XX asrning 40-yillari ohirida AQSh va G’arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar. O’zbekiston korxonalarida ko’pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalteriya hisobi bilan shug’ullanadilar. Ko’pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki bu hisob juda sust rivojlangan. Uning ko’pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimiz tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |