
intellektual xarakter;
qat‟iylik
5.
bilishga intilish
5.
Faollik
68
Ломакина С.С.
Феномен социально-психологического наследования у современных руководителей:
Автореферат дис. ... канд. психол. наук: 19.00.05. – СПб., 2006. – С. 17.
192
Sinaluvchilar
D/ja Otadan meros bo„lib o„tgan
sifatlar
D/ja Onadan meros bo„lib o„tgan
sifatlar
Ayollar
1.
maqsadga intilish
1.
maqsadga intilish
2.
intellektual xarakter
2.
yetakchilik va ishbilarmonlik
sifatlari;
intellektual xarakter
3.
yetakchilik va ishbilarmonlik
sifatlari
3.
kuchli xarakter;
mehnatsevarlik
4.
bilishga intilish;
mehnatsevarlik
4.
faollik;
qattiqqullik
5.
botirlik
5.
mustaqillik;
botirlik;
bilishga intilish
6.
kuchli xarakter
7.
qattiqqullik;
mustaqillik
8.
faollik;
qat‟iylik;
optimizm
vazifalarga yo„nalganlik;
o„z-o„ziga ishonch;
qarorlar qabul qila olish
Gender-menejment tushunchasi aloqador bo„lgan psixologik
hodisalar
Professional faoliyat jarayonida erkaklar va xotin-qizlarning o„zlarini
qanday tutishlari, maqomlari va bu jarayonlardagi ularning jinsidan kelib
chiqadigan o„ziga xos psixologik qonuniyatlar olimlarni hamisha qiziqtirib kelgan.
Chunki ishlab chiqarishning manfaatlaridan kelib chiqiladigan bo„lsa, qaysi jins
vakili,
qanday
ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlarda
o„zgalar faoliyatini
boshqarganda mehnat unumdorligi yuqori bo„ladi, degan savol ham fan, ham
amaliyot uchun o„ta dolzrabdir. Bu o„rinda shuni e‟tirof etish joizki, ishlab
chiqarish sur‟atlari nihoyatda tezlashgan ushbu zamonda xotin-qizlar erkaklar bilan
teppa-teng ishlab chiqarishning barcha sohalarida mehnat qilish bilan birgalikda,
boshqaruv jarayonlariga ham dadil kirib kelmoqdalar.
Erkak va ayollar o„rtasida bevosita professional faoliyatda namoyon
bo„luvchi gender munosabatlar, olimlarning fikricha,
69
aslida bir-biriga qarama-
qarshi bo„lgan ikki holatning mavjudligi orqali tushuntiriladi.
Bu – muayyan ma‟noda ochiq yoki yashirin tarzda kechadigan segregatsiya
69
Бендас Т.В. Гендерная психология: Учебное пособие. – СПб.: Питер, 2006. – 293 c.
193
va konvergentsiya jarayonlaridir.
Segregatsiya
– ma‟no jihatdan “uzoqlashish” ma‟nosini bildirib, jamiyatda
odamlarning yoki muayyan ijtimoiy guruhlarning biror bir belgi jihatidan
(masalan, jins, irq, ijtimoiy kelib chiqish kabi) tafovutlanishlari, biror sifat bois bir-
birlaridan sun‟iy tarzda uzoqlashtirilishini tushuntiruvchi hodisadir. Erkak va
ayolning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi nuqtai nazaridan, bu ularning jamiyatdagi
ijtimoiy o„rni, nufuzi, ular mashg„ul bo„ladigan faoliyat turlari, bir-birlari bilan
muloqot qilish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Bunday uzoqlashtirish odatda
muayyan ijtimoiy normalar, xulq-atvor stereotiplari, ijtimoiy institutlar vositasida
amalga oshirilib, ba‟zan bu o„rinda ayrim ramziy belgilar (yurish-turish, kiyim-
kechak, ta‟qiqlar, odat va an‟analar va boshq.) ham o„ylab topilgan. Bunday
tafovutlashuvlarning orasida jinsiga ko„ra uzoqlashuv holatlari alohida o„rin tutadi.
Chunki segregatsiyaning jinsiy ko„rinishidan tashqari, uning yoshga oid,
antropologik tiplarga oid, milliy-etnik ko„rinishdagi turlari ham bor.
Oddiy hayotda shaxslararo munosabatlar nazarda tutilgan holatlardagi
segregatsiya asosan ijtimoiy ustanovkalar va stereotiplar shaklida o„zaro
munosabatda bir shaxsning boshqa shaxs yoki guruhni idrok qilishi, o„zini o„zgalar
doirasida tasavvur qilishi va shunda aniqlanadigan ajratuvchi belgilar vositasida
namoyon bo„ladi. Ya‟ni, agar bu hodisani gender munosabatlar sohasida tasavvur
etilsa, bu – yashirin yoki oshkora tarzda erkaklar va xotin-qizlar birgalikda faoliyat
ko„rsatadigan sharoitlarda har ikki jins vakilining o„z jinsiy belgilari nuqtai
nazaridan qarama-qarshi jins vakili yoki o„zini muayyan jins vakili sifatida idrok
qilish oqibatida ba‟zi bir tafovutlarning borligini hamisha his etish va undan
foydalanishlaridir. Masalan, ayol kishiga o„ta muhim va og„ir vazifa topshirilsa, u
o„zining “nozik jins”ga taalluqli ekanligini bahona qilishi ham mumkin, yoki
jinsidan qat‟iy nazar, erkakchasiga ishga to„g„ridan to„g„ri kirishib ketishi ham
mumkin. Olimlarning fikricha, bu kabi holat, ya‟ni, o„zining jinsini bahona qilib,
biror yumushlardan o„zini tortish, kamchiliklarni xaspo„shlash kabilar aslida
erkaklarda oshkoraroq namoyon bo„lar ekan. Masalan, mehnat jamoasida oddiy
tanaffus paytlarida erkak kishining o„zi choy damlab ichishi yoki kofe qaynatib,
194
ayol sherigiga taqdim etishi o„zi uchun ham, hamkasblar uchun ham erish tuyuladi.
Bu ham oddiy kundalik hayotdagi segregatsiyaning bir ko„rinishi.
Segregatsiyadan farqli
konvergentsiya
– shaxslararo munosabatlar tizimida
muomalaning tig„izligi yoki uning yetishmasligi oqibatida fikr, o„y, maqsad va
maslaklarning biriga birining uyg„unlashib, uyqash bo„lib ketishini izohlovchi
holatdir. Masalan, gender munosabatlarida jinsiy tafovutlarning umumiylashib
ketishi, ularning anglanmasligi, bir sifatning boshqa sifat bilan qo„shilib ketishidir.
Ya‟ni, o„g„il bolalar bilan qiz bolalarning yillar davomida birga o„qishlari, dam
olishlari, sport bilan shug„ullanishi, keyinchalik erkaklar bilan xotin-qizlarning
birgalikda faoliyat yuritishlari konvergentsiyaning asosiy sabablaridandir. Bunday
holatlar ayrim sharoitlarda jinslararo munosabatlarning o„ta iliq, samimiy, do„stona
bo„lishini ta‟minlasa, boshqa bir sharoitda, aksincha, o„zaro dushmanlarday
munosabatda bo„lishlarini ta‟minlaydi. Masalan, oxiri yillarda ayollarning
avtomashina rulini boshqarishlari faoliyatini tahlil qiladigan bo„lsak, bunda aniq
konvergentsiyani kuzatishimiz mumkin.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |