Boshqaruv hisobi


-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING SEGMENTAR HISOBOTI



Download 1,19 Mb.
bet65/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

6-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING SEGMENTAR HISOBOTI


1-§. Segmentar hisobotning mohiyati, ahamiyati va uni tashkil etish. 2-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzish


qoidalari va tamoyillari.
3-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari. 4-§. Segmentar hisobotni tuzish bosqichlari va uning vazifalari.
5-§. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida.
6 a). Test savollari.
b). Takrorlash uchun savollar.


  1. §. Segmentar hisobotning mohiyati, ahamiyati va uni tashkil etish


Mamlakatimiz hududidagi milliy, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil topgan bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarini bir joyda emas, balki geografik jihatdan bir necha hududlarda amalga oshirib kelmoqdalar. Ana shunday hududlarda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni segmentlar bo‘yicha ma’lumotlar, deb ataladi. Biznes segment deb ataluvchi ana shunday yangi atama boshqaruv hisobiga bozor munosabatlari sharoiti tufayli kirib keldi.


Segment (lotinchadan - segmentum) biron-bir narsaning bo‘lagi, qismi degan ma’noni anglatadi. Biznes segmenti – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum qismini yoki uning nisbatan mustaqil bo‘linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishdir. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad mustaqil bo‘linmalar faoliyati bo‘yicha alohida segmentar hisobotni shakllantirish va uning asosida ana shu bo‘lim faoliyatini baholash, nazorat qilish va pirovard natijada menejerlar faoliyatiga xolisona baho berishdir. Segmentar hisobot
menejerlarning o‘zlariga ham foydali bo‘lib ana shu ma’lumotlar orqali ular o‘z faoliyatlarini aniq ko‘rsatkichlar asosida rejali tashkil qilishlari, vujudga keladigan chetlanishlar va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etishlari, istiqbol ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri belgilash kabi ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Ana shunday ma’lumotlar bazasini, ya’ni biznes segmentlari bo‘yicha hisobotni bashqaruv hisobi shakllantiradi. Boshqaruv hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi. Segmentlar bo‘yicha hisobot ma’lumotlaridan turli xil tezkor tarzdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993-yildan amal qilib kelmoqda.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda segmentlarning ikkita: operatsion (xo‘jalik) va hududiy (geografik) turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Operatsion segment – xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarishdagi alohida ajratib ko‘rsatilishi va hisobga olinishi mumkin bo‘lgan faoliyati yo‘nalishi.
Hududiy segment - muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarishda ishtirok etuvchi, boshqalardan farq qiladigan risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida bo‘lgan, ma’lum bir alohida makonda harakat qiluvchi ajratib qo‘yilgan komponent.
Segmentlar bo‘yicha ma’lumot – xo‘jalik yurituvchi subyektning u tomonidan o‘rnatilgan buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari to‘plami doirasida uning barcha qismlari (bo‘lim, filiallari va sh.k.) faoliyatini ochib beruvchi ma’lumot.
Buxgalteriya hisobotida ma’lumotni (keyinchalik hisobot segmentlari) ochib beradigan segmentlar to‘plami har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mustaqil tarzda uning tashkiliy va boshqaruv tuzilmasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Opeoratsion segment bo‘yicha malumot – xo‘jalik yurituvchi subyektning muayyan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish yoki bir turdagi guruh mahsulotlar, ishlar bajarishda boshqalarga nisbatan farqli tarzdagi risk va daromadlarga ega bo‘lgan qismining faoliyatini ochib beradigan ma’lumot.
Operatsion segmentlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirishda mahsulotlar, bajariladigan ishlar, xizmatlarning bir necha xil turlari quyidagi omillarning hammasi yoki aksariyati o‘xshash bo‘lsa, ularni bir turdagi guruhlarga birlashtirish mumkin: mahsulot, ish, xizmatlarning turi va belgilanishining bir xilligi; mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonlarining bir xilligi; xizmat ko‘rsatishning o‘xshashligi; mahsulotlar, ishlar, xizmatlar iste’molchilari (xaridorlar)ning; mahsulot sotish va ish, xizmatlarni tarqatish usullarining o‘xshashligi; xo‘jalik faoliyatini boshqarish tizimining bir xilligi.
Hududiy segment bo‘yicha ma’lumot – xo‘jalik yurituvchi subyektning muayyan geografik hududda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa geografik hududlaridagi risk va daromadlardan farqli riskka va daromad olishga erishayotgan qismining faoliyatini ochib beradigan ma’lumot.
Bir davlat, bir guruh davlatlar yoki davlat ichidagi bir hudud geografik segment bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning riski va daromadi uning ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati joylashgan joyi, ya’ni, uning ish yuritish joyiga bog‘liq. Ammo, ular uning bozor va mijozlari joylashuviga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hududiy segment tanlovini xo‘jalik yurituvchi subyektning ish yuritish joyiga, ham uning bozor va mijozlar joylashuviga qarab bo‘lib chiqish mumkin. Bunday holatda, ya’ni hududiy segment bo‘yicha ma’lumotni ajratishda quyidagilardan kelib chiqish lozim:

    1. xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati yuritilayotgan hududda davlatning iqtisodiy va siyosiy tizimlarini belgilab beradigan sharoitlarning o‘xshashligi;

    2. turli hududlarda amalga oshiriladigan faoliyatdagi mustahkam aloqalarning mavjudligi;

    3. faoliyat turlarining o‘xshashligi;

    4. muayyan geografik hududda tashkilot faoliyatiga dahldor risklar;

    5. valyuta nazorati qoidalarining umumiyligi;

    6. muayyan geografik hududda xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq valyutaga doir risk.

Segment hisoboti bo‘yicha ma’lumot – buxgalteriya hisobi yoki jamlovchi buxgalteriya hisobotida albatta ko‘rsatilishi shart bo‘lgan alohida joriy yoki hududiy segment bo‘yicha ma’lumot.
Segmentlar bo‘yicha hisobotni tanlashda muhim bo‘lgan omillar


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish