Uzoqlashgan Kompyuter orqali tarmoq xizmatini olish (Telnet)
Fayllarni uzatish protokoli (FTP) Internetda ko’pchilik Kompyuterlardan fayl va dasturlarni olish imkoniyatini beradi. Bunda FTP ma’lumot uzatish bilan cheklangan, ya’ni siz dastur-mijoz yordamida FTP-server bilan aloqa o’rnatayotganingizda, dasturning barcha zaxiralari fayllar izlash va nusxalashga qaratilgan.
Telnet dasturi butunlay boshqa imkoniyatlar ochib beradi. Uning yordamida boshqa Kompyuter bilan aloqa o’rnatish mumkin va undan interaktiv rejimda foydalanish mumkin. Bu shuni bildiradiki, uzoqdagi Kompyuter bilan Telnet aloqa o’rnatilganda siz nazariy jihatdan shunday imkoniyatlarga ega bo’lasizki, go’yo bevosita shu Kompyuter oldida turgandek. SHunday qilib, Telnet-terminal emulyatsiyasi dasturidir. Telnet bilan ish seansi paytida tezlik nuqtai nazaridan siz o’z shahringizda ulanayapsizmi yoki boshqa qit’ada joylashgan tizimga kirayapsizmi, bu hol narxiga ham tegishli. Siz faqatgina qaysi Kompyuter orqali Internetga chiqayotgan bo’lsangiz, masalan sizning xizmat ko’rsatuvchingiz xost-Kompyuter bilan uni telefon aloqasigagina xaq to’laysiz.
Telnet dastur foydalanish juda oddiy. Uning yordamida qandaydir xost-Kompyuter bilan aloqa o’rnatish uchun faqatgina uning Internetdagi to’liq manzilini bilish talab qilinadi. SHunday manzil sifatida IP-manzil yoki domen nomi bo’lishi mumkin. Kerakli Kompyuter bilan aloqa o’rnatish uchun, Telnet buyrug’ini va Kompyuter manzilini ko’rsatish zarur:
Telnet host. domain
Tarmoq ulanishi o’rnatilgandan keyin tizim aloqani uzish uchun foydalaniladigan belgilar ketma-ketligini ko’rsatadi (“Escape-simvol”). Escape ketma-ketligini kiritayotganda har doim siz Telnetning buyruq rejimida bo’lib qolasiz. Uzoqlashgan Kompyuter bilan aloqani tugatish uchun standart exit buyrug’ini terish kerak yoki logout, uzoqlashgan xost-Kompyuter UNIX taklifida yoki bo’lmasa, Telnet ning buyruq rejimiga o’tib close buyrug’ini bajarish kerak.
Telnet portlari. Ma’lumki, bir necha server dasturlarga ega bo’lgan Kompyuterlarni ularni portlari orqali ajratib olinadi, har bir aniq ilovaga o’zining xalqaro raqami berilgan. SHunday usulda aniqlangan portlarni yaxshi tanilgan (ma’lum bo’lgan) (Well-known) deyiladi.
Telnet uchun Well-known port 23-raqamga ega. Lekin har qanday tizimning administratori boshqa amaliy dasturlar bilan ishlash uchun bo’sh portlardan foydalanishi mumkin.
Masalan, universitet tarmoqlarining yoki boshqa yirik tashkilotlarning xalq kutubxonalarida tizimning ayrim sohalari uchun Telnetning turli portlari bo’lishi mumkin. Bunda bir tomondan mazmunlarni ko’rib chiqishni yaxshilash, ikkinchi tomondan, kerakli serverga maqsadli yondashishni ta’minlashga erishiladi. Agar Siz kerakli sohaning port raqamini bilsangiz, unda uni Telnet buyrug’iga qo’shib sohaga bevosita kirishingiz mumkin. Bu holda buyruqning quyidagi tuzilmasi qo’llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |