Elektron pochtasini manzilgohlash usullarini
o’rganish
Ma’lumotlarni almashtirish uchun tarmoqdagi har bir Kompyuter o’zining noyob manzilgohiga ega bo’lishi kerak. Lokal tarmoqda Kompyuter manzilgohi tarmoq platalarining manzilgohlari bilan aniqlanadi. Tarmoq platalari tayyorlanganda ularga noyob manzilgohlar o’rnatiladi.
Platalar konfiguratsiyasida ma’lum tashkilotlar uchun yanada qulay manzillar kiritish imkoniyatiga ega. Uzel manzilgohlari 20 xonalik 16 sondan iborat. Lokal tarmoqning har bir segmenti o’zining tarmoq manzil-gohiga ega. TCPIP protokolli tarmoqlarda tarmoqlarni va Kompyuterlarni indentifikatsiyalash uchun 32 – qatorli IP manzilgohi ishlatiladi. Bu manzilgohlar 4 qismga bo’linadi. Har bir sakkiz xonali qism 0 dan 255 qiymatiga ega bo’ladi. Ular ko’pincha bir – birlaridan nuqta 234.049 bilan ajratiladi. IP – manzilgoh tarmoq va Kompyuter raqamlarini o’z ichiga oladi. Internet tarmog’i axborot markazi orqali har bir tarmoq manzilgohlari beriladi.
Tashqi kommunikatsiya vositalari uchun 2 stil 2 tarmoq manzilgohi qo’llaniladi.
1. Aniq manzilgohlash - UNIX tarmog’iga tarixan xos va shuning uchun goxo UUCP(Unix to Unix Communication Protocol) stili deb ataladi.
2. Qo’shimcha manzilgohlash – DNS (Domain Name System), Internet stili.
Aniq manzilgohlashda manzilga Kompyuter nomlarini ko’chirish (o’tkazish) marshruti beriladi, bundan elektron xat yoki boshqa xabarlar uzatiladi.
Modelli aloqada telefon raqami Kompyuter nomi sifatida ko’rsatiladi, ya’ni abonent manzili shunday tasvirlanadi: bo’g’in (uzel) Kompyuterining nomi – abonent Kompyuter nomi – abonentning tarmoq nomi. Misol: 029.112.223.254. Bu yuboruvchining o’zi uning marshrutini qoldirmaydi. Aniq manzilgohlashning kamchigi: ko’rsatilgan marshrut zanjirida bitta (yoki bir nechta) Kompyuterlarni ishlatib qolish emumkin. Buning natijasida xatlarni yetkazishda ushlanib qolishning uzayishi.
Dalee tizimida Internet ni manzilgohlashda har bir korrespondentga tarmoq manzili beriladi. U 2 ta tashkil etuvchidan iborat: foydalanuvchi identifikatori va bo’g’in (uzel) identifikatori. Tarmoq bo’g’ini (uzel) uchun foydalanuvchi identifikatori – pochtalar bilan ajratilgan domenlardan tashkil etgan matn qatoridir. Manzil o’ngdan chapga o’qiladi va tarmoqda qayd etilgan domenlardan tashkil topadi.
DNS tizimida “to’liq aniqlangan domen nomi” tushuncha kalit hisoblanadi. Bu domen nomi yuqori darajadagi domenlarni o’z ichiga oladi va butun, to’liq nomni tashkil etadi. DNS tizimi daraxt ko’rinishida bo’ladi, uning har bir bo’g’ini o’zining nomiga ega. “To’liq aniqlangan domen nomi” har bir bo’g’in uchun uning nomidagi va uni daraxt ildizi bilan bog’lovchi barcha bo’g’inlar nomidan tashkil topgan, shuni nazarda tutish kerakki, domen ildizi har doim 0 bo’ladi.
DNS tizimi doirasida, Internet tarmog’ida territoriya bo’yicha emas, balki administrativ manzilgohlash tizimi kiritilgan. Masalan: Lina@main.net.ruIvanova@freenet.ru
Xabarlarni jo’natish va o’qish tamoyillari bilan tanishish, shuningdek, ularga turli xil ssilkalarni qo’yish
Internet Mail va Outlook Express dasturlarida ishlash jarayoni oddiy bo’lishiga qaramasdan boshlovchi foydalanuvchilar ishni boshlashda qiyin ahvolga tushadilar. Uzoqlashgan Kompyuterga ulanishning yo’qligi va xabarni qaerdan axtarishni bilmaslik, elektron pochta dasturi bilan tanishuvni qiyinlashtiradi. Xatni yuborish uchun asboblar panelida “Otpravitь soobщeniya” tugmasini bosing. Xabarlar muharriri oynasi paydo bo’ladi (21-rasm):
Muharrirning asboblar paneli tagida joylashgan oynadagi “konvert” ga yozib qo’yishingiz kerak: “konvert” da quyida hoshiyalarni to’ldirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |