Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari


Elektron pochta xabarlarining tarkibini o’rganish



Download 45,93 Mb.
bet169/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201
Bog'liq
amaliy

Elektron pochta xabarlarining tarkibini o’rganish

Har qanday xabar sarlavha va bevosita xabar mazmunidan tashkil topgan.


Pochta xabari quyidagi tarkibdan iborat:
Sarlavha: manzil, mavzu, jo’natish sanasi va x.k.

  • Xabar mazmuni: matn;

  • Elektron imzo;

Sarlavha o’z tarkibiga: xat oluvchining manzili (“To” maydoni); Sizning manzilingiz (“from” maydoni); xat mavzusi (“subject”maydoni, u informativ va qisqa bo’lishi kerak); xatning sana va jo’natish vaqti (“date” maydoni). Xat nushalarini oluvchi manzillar (“CC” va “Vce” maydoni, bu maydonlaring farqi shundaki, “Vse” maydonida qayd qilingan manzillar, xat oluvchilar maydonidagi xat sarlavhasida paydo bo’lmaydilar; bu maydon berkitilgan nusxalar maydoni deb ataladi); xat bilan birga jo’natiladigan fayllar ro’yxati.
Elektron pochta manzilining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Foydalanuvchi nomi - @ xost Kompyuter.poddomen.yuqori daraxchadagi domen.
Manzil ikki qismdan iborat: foydalanuvchi nomi va xost Kompyuter pochta manzili, bunda foydalanuvchi qayd qilingan bo’ladi. Manzilning ikki qismi @ belgisi bilan ajratiladi.
Misol uchun, abonentning aniq manzili quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin: Lina@main.nef.ru
@ o’ng tomondagi manzil qismi ru – Rossiya, nef – Sankt- Peterburg Moliya va Iqtisodiy Universitetini bildiradi, main – foydalanuvchi Lina qayd etilgan xost Kompyuter nomi (yoki shunday nom bilan o’rnatilgan quti).
Xabar matni sarlavhadan bo’sh qator bilan ajratiladi. Matn oxirida signatyre – elektron imzo turishi mumkin, ammo bu majburiy emas.


Fayllarni uzatish protokoli (FTP)

Nafaqat matn axborotlari, balki butun dasturlar va shuningdek, alohida fayllar bilan turli xil Kompyuter tizimlari o’rtasidagi almashuv Internet xizmatlarining yana juda qiziqarli imkoniyatlaridan biridir.


Oddiygina qilib aytganda, turli mazmunli umumiy hajmi 6000 G baytdan ortiq fayllar foydalanuvchilarning ochiq muloqotiga (kirishi) taqdim etilgan. Internet da uchraydigan turli xil atraktsion tizimlar o’rtasidagi almashuvni uzluksiz ta’minlash uchun, yana bir protokol talab etiladiki, u qo’llaniladigan jihozdan qat’iy nazar ishlay olsin: FTP (Fayl Transfer Protokol) – fayllarni uzatish protokoli. Bu protokolni ishlatuvchi dastur yordamida, Siz Internet da ko’pchilik FTP serverlarining bittasi bilan, ya’ni ochiq kirish uchun mo’ljallangan fayllari bo’lgan Kompyuter bilan aloqa o’rnatish mumkin. FTP, server va mijoz dastur bo’lishini talab qiladi. Mijoz – dastur Sizning Kompyuteringizda ishga tushadi. Bu dastur yordamida FTP – serverida Siz fayllarni ko’rib chiqasiz va o’z Kompyuteringizga nusxalaysiz.
FTP- server bu Internet da, Sizga kerakli, foydali bo’lgan Kompyuter. U FTP mijoz dasturlaridan oladigan so’rovlarga ishlov beradi. Ommani qiziqtirgan fayllari bo’lgan FTP bo’limlari har qanday kishiga ularni serveriga ulash imkoniyatini beradi. Bu FTP – serverlar anonim FTP – serverlar deyiladi. Dunyoda har bir kishi serverga anonim ravishda ulanishi mumkin. Anonim serverga ulanayotib, Siz foydalanuvchilarning nomi sifatida anonymous (anonim)ni, parol sifatida esa, sizning e-mail manzilingizni ko’rsatasiz. Ammo ayrim serverlar anonim ulanishga yo’l qo’ymaydi.
FTP – serverlar amalda Sizning Kompyuteringizga o’xshab tashkil etilgan. FTP – serverlarda ham fayllar papkalari (yoki kataloglar) Kompyuterdagi kabi bo’ladi. Ko’pchilik FTP- serverlar UNIX tizimli Kompyuterlarda bo’ladi, ularning fayllar tizimi Siz o’rganganga o’xshash. Papkani qanday ochishni yoki uning ichiga qanday kirishni bilganingizdek, FTP bo’limlari bo’yicha o’tishni ham bilasiz. FTP – serverda kataloglar va fayllarni ko’rib chiqish uchun kerak bo’ladigan dastur ham Explorer ga (Provodnik) o’xshash. WS – FTP da kataloglarni ochish va fayllarni sichqonchacha bilan surib ko’rish Explorer da bajarishga o’xshash. Yagona farqi tashqi ko’rinishida hamda, bir nima qilishingizdan oldin FTP serveriga ulanishingiz kerakligidir.
WS FTP dasturi, FTP server uchun Windows 95 da Explorer bajaradigan funktsiyalarni (ishlar) bajaradi. U FTP – serverdagi kataloglarni ko’rib chiqish va fayllarni Kompyuteringizga nusxalab olish imkoniyatini beradi. WS FTP Internet da etakchi mijoz – dasturdir. Uni ko’pchilik manbalardan olish mumkin, lekin Internet Explorer ni (Provodnik Internet) o’rgatib, uni mutlaqo aniq topamiz.
FTP bo’limidan fayllarni nusxalash uch qismdan tuzilgan: FTP – serverga ulanish; fayl tanlash va nusxalash. Nusxalash uchun kerakli faylni topganingizdan so’ng, faylni Kompyuteringizda joylashtirish uchun papka tanlang.
FTP – server faylida sichqonchachaning tugmasini ikki marta bosing va WS - FTP oynasi ikki qismga bo’lingan. CHap qismida Kompyuteringizdagi ma’lumotlarni va turli xil vazifalarni bajaradigan tugmalar ustunini ko’rasiz.
O’ng tarafda FTP – server ma’lumotlarini va FTP serverda turli xil jarayonlarni bajaruvchi tugmalar ustunini ko’rasiz. Oynaning ikkala qismi bir xil ishlaydi. Bundan tashqari, WS – FTP dan fayllarni FTP serverdan olishning ko’p xil usullari mavjud, jumladan ommabop bo’lgan elektron pochta va Web brauzer.



Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish