Boshqaruv borasidagi goyalar rivojlanishining beshinchi bosqichi - 70-yillarda ”tashkilot -bu ochiq tizim”, u doimiy tarzda ozining ichki va tashqi muhitiga moslashib yashaydi, biror qiyinchiliklar negizini nafaqat tashkilotning ichki muhitidan, balki tashkilotning tashqi omillari doirasidan ham izlamoq kerak, degan goya keng tarqaldi. Bu amaldagi “universalizmdan”, yani har bir narsada rasmiy shakl, usul, vosita izlash holatidan “vaziyatli yondashuvga“ otishni anglatadi.
Boshqaruv borasidagi goyalar rivojlanishining oltinchi bosqichi - 80-yillarda esa kopchilik amerikaliklar uchun kutilmaganda yaponlar tomonidan samarali qollanilib kelingan ”tashkiliy madaniyat” tushunchasining boshqaruvda kuchli tasir vositasi ekanligini tan olish davri boldi.
Boshqaruv borasidagi goyalar rivojlanishining ettinchi bosqichi - 90-yillar bosqichini esa qisqacha uchta tendensiyani belgilash bilan tariflash mumkin. Birinchidan, bu malum jihatdan ortga qaytish, yani moddiy texnologik baza ahamiyatini tushunib yetish. Ikkinchidan, nafaqat tashkiliy madaniyatga etiborning kuchayishi, balki boshqaruv demokratlashuvining turli shakllariga etiborning kuchayishi. Uchinchidan, boshqaruvning xalqaro xarakterining kuchayishidir
Boshqaruv usullari - Boshqaruv usullari - boshqarilayotgan obyektga boshqaruv subyekti tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli tasir vositalari, yollaridir. Aniqrogi, boshqaruv usullari rahbarning oz qol ostidagi xodimlariga belgilab berilgan maqsadlarga erishishlarini taminlash yoki ularning ozaro hatti-harakatlarini, birgalikdagi faoliyatlarini taminlash borasidagi maqsadli tasir otkazish vositalaridir.
Boshqaruv usullari turlari:
iqtisodiy boshqaruv
tashkiliy korsatma
ijtimoiy-ruhiy (psixl.)
Liderlikka oid nazariyalar
Xarizmatik nazariya –
“liderlik sifatlari nazariyasi"
vaziyatga bogliqlik nazariyasi
sintetik nazariya
“liderlik sifatlari nazariyasi" - “liderlik sifatlari nazariyasi“ yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yigindisi tugma mavjud bolib, ular uning guruhda lider bolishini taminlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bolgan liderlik qirralari royxatini tuzdi. Bu royxatda jumladan tashabbuskorlik muloqotga kirisha olish, yumor hissi, oziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul kila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi.
- Vaziyatga bogliqlik nazariyasi. Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bogliqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy goya — lider vaziyatning mahsuli degan goyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning ozlarini korsatishlari, lider bolishlari uchun qulay hisoblanadi.
Sintetik nazariya - Sintetik nazariya. Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bolgan uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ruyobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |