Boshqaruv hisobi obyektlariga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xarajati va xo‘jalik faoliyati natijalari, mas'uliyat markazlari va xarajat markazlari xarajati hamda natijalari, ichki baholash, byudjetlashtirish, ichki hisobotlar va korxonaning ichki hamda tashqi muhiti kiradi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining deyarli 90 foizini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Bu esa o’z navbatida boshqaruv hisobi bilan yuqori malakali mutaxassislar shug’ullanishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |