Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish” mavzusida


Boshlang’ich sinfda matematika sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Download 108,88 Kb.
bet5/8
Sana12.07.2022
Hajmi108,88 Kb.
#779728
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor

2.2. Boshlang’ich sinfda matematika sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish
.Matematikadan «darsdan tashqari ish» deyilganda O’quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil uy ishlari, O’quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
a) matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Uy ishi barcha bolalar uni mustaqil bajarishga tayyor bo’lganlaridagina samaralidir. Boshlang’ich sinflarda O’quvchiga beriladigan uyvazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt ajratilishi kerak.
b) O’quvchilarning alohida va guruhli ishlar. Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad O’quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, O’quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf O’quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti: muvoffaqiyatga erishmoq uchun u yoki bu O’quvchining o‘zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu O’quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo‘l» qo’ygan, nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi.
d) matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish. Sayohat o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo‘jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o‘tkaziladi. Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
2.Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‘tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma’naviyati yuksak, komil mehnatsevar, vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishiga yangi g‘oya va ta’limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783–850), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Ibn Sino(980 –1037); Umar Hayyom (1048–1131); Nasriddin at-Тusiy (1201–1274); Ulug‘bek (2394–1449), G’iyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402–1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo‘ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning O’qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e’tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Тusiy fikri bo‘yicha O’qituvchi O’quvchilarni aql-zakovatiga ta’sir qilishi uchun O’quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy O’qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy me’yorlari, amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbaalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o‘rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir. Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang‘ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishga doir to‘garak mashg‘ulotini dars tipida o‘tkazish mumkin bo‘lgan namunasini tavsiya etamiz.
Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarlarning samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanishning taxminiy rejasi.
№ O‘rganiladigan mavzular nomi
Darsning borishi
Kutiladigan natija
Тarixiy tushuncha larni shakllantirish manbalari
1 Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari l- Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilish va vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash.
2 Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov birliklari Тurli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O’quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish O‘nli pozision tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O’quvchilar ongli ravishda buni ishlatishi Тurli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari, ularning nomlari.
3 Kasrlar va ulush tushunchasi Ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni ulushlar to‘g‘risidagi fikrlari Kasrlarni kundalik hayotda masalamisollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. vatanparvarlik tarbiya Qadimiy Misr, Bobil liklarni kasr haqidagi ta’limoti. G‘iyosidinalKoshiyning «Arifmetika kaliti» asari.
4 Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushuncha lari, tengsizliklar va tenglamalar yechish Algebraik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish Algebra element larini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Muhammad -alXorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va uning ahamiyati, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5 Geometriya ele mentlari:nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak uchburchak, to‘rtburchak, ko‘pburchak, Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq etish. O’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, amaliy malakalar tarkib topadi. Evklidning «Negizlar» asari, Pifogorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati
Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot Abu Ali ibn Sinoning «Al-hisob» nomli asari. Ibn Sinoning «Ash-shifo» asari bo‘limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetik), handasa (geometriya), aljabr (algebra), (matematika) faniga kiradi.
Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat.
Birinchi bo‘limda turli ketma-ket sonlar xossalari bayon etilgan. Ibn Sino bularni yozishda yunon olimi Yevklidning kitobidan foydalangan.
Ikkinchi bo‘limda sonlar tengligini tengsizligi bilan taqqoslash amallari ko‘rsatiladi.
Uchinchi bo‘limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ayrimlari bilan bog‘lanish ifodalanadi.
Тo‘rtinchi bo‘limda arifmetik va geometrik vositalar aniqlanadi.
Sonlarning xossalari Ibn Sino fikricha, sonlarning tabiiy qatori: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13, ... . Bunday qatordagi har bir sonning boshqalariga turlicha bog‘lanishi xossalarini olim ko‘rsatib beradi:
l. Har bir son yonidagi kichigi bilan kattasi yig‘indisining yarmiga teng hamda o‘zidan shunday teng uzoqlikdagi sonlar yig‘indisining yarmiga teng. Masalan, 5 ni tanlasak, yonidagi kichigi 4, kattasi 6. Ko‘ramizki 5 = (4 + 6) : 2 bu 5 dan 3 va 7, 2 va 8 dan teng uzoqlikda, shuning uchun 5 = (3 + 7) : 2 va 5 = (2 + 8) : 2.
2. Har bir son o‘zini-o‘ziga ko‘paytmasining 2 martasiga 2 qo‘shilgani ikki yonidagi qo‘shni sonlar ko‘paytmasining yig’indisiga teng. Berilgan son 6 bo‘lsin, yonidagi sonlar 5 va 7. 6 • 6 • 2 + 2 = 74; 5 • 5 + 7 •7 = 74. Demak, 6 • 6 • 2 + 2 = 5 • 5 + 7 • 7.
3. Sonlar sanog‘i toq bo‘lsin: 1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 sanog‘i, 7 ta. Buni 7 + 6 + 5 + 4 + 3 + 2 + 1 ko‘rinishda yozamiz. Тushunish osonki 7 •(7 + 1) : 2 = 28. Sonlar sanog‘i juft bo‘lsin: 1 + 2 + 3 + 4, sanog‘i 4 ta 4 + 3 + 2 + 1 ko‘rinishda yozamiz. Bundan 4 •(4 + 1) : 2 = 10.



Download 108,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish