Boshqaruv muloqotining ilmiy-amaliy jihatlari va boshqaruv faoliyatida notiqlik mahorati va nutq uslublari


BOShQARUVDA MUOMALA MADANIYАTINING ASOSIY JIHATLARI



Download 66,58 Kb.
bet7/13
Sana06.01.2022
Hajmi66,58 Kb.
#320950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
mustaqil ish

BOShQARUVDA MUOMALA MADANIYАTINING ASOSIY
JIHATLARI

Muomala qilishni bilish - avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero suhbatdoshingizga hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatli ekanligingizni ko‘rsatib, uni diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas - har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib, iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. Hech qachon suhbatdoshingizni gapini bo‘lib, u bilan bahslashishga va raddiya bildirishga intilmang. Agar suhbatdoshingiz sizni unga bo‘lgan e’tiboringizni suiste’mol qila boshlasa, chiroyli qilib uzr so‘ragan holda vaqtingiz ozligini, bandligingizni aytib suhbatni boshqa kunga ko‘chirishni so‘rang. Faqatgina o‘z dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odamdan yomon suhbatdosh chiqadi. Zero, oxir-oqibat u tinglovchilarsiz qolishi mumkin.

Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi nutq vositasida amalga oshadi. So‘zlash va tinglay bilish suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo,, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odoblarining yana biri bu - insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sababdandir tilda ifodalanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish yoki qo‘pol muomalada bo‘lish madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshingizni fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali va kamtar inson sifatida munosabatda bo‘lib, “Menimcha adashdingiz? ” “Uzr, men boshqa fikrdaman», «Kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qilinadi. Hech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz ”, “ bu narsani yosh bola ham biladi ” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.

Gapirayotgan insonning fikrini bo‘lib, “Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.

Xushmuomalalik va odoblilik mug‘ombirlik hamda qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday mug‘ombirlik va yolg‘on tortinchoqlikdan holi bo‘lishi kerak.

Barcha davrlarda suhbat, muloqot insoniyatlarning o‘rtasidagi asosini tashkil qilgan. Suhbat - bu fikrlar almashinuvi bo‘lib, u aqllilik va chiroyli so‘zlashning belgisi hisoblanmaydi. Ba’zi insonlar qanday gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p keraksiz so‘zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqi faqat jargon va vulgar so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib, poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng mazmunli suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin gapirish esa kishining sabr -kosasini to‘ldiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.

O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ajnabiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.


Download 66,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish