rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni stabillash.
Boshqariluvchi g’ildiraklarning neytral xolatini saklash va bu xolatga avtomotik ravishda kaytish xususiyati ularni stabillash deb ataladi. G’ildiraklarning stabilligi avtomobil to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanganda ko’rinadi. G’ildiraklar stabillanmagan bo’lsa, avtomobil harakati turgun bo’lmay, xaydovchi traektoriyani to’g’rilash uchunrulni tinimsiz chap-ung tomonga burish kerak. Stabillanmagan g’ildiraklar xaydovchini tez charchatadi,shina va rul yuritmasi detallarining tez yeyilishiga sabab bo’ladi. Agar boshqariluvchi g’ildiraklar yaxshi stabillangan bo’lsa, xaydovchi rul chambaragini kuyib yuborganda ham avtomobil to’g’ri chiziqli traektoriya bo’yicha harakatlanadi. Bunday avtomobilning boshqariluvchi g’ildiraklari burilish tugagach, rul chambaragiga xech qanday kuch qo’yilmasa ham neytral vaziyatga uzicha qaytadi. Bu esa xaydovchining ishini osonlashtiradi, avtomobilning tusikka urilishi extimolini kamaytiradi.
Avtomobilning to’g’ri va egri chiziqili harakatida g’ildiraklarni stabillash har xil bo’ladi. To’g’ri chiziqli harakat uchun stabillik 1 km masofa s da rulg’ chambaragini burish soni nr va chastotasi λr bilan belgilanadi, yahni
nr=n/s burish/km; λr=n/t; burish/km; (84)
bundan tashkari, rul chambaragining burilish amplitudasi ar va burchakli tezligi ωr
to’g’ri chiziqli harakatdagi stabillik ko’rsatkichi xisoblanadi.
ar=Ar/S grad/km; ωr=Ar/t grad/km; (85)
bu yerda n-s masofada, t vaqt chiida rul chambaragining burilish soni;
Ar-shu burilishlarning amplitudalari yig’indisi, gradus.
Avtomobilning burilishidagi burchak tezligi Θ0r va Θpr burchaklari bilan harkterlanadi.
rasm. G’ildiraklarning stabilg’ bulish grafigi.
Egri chiziqli traektoriyadagi g’ildiraklar stabilligini Amaliy aniqlash uchun aylana bo’yicha oldingi G’ildiragi Θ0 burchakka burilib harakatlanayotgan avtomobil rulni xaydovchi kuyib yuboradi. (38 rasm). Natijada Θ0 burchagiga burilgan g’ildirak teskari tamonga aylanib, neytral xolatga kaytishga intiladi. Lekin rulg’ va oldingi o’q detallarida borligi sababli dastlabki xolatiga kiytish uchun Θpr burchagi yetishmaydi.
Θpr burchagi qanchalik kichik, grafikning to’g’ri chiziqli qismi esa tik bo’lsa, bunday avtomobil g’ildiraklari shunchalik stabil bo’ladi.
G’ildirakni stabillovchi moment Mst normal reaktsiya z, o’rinma reaktsiya x, yondan tahsir etuvchi reaktsiya u hamda shinaning elastiklik momenti tahsirida xosil bo’ladi. Stabillovchi momentni aniqlash uchun harakatdagi yetakchi g’ildirak sxemasini ko’rib chiqamiz. (39-rasm). Harakatdagi g’ildirakning yo’l bilan kontakt markazi va vektori bo’ylab yo’nalgan. Barabandan shinaga X reaktsiyasi tahsir etadi. Uni aylanish o’qiga perpenlikulyar R va u tashkil etuvchilarga ajratamiz. Sxemadan
R=x sos δ-u sin δ (86)
Agar g’ildirak tekis harakatda bo’lsa, uning aylanish o’qiga nisbatan momentlar muvozanatidan quyidagini yozamiz:
X=Mk/rk-Gk f (87)
rasm. Stabillik momentining kelib chiqishiga doir sxema.
X ning qiymatini (86) ifodaga kuyib, u ni aniqlamiz:
‘/sinb=Mk/rk ctgb-Gk f ctgb - u,
u= Mk/rk ctgb- Gk f ctgb –’/sinb (88)
bu yerda Mk —g’ildirakka uzatilgan burovchi moment;
rk — g’ildirak radiusi;
6—yonaki sirpanish burchagi.
G’ildirakni stabillovchi momentni tajriba o’tkazish vaqtida quyidagicha aniqash mumkin:
Mst=u ye+x d (89)
(89) ifodaning qiymatlarini o’rniga kuyamiz:
Mst= (Mk/rk ctgb- Gk f ctgb –’/sinb) ye + (Mk/rk-Gkf) d (90)
Tenglama (90) dan ko’rinib turibdiki, stabillovchi moment Mst, g’ildirakka tahsir etuvchi o’rinma kuchlar momenti Mx, vertikal kuchlar momenti Mz yonaki kuchlar momenti Mu, yonaki sirpanish burchagi b va shinaning stabillovchi momenti Msh ga borlik; yahni:
Mst=Msh+Mx+Mz.+Mu
Stabillovchi momentning tashkil etuvchilari protsent xisobida quyidagicha taqsimlanadi: Msh= 50 ... 55 %; Mx= 2 . . . 3 %; Mz == 10 . . .12 %; Mu = 35 ... 40 %. Stabillovchi momentga eng kup tahsir etuvchi faktorlar shinaning elastikligi va shkvorenning bo’ylama egilishi bo’lib, Msh va Mu momentlariga faol tahsir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |