Xulosa: Men bu kur ishim mavzusi orqali boshlang’ich sinflarda boladigan sinfdan tashqari ishlar haqida turli bilim va malakalarni bilib oldim.
Sindan tashqari ishlarni turli metodlar orqali amalga oshirish haqida bilib oldim.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda turli to’garaklar ham bajariladi
Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish hisoblanar ekan. Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdan ushbular bilan farqlanar ekan
Matematika to’garaklari turlari juda ko’p, ulardan ayrimlarini sanab o’tamiz
matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad O’quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, O’quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf O’quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish. Sayohat o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Matematika o’qitishda to’garaklardan tashqari o’quvchilarni bilimlarini teksgirish amalga oshiriladi. O’quvchilarning matematikadan bilim, malakalarini tekshirish usullari. Boshlang'ich sinf o’quvchilarining matematik tayyorgarliklariga qo'yilgan talablar. ikki darajada belgilanib berilgan. Birinchi daraja matematikaga oid boshlang'ich tushunchalarni o'zlashtirish — o’quvchiga davlat va maktab tomonidan beriladigan imkoniyatlarni о 'z ichiga oladi.Bu darajaga erishish uchun ta'lim jarayoni darslik, o’quv qo'llanmalari va ularga mos ravishda ta'lim berish sifati bilan ta'rninlanishi kerak. Ushbu daraja yaxshi o'zlashtiruvchi O’quvchi nimaga erisha oUshi mumkinligini ko'rsatadi. Ikkinchi daraja —о 'quvchi erishishi zarur bo 'Igan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja har bir ta'lim oluvchi egallashi kerak bo'lgan bilimlar minimumini ifodalaydi va boshlang'ich matematik ta'lim natijalarining chegarasini belgilaydi. O’qituvchiga boslilang'ich ta'lim davlat standartining bu ikki darajasi haqidagi farq to'la tushunarli bo'lishi uchun quyida uning mazmunini keltiramiz. Matematik ta'lim sohasi bo'yicha standart ko'rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol to'g'risida tasawurni shakllantirish, puxta hisoblash malakalarini hosil qilish, amahy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo'llay olishga o'rgatish, sodda geometrik shakllar, ularning tekislikda tasvirlanish xususiyatlari haqida tasawurga ega bo'lish hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtayi nazaridan belgilanadi. Agar har bir sinfda o’quvchilar tayyorgarligining majburiy darajasidagi topshiriqlar bilan murakkablik darajasi orttirilgan topshiriqlarni taqqoslasak, u holda majburiy darajasidagi topshiriqlarning soddaligiga va ularning soni uncha yuqori emasligiga qaramay, bu topshiriqlarni har bir o’quvchi erkin yecha olishiga erishish oson ish emasligini ko'ramiz. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, barcha o’quvchilar tomonidan majburiy tayyorgarlik darajasiga erishish masalasi o'z-o'zidan amalga oshirilmaydi. Birinchidan, o’quvchilarning yuqorida keltirilgan ta'limning yakuniy majburiy darajalariga erishishlarini ta'minlash uchun kursning har bir mavzusini o'zlashtirishda ular ma'lum bir tayyorgarlik darajasiga ham erishishlari kerak. Ya'ni o’quvchilarning o'zi har bir katta bo'lim yuzasidan majburiy tayyorgarlik darajasidagi topshiriq turlarini ishlab chiqishi kerak bo'ladi. 2. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning og’zaki va yozma usullari. 1. Og`zaki usullar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya olish, muammoli savollar qo`yish, ularni hal qilish imkonini bеradi. Evristik usul(grеkcha – topaman, ochaman)da qo`yilgan savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kеlishga olib kеladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda dastlab (50+8)-30, (40+5)-4 so`ngra 28=20+8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi? Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqеa – hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kеrak. M: Nеga? Buni qanda tushunish kеrak? H i k o ya bilimlarni tekshirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan matеmatika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni so’rashda foydalaniladi. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning yozma usullari. O’quvchining majburiy tayyorgarlik darajasiga erishish yoki yakkama-yakka so'rov ko'rinishida, tekshirish va nazorat ish ko'rinishida aniqlanishi mumkin. Ishga standartda keltirilgan topshiriqlarga o'xshash topshiriqlar kiritiladi. Bunday topshiriqlarning to'g'ri bajarilganligi haqida yakuniy javobga qarab yetarlicha hukm chiqarish mumkin. Shuning uchun o’quvchilardan yechirnini keltirish yoki uning javoblarini asoslab berishlari (og'zaki tekshirish bo'lgan holda) talab etihnaydi. Bunday tekshirish shakli o’quvchining bilimlari majburiy talablar darajasidami yoki yo’qmi, degan savolga javob berishiga yordam beradi. Bunday tekshirish natijalarini «o'tdi», «o'tmadi» tarzida baholash tavsiya etiladi. Bu yerda «o'tdi» bahosi «3» baho bilan ham, «5» baho bilan ham mos kelmaydi. Shuning uchun keyingi darslarda (darsdan tashqari vaqtlarda) «o'tdi» bahosini olgan o’quvchiga murakkabroq topshiriqlar beriladi. Ularning to'g'ri yechilganligi uchun o’quvchiga qo'shimcha «4» yoki «5» baho qo'yilishi mumkin. O’quvchi murakkabroq ko'rinishdagi topshiriqlami bajarmagandagina u (majburiy minimum darajasini tekshirish natijalariga ko'ra) qoniqarli baho oladi. Agar o’qituvchi nazorat ishiga majburiy va orttirilgan darajadagi topshiriqlami kiritsa, u holda o’quvchilarga ijobiy baho olish uchun (mazkur holda «uch» baho) nechta topshiriqni to'g'ri bajarish kerakligini hamda qanday topshiriqlami to'g'ri bajarish o’quvchilarga yaxshi va a'lo baho olish uchun imkon berishini ko'rsatib beradi.
: Boshlang‘ich sinflarda matematik tushunchalarni o‘rgatish metodikasining asosiy yo‘nalishi sifatida rag‘batlantirish; psixologik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat va hokazo) usullaridan foydalanish imkoniyatlari sinab ko‘rildi; Kurs ishining asosiy maqsadi boshlang‘ich sinflarda matematik tushunchalarni o‘rgatishni tashkil etish masalalarini, ularni hal etish jarayonida takamollishtirish shart-sharoitlarini belgilashdan ham iborat bo‘ldi. Izlanishimiz yakuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematk tushunchalarni o‘rgatish matematika o‘qitishning nazariy va amaliy muammolarini hal qilish xususiyatlarini nazarda tutib, tarbiyaviy ishlarga asos bo‘la oladigan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi. Bu uslubiy tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z ish faoliyatlarida foydalansalar o‘quvchilarni matematik tushunchalar haqida to‘g‘ri umumlashtirish qobiliyarini riyojlanishiga erishishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga matematikani o‘rgatish jarayonida hal etiladigan ko‘p masalalar ichida o‘quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega). Shu narsa aniqki, avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi zamon boshlang‘ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat darajasida arifmetik material bilan bog‘langan. Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o‘lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo‘yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda o‘rganiladi. Yuz haqida boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishi III sinflardan boshlanadi. Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida mexanik qabul qilishiga imkon beradi. Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo‘ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko‘rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko‘pincha uning chiziqli o‘lchamlarini taqqoslashga keltiriladi. Bolalar ko‘pincha yuzni o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. ”To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini o‘lchash nimadan iborat?”, - degan savolga bolalar ko‘pincha bunday javob beradilar: “bu uning bo‘yini va enini o‘lchab, ularni ko‘paytirish demakdir”. Biroq to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuz birligi necha marta joylashishini aniqlashdir.