Telekonferentsiyalarning asosiy rubrikalari.
Nomi
|
Mavzuviy sohasi
|
Comp
|
Kompyuterlar bilan bog’liq barcha mavzular
|
Misc
|
Hech qaysi guruhga mansub bo’lmagan mavzular
|
News
|
Usenet bilan bog’liq axborotlar va yangiliklar
|
Rec
|
Bo’sh vaqt va qiziqish
|
Sci
|
Ilmiy izlanishlar sohasidagi turli xil mavzular (yuqori bilim darajasi)
|
Soc
|
Cotsial mavzu
|
Talk
|
Turli xil mavzular bo’yicha tortishuvlar
|
Bu telekonferentsiyalar butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun ochiq. Lekin shuni e’tiborga olmoq kerakki, lokal tarmoqlarning hammasi ham bu guruhlarning hammasiga kirishni ta’minlayvermaydi. Kelishmovchiliklarni oldini olish uchun u yoki bu xizmat ko’rsatuvchi qanday telekonferentsiyalar bilan aloqani tavsiya qilayotganligini oldindan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Rus tilida ham telekonferentsiyalar mavjud (Relcom. * konferentsiyalari), hozirgi paytda butun dunyoga tarqatiladi. Rercom telekonferentsiyalar ierarxiyasi mavzulari juda keng: Ixtiyoriy mavzular bo’yicha suhbatdan tortib (Relcom. talk) to aniq yo’naltirilgan bahslargacha, masalan, dasturlashtirish masalalari bo’yicha (relcomcomp.lang. pascal yoki relcom. Comp. Os. Windows,prog). Tijorat e’lonlari uchun relcom.commerc.* guruhi yaratilgan (relcom.commerc, ford, relcom. commerc .metals. i.d.) Kamroq tarqalgan xillari ham mavjud.
Rus tillari telekonferentsiyalari ierarxiyasi - demos *, glasnet. *
Ma’lumki. Internetning har qanday zaxirasidan foydalanish uchun. Kompyuteringizda kerakli mijoz-dasturni o’rnatish kerak. Konferentsiyalar ham bundan mustasno emas. Yordamida konferentsiyalar o’qiladigan dastur o’qish dasturi (newsreader) deyiladi.
Juda ko’p dasturlar bo’lib, ular faqat imkoniyatlari bilan emas, foydalanish shakllari bilan ham farq qiladi.
UNIX tizimining ko’pchiligida trn o’qish dasturi o’rnatilgan.
Trn buyruqlari tuzilmasida uch xil rejim farqlanadi. Dastur rejimlariga ko’ra, har xil buyruqlardan foydalanish mumkin. Konferentsiyalar bilan ishlaganda quyidagi rejimlar mumkin:
konferentsiyani tanlash;
xabarlar zanjirlari bilan ishlash;
xabarlarni o’qish va ularga javoblar;
Misol uchun xabarlar zanjirlari bilan ishlash uchun muhim komandalarni ko’rib chiqamiz. Bu bo’lim buyruqlari konferentsiya xabarlari mazmuni haqida tasavvurni zanjirlar shaklida beradi, ya’ni [] buyrug’i kiritilgandan so’ng ishlaydi. Ro’yxatdan ma’lum zanjirlarni bevosita tanlab olish uchun kerakli harf va raqamlarni kiritish kerak.
D ko’rsatilgan zanjirlarni o’qish rejimini ta’minlaydi, bunda barcha qolganlari o’qib bo’lingan deb belgilanadi.
K joriy zanjirni (ajratilgan) o’chiradi.
M zanjirlar ajralishini bekor qiladi.
N keyingi konferentsiyaga o’tadi, joriy statusi o’zgarmay qoladi.
n keyingi zanjirga o’tadi.
P Avvalgi zanjirga qaytadi.
Z yoki tanlangan zanjirlarni o’qish rejimini ta’minlaydi.
< avvalgi betga o’tadi.
> keyingi betga o’tadi.
Buyruqlar kiritilayotganda shuni esdan chiqarmangki, trn bosh harf va yozuv harflari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |