O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA SPORT-TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI 3-BOSQICH 19.37-GURUH TALABASI ABDUHOLIQOVA HULKAROYNING
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
“BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHDA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH” MAVZUSIDA
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: __________________
Farg‘ona 2022
Mundarija
KIRISH……………….………………………………………………………. 3
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY MASALALARI
1.1 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi……………….…..5
1.2 Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini tashkil qilish……………..15
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA MATEMATIKA O’QITISH METODIKASINING XUSUSIY MASALALARI
2.1 Boshlang’ich sinfda maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish ……….….20
2.2 Boshlang‘ich sinf matematika darslarida ko‘rgazmalilikning ahamiyati va uni qo‘llash………………………………………………………………….….….26
XULOSA………………………………………………………………………31
TAVSIYALAR………………………………………………………………..36
ILOVA………………………………………………………………...............37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………39
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umum ta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi.
Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o`qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimining oshirib borilishi – o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi.
Mamlakatimiz yuksalishiga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil-bu ta’lim tarbiya tizimidir. Shu sababli yoshlarga ta`lim – tarbiya berishga iqtidorlilarini rag`batlantirish va qo`llab – quvvatlashga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk kelajak yaratish yo`lidagi maqsadlarimiz, hatti-harakatlarimizning pirovard natijasi bevosita ta`lim tizimidagi isloxotlarimizga bog`liqdir. Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ta`kidlaganlaridek, “Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishda, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohatlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalombor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo`lgan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz’’. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot , fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur`atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda. Ta`lim tizimini rivojlantirish va avlodlarni tarbiyalash ta`lim tizimini qayta shakllantirishning eng muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimiz havas qilarli darajada o`zgarishlarga erishdi, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni qancha g`ururlanib gapirsak arziydi. Prezidentimiz Islom Karimov ta`biri bilan aytganda “Mustaqil davlatlar davrasida O`zbekiston o`zining o`rnini egalladi. O`zbekiston tenglararo teng bo`ldi”.Yurtboshimiz mustaqillikka erishishdan oldingi axvolni o`zining
“O`zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida” kitobida to`laligicha yoritib berdi. Ta`lim soxasiga to`xtalar ekanmiz shu ma`lumotlarni keltirib o`tishni joiz deb topdik. Sobiq ittifoqda ta`lim ko`rsatkichi eng past darajada qolgandi.
Maktablardagi ta`lim tarbiyaning hayot bilan, ta`limning foydali mehnat bilan mustahkam bog`lanmagani, “Pedagogik kadrlar nazariy tayyorgarligining pastligi, ta`lim- tarbiya vazifalari va asosiy tamoyillarini aniqlashda aniq o`lchovlarning ishlab chiqilmaganligi, berilayotgan va olinayotgan bilimlar darajasining talablarga javob bera olmasligi o`quvchilarning bilimsizligiga, foizbozlikka olib keldi.
Kurs ishining predmeti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘llanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil etish noan’anaviy usullardan o‘rinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishdir. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o`quvchilarning mavzusini o‘rganish bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli tenologiyalarni qo‘llash o‘quvchilar faolligini ta’minlaydi.
Kurs ishining obyekti:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
Tadqiqotning maqsadi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarni vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish
Kurs ishining vazifasi:
-Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda matematika o’qitish metodikasi ahamiyatini ochib berish;
-Matematika o’qitishda eng samarali metodlar
- Matematika darslarida sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |