Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobini xalqaro hisob tizimi asosida takomillashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilarga etkazish, tijorat sirini saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyatsiya hisobiga bo’linishini shart qilib qo’ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |