Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin: 1.Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’lumotlar ma’muriyatning o’zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo’ljallangan bo’ladi. Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |