Pedagogik amaliyotda o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish vositasi sifatida Kreativ darajadagi axborot kompetentligini shakllantirish uchun ATdan laboratoriya mashgulotlarini olib borishi maqsadga muvofiqdir . Quyi maktabni axborotlashtirish jarayonida sodir bo’layotgan o’zgarishlarga tezkor javob bo’lib, laboratoriya ta’lim jarayoniga ilg’or o’qituvchilarning tajribasini joriy qilish va talabalarda kichik maktab yoshidagi o’quvchida axborot savodxonligini shakllantirishga yo’naltirishga shaxsiy metodik ta’minotini yaratish bo’yicha tajribaning to’planishiga yordam beradi.
Mazkur laboratoriya mashgulotlarini tashkil etish faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasida ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni o’tkazish;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirishning o’quv-metodik va dasturiy ta’minoti bankini yaratish;
- boshlang’ich sinflar o’qituvchilari va boshlang’ich sinflarda ish olib boruvchi informatika o’qituvchilari uchun metodik seminarlar va talabalar uchkn seminarlar tashkil qilish va o’tkazish;
- bitiruv masala ishlarini yozishda talabalarga hamda ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini o’tkazishda o’qituvchilarga maslahat yordamini ko’rsatish;
- maktablarning boshlang’ich sinflarida informatika va axborot texnologiyalari sohasida fakultativ mashg’ulotlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, to’garaklar o’tkazish.
BTM fakulьtetida kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish mashgulotlari 2010 yildan buyon ishlab kelmoqda . Laboratoriya mashgulotlarining asosiy strukturaviy birligi konkret loyihani amalga oshirish uchun tuziladigan pedagoglar va talabalarning mobil (tezkor) ijodiy guruhlaridan iborat. Loyihalarning bajarilishi jarayonida ijodiy guruhlarning nomi va tarkibi o’zgarib borishi mumkin. Hozirgi vaqtda 6 ta ijodiy guruh ishlab turibdi.
Ilmiy va ilmiy-metodik ta’minot bo’yicha ijodiy guruh kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasidagi ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradi; maktab o’qituvchilari uchun kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish masalalari bo’yicha seminarlar va talabalar seminarlarini mustaqil o’tkazib boradi; boshlang’ich maktab informatika o’qituvchilari uchun maslaxatlar o’tkazadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish o’quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish bo’yicha ijodiy guruh kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasining asosini tashkil etuvchi hamda innovatsion o’quv-metodik majmuasini tarkibiy qismi bo’lgan masalalar va topshiriqlarni doimiy yangilab borishni amalga oshiradi;
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish bo’yicha ijodiy guruh bu o’quvchilarning axborot savodxonligini shakllantirishga yo’naltirilgan informatika kursining Kompyuterli ta’minoti bankini yaratish bo’yicha ishni olib boradi. Dasturiy ta’minotning sinovi tayanch maktablarda talabalar amaliyotini o’tashlarida amalga oshiriladi.
Monitorning bo’yicha ijodiy guruh kollej bilan hamkorlik qiladigan maktablarda quyi sinflar o’quvchilari axborot savodxonligini shakllantirish jarayoni ustidan kuzatuv olib boradi. Olingan ma’lumotlar asosida tadqiqot laboratoriyasining faoliyati muvofiqlashtiriladi, o’quvchilar axborot savodxonligini shakllantirishning metodik va dasturiy ta’minotiga to’g’rilashlar kiritiladi.
“Kichkintoylar uchun informatika” ijodiy guruhining a’zolari tomonidan maktablarning boshlang’ich sinflarida informatika bo’yicha to’garaklar, fakultativ va sinfdan tashqari mashg’ulotlar” tashkil etiladi. Boshlang’ich sinflar o’quvchilarini quyi va o’rta sinflar uchun viloyat jamoaviy konkursiga informatika bo’yicha olimpiadalarga tayyorlash amalga oshiriladi.
Ijodiy guruhining asosiy vazifasi laboratoriya mashgulotlarini ishlab chiqilgan metodik ta’minotni elektron va bosma chop etishdan iborat.
Olimlar, o’qituvchi-amaliyotchilar va talabalarning birgalikdagi ijodiy faoliyati quyidagilarga imkonini beradi:
- talabalarga kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish jarayonining o’quv-metodik va dasturiy ta’minotini yaratish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasiga ega bo’lish;
- o’qituvchilarga ilg’or novatorlik tajribasining metodik ta’minotini uni joriy etish bo’yicha tavsiyalarni olish;
- olimlarga ilg’or tajribani ilmiy va ilmiy-metodik tizimlashtirish va uni ilmiy bilim darajasiga yetkazish.
3-ilova