Mailer dasturi matnni taxrirlash, oluvchining manzilini ko’rsatish va xabarni jo’natish imkoniyatlarini beradi. Mailer dasturlarining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
matnni tayyorlash;
xat-xabarlarni o’qish va saqlab qo’yish;
xat-xabarlarni yo’q qilish;
manzil kiritish;
olingan xat-xabarlarni izohlash va jo’natib yuborish;
boshqa fayllar uchun import funktsiyasini bajarish.
Elektron pochtaning ko’pchilik dasturlari fayllarni ASC 11 (matn formati) formatida ham ikkilik formatda ham jo’natib yuborish mumkin.
Kod ASC11 (American Standart Code for Information Interchange - ma’lumot almashish uchun amerika standart kodi. ASC11 kodi barcha Kompyuterlar o’qiy oladi, ammo uning kamchiligi shundaki, faqatgina matn yozaoladi.
MIME standarti (Multipurpose Internet Mail Extension - Internet uchun ko’p maqsadli elektron pochta kengaytmasi) Internet da ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan, ular ASS11 formatidagi toza matndan tashqari, grafiklarni hamda audio va video fayllarni o’zida tutadi. Xizmat ko’rsatuvchingizdan so’ngra, unda elektron pochtaning qanday dasturidan foydalaniladi, o’sha dasturning barcha funktsiyalarini tavsiflarini iltimos qiling. Ko’rsatilgan funktsiyalarni qanday amalga oshirilishini bilganingizdan so’ng, elektron pochtaning barcha asosiy imkoniyatlari ixtiyoringizda bo’ladi.
Elektron pochtani o’qish uchun eng ommabop avtonom dasturlaridan biri EUDORA hisoblanadi.
Elektron pochtadan ish muhitiga kirish. Elektron pochta katta masofadan tarmoq orqali matn xabarlarini yuboruvchi vositadir. Ommabop paket dasturlaridan biri - Internet Explorer 3 - kengaytirilgan to’plamiga kiruvchi Outlook Express elektron pochta uchun dastur hisoblanadi.
Outlook Express ni ishga tushirish uchun:
1. OC Windows ning vazifalar qatoridagi “Pusk” tugmasini sichqoncha tugmasi (ST) bilan bosing
“Programmы – Outlook Express” buyrug’ini tanlang va dastur ishga tushirilib, Outlook Express oynasi 16-rasmda ko’rsatilgandek ochiladi. Oynaning yuqori qismida quyidagilar joylashgan: titul paneli, bosh menyu paneli, asboblar paneli, papka pereklyuchatellari bilan papkalar paneli, panellar tagida ikkita oyna joylashgan: papkalardan hujjatlar mazmuni haqidagi ma’lumotlar oynasi va belgilangan hujjatni ko’rish oynasi. To’liq oynaning quyi qismida status paneli mavjud. Asboblar panelida quyidagi yozuvlarga ega bo’lgan 6 ta katta tugma bor.
Sozdatь soobщeniya – (xabar tuzish) – tuzatilgan xabarlarning muharrir oynasini chiqaradi.
Otvetitь otpravitelьyu (yuboruvchiga javob berish) – Siz olgan xat javobini jo’natish imkonini beradi.
Otvetitь vsem (barchaga javob berish) – ko’p manzillarga bir vaqtning o’zida javob berish.
Pereslatь – (jo’natmoq) – bir manzildan ikkinchi manzilga xat jo’natish.
Dostavitь pochtu – (pochtani yetkazish) – provayder serverida Sizning pochta qutingizni ko’rishni ta’minlash va undan ma’lumotlarni bizning SHK ga etkazish.
Udalitь – (yo’qotish) – ajratilgan xabarlarni yo’qotadi. Asboblar paneli tagida “Papka” paneli joylashgan. U “Vxodyaщie” panelining mazmunini tasvirlaydi. Bu panelning oxirida papkalar pereklyuchateli bo’lib, u quyidagi birini ko’rinadigan qiladi:
Vxodyaщie – kiruvchi pochta uchun;
Isxodyaщie – Siz tayyorlagan xabarni elektron pochta orqali jo’natish uchun;