Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi



Download 0,85 Mb.
bet9/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
majmua

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendentsiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

1)     turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;

2)     O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendentsiyalarining  hisobga olinishi.

Davlat ta’lim standarti: 

1)     ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

2)     o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

3)     ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy  hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» mo‘nolarini anglatadi. Standart yordamida respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga  erishiladi, o‘quv ishlari normativlari  moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo‘lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o‘rganishda o‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.

Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti me’yorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.

 Har qanday fan ham yakka holda o‘zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek, pedagogika fani ham hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, etika va estetika, biologiya va madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir.

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.

5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.

7. Gigiyena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.

10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor hislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.

Наг bir yurtning fuqarosi bo‘lmish o‘qituvchi-tarbiyachi va o‘quvchi yoshlar o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish