O‘zbek pedagogikasi fanining rivoji
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o‘rganish uchun keng yo‘l ochdi. O‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda. Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti uning muqaddas kitobi “Avesto”da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta’limotining tarbiya haqidagi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur’oni Karim va hadisi Shariflarda, musulmon ahlining dunyoqarashi falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo‘llari bayon qilingan.
Mamlakatimizning yaqin o‘tmishidan ma’lumki, ma’lum bir davrda o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-odatlari, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o‘rganish uchun kurashgan Fitrat, Munavvar Qori, Elbek, Qodiriy qatl qilindi. Qolgan vatanparvar allomalarimiz qamaldi. Ammo qatag‘onlik davrida ham pedagogik merosni o‘rganish to‘xtamadi. Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o‘rganildi, o‘zbek xalq pedagogikasi yaratildi.
Tarbiyaning kelib chiqishi va ijtimoiy va tarixiy taraqqiyoti. Tarbiya — ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun ,avvalo, tarbiyalanishi zarur. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orqali avloddan-avlodlarga yetkazganlar, E. E. Bertels mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axloqiy barkamollik, shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.
Grek tarixchisi Gerodot (er. av. V asr) «Tarix» kitobida yozishicha, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan xalqlari asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi — yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan. Qadimgi Eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zgor buyumlari yasala boshlangandi. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, aql-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani qayd etilgan.XIV- XV asrlarda Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi.Mamlakat ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo‘ldi. Mo‘g`ullar istilosi davrida xarob bo‘lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo‘lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. Garchi hali ko‘pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo‘lsa-da, Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko‘taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma’rifat binolari qad ko‘taradi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.
Fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatrimg ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. Xususan, shaharsozlik bilan bog`liq bo‘lgan binokorlik va me’morchilik yo‘lga qo‘yiladi.
Koshinpazlik, ganchkorlik, parchinsozlik, me’moriy g`isht o‘ymakorligi va me’moriy xattotlik asriy an’ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy ham qiladi. Binokor-me’morlar qo‘li bilan qurilgan ko‘rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar qad ko‘taradi. Ularning ayrimlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Buxoro shahridagi Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi mashhur Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi bo‘lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug‘vor minora, Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari shular jumlasidandir.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fors-tojik she’riyatining yirik namoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar.Ma’lumki, turkiy xalklarning o‘zigagina xos qadimiy she’rlarning namunalari Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» (XI asr) kitobida keltirilgan. Muallif Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizi sohillarigacha bo‘lgan hududlarda yashovchi turkiy xalqlarning lahjalariga xos so‘z, atama va iboralarni sharxlar ekan, 300 dan ortiq qadimiy xalq qo‘shiqlari, lirik she’rlari va hikmatlari misol sifatida keltirilgan. Ularda o‘tgan avlodlarimizning kasb-hunar dehqonchilik, chorvachilik, tabiat manzarasi, fasllar, marosimlar haqidagi fikr-mulohazalari ifodalangan, ijtimoiy tuzumning illatlaridan, yomon kishilardan, zulm-zo‘ravonliklardan nolishlari aks etgan, sevishganlarning ruxiy kechinmalari g‘oyatda samimiy, timsollar orqali tasvirlangan. Shuningdek, ota-bobolarimizning vatanparvarlik, chinakam do‘stlig-u mexnatsevarlik xususidagi qarashlari, insonni tarbiyalash xaqidagi fikrlari ham yoritilgan. Qator she’rlarda yoshlarni bir-biriga mehr-oqibatli, har qanday holatda ham xalq bilan birga bo‘lishga, Vatanni himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga, ulug‘lar o‘gitiga quloq solishga da’vat etiladi:
Undab ulug‘ chaqirsa,
Tezlik bilan chopib kel.
Ochlikda birga bo‘lgil,
Ne xolda bo‘lsa, yurt, el.
Xullas, Mahmud Koshg‘ariyning devonida ota-bobolarimizning inson xulqi, odobi, xatti-harakati, turmushdagi urinishlariga doir juda ko‘p pand-nasihatlar, ma’rifiy fikrlar mujassamlangan.
Markaziy Osiyo xalqlarining dastlabki yozma yodgorliklarida, masalan, «Avesto»da ajdodlarimizning qadimgi axloqiy-didaktik qarashlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari u yoki bu darajada o‘z aksini topgan.
«Avesto» ta’limotiga ko‘ra, ikki kuch: yaxshilik (yaxshilik kuchlariga Axura Mazda) va yomonlik (yomonlik kuchlari Angra Manyu) mavjud bo‘lib, ular bir-birlariga abadiy murosasizdirlar. Yaxshilik kuchlarida insonlarni yuksak fazilatlariga asoslanib jismoniy, axloqiy, aqliy, tabiatni himoya qilish kabi go‘zallikka doir juda ko‘p muammolar mujassamlashgan. Jumladan, zardusht munojotlarida yazdondan yerda dehqonchilig-u chorvachilikni rivojlantirish uchun kishilarning baquvvat bo‘lishini ta’minlashi iltijo qilingan, yaxshi ish, yaxshi xulq, yaxshi odat ularda barqaror bo‘lishi tilangan. III asrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tomonidan bosib olindi va bu yerdagi xalqlarga islom dinini zo‘rlik bilan qabul qildirdi.Arablar Markaziy Osiyo xalqlarini islom diniga bo‘ysundirish maqsadida ularni arab tilida o‘qish va yozishga majbur etgan, deyarli xar bir xonadonda bittadan arab oilasini joylashtirgan. Bunday oilalar o‘sha xonadonda uning egasi va farzandlari arab tilini va islom dini ibodatlarini to‘la o‘rgangunicha yashagan. Arablar tashkil etgan masjid va madrasalarda asosan “Qur’oni Karim”, “Ash Shurut”, “Tarix”, “Akoid” kabi kitoblar mutolaa qilingan.
Ko‘pchilikka ma’lumki, Qur’oni Karim musulmon mamlakatlaridagi mo‘minlar hayotining mazmunidir. Shunga ko‘ra, Qur’onning tarjimasi ham xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Qur’oni Karim—islom dinining dunyoda eng ko‘p tarqalgan va eng ko‘p o‘qiladigan kitobidir. U haqida hozirgacha, mingdan ortiq kitoblar, maqolalar, tafsir va tarjimalar yozilgan, jahondagi tillarning deyarli barchasiga tarjima qilingan.
Qur’oni Karim, turli vaqtlarda turkiy (uyg‘ur, turk, tatar) tillariga va nihoyat, 1990 yilda Alovuddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi.
Qur’oni Karim musulmonlarning hayotidagi yagona insoniylikni shakllantiruvchi yo‘lboshchiga aylandi. Olloh taolo o‘z xohishi bilan to‘g‘rini noto‘g‘ridan, xaqni noxaqdan ajratib, odamlarga tushuntirish uchun payg‘ambarlar yubordi va odamlarga to‘g‘ri yo‘ldan yurish ixtiyorini berdi. Qur’oni Karimdagi “Inson” surasida shunday deyilgan: “Biz insonga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘yganmiz. Xohlagani shukr keltiruvchi bo‘lsin yoki kufr keltiruvchi bo‘lsin” (3-oyat).
“Qur’oni Karim”da kelajak avlodni doimo yaxshi yo‘lga yo‘nalishini, uni o‘z ixtiyoriga qo‘yib berish muhimligini ko‘rib turibmiz.
Buyuk chex olimi Ya.Amon Komenskiy 1638-yil “Buyuk didaktika” asari orqali pedagogika faniga asos soldi.
O‘zbek pedagoglaridan Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asari orqali pedagogikaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Dars ila tarbiya o‘rtasida bir oz farq bo‘lsa-da, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg‘on jon ila tan kabidir.
Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” asarida ham, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”,Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, “Hayrat ul abror” asarlarida
Ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida teran qarashlar mavjud.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi.
Pedagogika o‘quv muassasalarida (pedagogika universitetlarida, institutlarda, pedagogika kollejlarida, pedagogika litseylarida) pedagogikaning o‘quv predmeti sifatida o‘rganilishi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiylash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasini o‘qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni yaxshi bilgan o‘qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolaga yondashadi va unga samarali ta’sir ko‘rsata oladi. Ma’lum ma’noda o‘qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogika fanlari tizimiga kiritish mumkin.
Fanlarni o‘qitish yo‘llari didaktikaga aloqador, chunki har qanday fanni o‘qitish usuli shu fanning mazmuni, tizimini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada, bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir.
Turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fani tarmoqlari yoritib beradi. Pedagogikaning quyidagi tarmoqlari mavjud:
- umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish haqida);
- maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalami tarbiyalash bilan shug‘ullanadi);
- madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o‘rganadi);
- kasb-hunar ta’limi pedagogikasi;
- harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o‘quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yaroqlardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash yo‘nalishi);
- oila pedagogikasi;
- maxsus pedagogika (oligofreno-aqli zaiflarga, tiflo-ko‘zi ojiz bolalarga tarbiya berish), metodika
Do'stlaringiz bilan baham: |