O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi
1-ilova
O’QUVCHINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchisini axborot komponentligining metodik tashkil etuvchisini shakllantirishda biz asosiy rolni “Kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi” innovatsion o’quv-metodik majmuasiga ajratamiz. Bu majmua kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligining mohiyati bilimlarni va makur shaxsiyatli sifatni shakllantirish texnologiyalari to’g’risidagi bilimlarni egallash, boshlang’ich maktab axborot-ta’lim muhitini shakllantirish usullari va metodlarini egallash; didaktik materiallarni yaratishning shaxsiy tajribasini to’plash, kichik maktab yoshidagi o’quvchini axborot savodxonligini shakllantirish uslublarini ishlab chiqish va tizimlashtirishga yo’naltirilgan.
Mazkur majmua ishchi dastur, o’quv-metodik majmuadan foydalanish bo’yicha tavsiyalar va 5 ta bo’limdan iborat o’quv qo’llanma bilan ta’minlangan. Birinchi bo’lim “Boshlang’ich maktabni axborotlashtirish nazariyasi va amaliyotiga kirish”da ta’limni axborotlashtirishning nazariy masalalari, o’rta va boshlang’ich maktabni axborotlashtirish bosqichlari muhokama qilinadi, ikkinchi bo’lim “Kichik maktab yoshidagi o’quvchining axborot savodxonligi”da axborot savodxonligi tushunchasi kichik maktab yoshidagi o’quvchining shaxsiyatli sifatida ochib beriladi hamda uni shakllantirish modeli va pedagogik sharoitlari tushuntiriladi; navbatdagi uchinchi bo’lim mos ravishda 2, 3, 4-sinflar o’quvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasiga bag’ishlangan.
- o’quv qo’llanmaning oxirida ilova berilgan bo’lib, unda boshlang’ich maktab uchun informatikaga kirish kursining mavjud dasturlarining tavsifi (kursning maqsadi, vazifalari va strukturasi, uning boshqa predmetlar bilan integratsiyasi, mazkur kursni o’rganishda Kompyuterning roli) berilgan.
Har bir bo’lim ma’ruza materialini, mustaqil ish uchun topshiriqlarni, o’quv, ilmiy va monografik adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Bo’lim oxirida kalit tushunchalar tizim keltirilgan va u o’ziga xos qisqa tayanch konspektdir. Unda o’zini o’zi nazorat qilish uchun savollar ham keltirilgan.
Nazariy material seminar mashg’ulotlarida va amaliy mashg’ulotlarida batafsilroq o’rganiladi, buning uchun qo’llanmada mashg’ulotning har bir bosqichi (maqsadi, vazifalari va mashg’ulotning borishi) mufassal tavsiflab berilgan, shuningdek, seminar mashg’ulotlari va amaliy mashg’ulotga oid masalalar keltirilgan. Qo’llanmaning har bir mavzusi bo’yicha testlar ishlab chiqilgan hamda bo’limlar bo’yicha yakuniy testlar berilgan.
Birinchi ikkita bo’limni o’rganilgandan so’ng doiraviy stollar rejalashtirilgan, ularning namunaviy ish rejimlari qo’llanmada batafsil bayon qilinadi va o’z ichiga quyidagini oladi: ish rejasi, muhokama uchun savollar va mazkur muammo bo’yicha adabiyotlar ro’yxati. Oxirgi uch bo’lim o’rganilgandan so’ng, kreativ axborot kompetentligiga ega bo’lgan talabalar uchun mahorat sinflari tashkil etiladi.
Innovatsion o’quv-metodika kursi “Pedagogika”, “Psixologiya”, “Informatikani o’qitish metodikasi”, “Ona tili va adabiyoti o’quv-metodikasi” o’quv fanlari bilan uzviy bog’langan.
2011 yildan boshlab, o’quv rejasining variativ tashkil etuvchisi doirasida mazkur o’quv-metodika majmuasi doirasida 3-bosqichlarda 6 semestr davomida amalga oshirib kelinmoqda.
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |