Vaqtni tо‘xtatib bо‘lmaydi. Mana shuning uchun xam raо‘barlar ish vaqtini “о‘g‘irlovchi”larning xisob-kitobini muntazam ravishda qilib turishi lozim.
Vaqtni oqilona rejalashtirish va foydalanish uchun faqat yuqoridagi tavsiyalardan foydalanibgina qolmay, balki ajdodlarning vaqtga bо‘lgan munosabat xususidagi umumiy tajribalaridan ham xabardor bо‘lish lozim. Bu tajriba “Rahbar va vaqt” eslatmasida keltirildi.
2. Boshqarish vositalari
a) Ishontirish boshqarishning asosi sifatida
Boshqaruv-aniq maqsadga yо‘naltirilgan ishonchsiz tasavvur ham etib bо‘lmaydigan odamlar bilan ishlash.
Zamonaviy rahbar, ayniqsa, oliy ta’lim sohasidagi (rektor, prorektor, dekan, kafedra mudiri, о‘qituvchi* va b.) oldiga qо‘ygan vazifalarga erishish maqsadida bо‘ysinuvchilarga о‘z ta’sirini о‘tkazish uchun ishontirish vositasidan foydalana olishi lozim. Ishontirish vositasi bajaruvchi ongiga, shunday qilsa, ya’ni rahbar xoxlagandek, u о‘z shaxsiy manfaatini ham qanoatlantirgan bо‘lishini yetkazdi, bugun bajaruvchi manfaatdor shaxsga aylanadi. Bu xaqda obrazli qilib M. Mekson shunday degan edi: «Bajaruvchiga nima qilish kerakligini aytmaydigan, ishontirish yо‘li bilan ta’sir etadigan rahbar unga nima qilish zarurligini «sotadi». Shunda bajaruvchi nimanidir g‘oyasi о‘ziga ham tegishliligini xis etadi.
Ishontirish amali ta’sir etish tо‘rt turini о‘z ichiga oladi: ma’lum qilish, tushuntirish, isbotlash va rad etish.
Ma’lum qilish-bajaruvchi nima uchun xarakat qilishi lozim bо‘lsa, shuni unga bildirish. Bunday xabardor qilish bajaruvchi, avvalo, ishga kirishishdan oldin nima qilish lozim-u, u shuni uddalaydimi, ishonch hosil qilish uchun zarur.
Agar xarakat qilish arziydi yoki arzimaydi yoki mumkin emas deb hisoblasa, hech kim harakatni boshlamaydi.
Ishontirish jarayonida ma’lum yoilish kо‘pincha xikoya tarzida amalga oshiriladi, u ikki xil tuziladi:
-induktiv, bunda ayrim omillardan umumlashgan tomon boriladi;
-deduktiv, umumiy qoidalardan ayrim omillar tomon boriladi.
Induktiv bayon etishda xikoya boshida, qoidaga kо‘ra, savol qо‘yiladi, xikoyaning butun keyingi qismi bunga javob bо‘ladi. Bunday xolda asosiy ma’lumot ancha faol qabul qilinadi. Deduktiv yо‘lida barchasi aksincha-savol asosiy fikr bayon etib bо‘lingandan sо‘ng qо‘yiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, xolerikka ma’lumot berishda (unga ruhiy faoliyatning tezkor sur’ati xos) bayon qilishning deduktiv usulidan foydalanish maqsadga muvofiq, flegmatikka esa (ruhiy faoliyatning sust sur’ati xos) – induktiv usul qо‘l keladi.
Hamma toifadagi rahbar uchun tushuntirish ma’lum qilish kabi muhim ahamiyatga ega.
Tushuntirish yо‘riqlantiruvchi, bayoniy va muloxazaviy bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |