11. Axborotning sodir bo’lish vaqti. Moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo’jalik muomalalari ularning sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar orqali qayd etiladi ya’ni hisobning bu turi korxona xo’jalik faoliyatida allaqachon sodir bo’lgan muomalalarni tasdiqlaydi. Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo’lgan voqealar tahlili asosida istiqbolga mo’ljallangan tavsiyalar, boshqaruv va investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishdan iborat. 11. Axborotning sodir bo’lish vaqti. Moliyaviy hisob xo’jalik muomalalari sodir bo’lgandan so’ng, boshqaruv hisobi esa voqea-hodisalarni oldindan tashxislab berishi zarur. Shu boisdan, boshqaruv hisobini ko’pincha taxminlash hisobi, maxfiy hisob deb ham ataydilar. 12. Axborotning aniqlik va ishonchlilik darajasi. Moliyaviy axborot sodir bo’lgan operatsiyalarni aks ettiradi, shu bois, u xolislik xususiyatiga ega va auditorlik tekshiruvidan o’tadi. Boshqaruv hisobi esa ko’proq bo’lajak davrga mo’ljallangan istiqbol bilan ish tutadi. Shu bois, boshqaruv hisobidagi axborot ehtimollik va subyektiv (xususiylik) tavsifiga ega. 13. Xarajatlar va daromadlarni guruhlash yo’llari. Moliyaviy hisobda xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo’yicha, daromadlar esa korxona va uning faoliyat turlari (segmentlari) bo’yicha guruhlanadi va aks ettiriladi. Boshqaruv hisobida xarajatlar xarajat moddalari bo’yicha, daromadlar esa bo’linmalar va mahsulot(ish, xizmat)lar turlari bo’yicha guruhlanadi va aks ettiriladi. Xarajat moddalarining ro’yxati tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilanadi hamda korxonaning hisob siyosatida ifodalanadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda amaliy boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: - korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash; - korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o’z vaqtida etkazib berish; - mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to’g’ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning yuzaga kelish sabablarini ko’rsatib berish va h.k. Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga ko’maklashadi: Tezkor vazifalarga quyidagilar kiritiladi: - ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash; - ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish; - mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish; - qo’shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish; - baholarni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish. Strategik vazifalar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilardan iborat: - uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni jalb qilish; - biznes tarkibini o’zgartirish; - mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |