Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari


Internet xizmatlari haqida umumiy tushunchalar



Download 45,93 Mb.
bet158/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201
Bog'liq
amaliy

Internet xizmatlari haqida umumiy tushunchalar

Internetda amaliy ish jarayonida shunga amin bo’lasizki, Internet tizimida ma’lumot almashuvining bir qancha imkoniyatlari mavjud. Masalan, siz turli xil mavzular bo’yicha telekonferentsiyalarda qatnashishingiz mumkin. Yoki, masalan, uzoqlashgan Kompyuter bilan aloqa o’rnatishingiz va undan xuddi uning oldida o’tirgandek foydalanishingiz, fayllar va dasturlarni butun dunyodan buyurtma berishingiz, elektron jurnallarga yozilishingiz, OQ uyning matbuot xizmati xabarlaridan xabardor bo’lib turish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Ushbu ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin - Internetning axborot xizmatlarini to’la ifodalash qiyin.


Lekin, Internetning ko’p qirraliligiga qaramay, taqdim qilinadigan barcha xizmatlar uchta asosiy ilovalarga asoslangan. Bular - elektron pochta, FTP va Telnet.
Elektron pochta, FTP va Telnet lar Internetning eng “qadimiy” xizmatlaridan hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda, bir qancha ilovalar mavjud bo’lib, ular o’z protokollaridan foydalanib, mustaqil xizmat ko’rsatadi. Masalan, jadal rivojlanayotgan World Wide Web tizimi gippermatnni uzatish protokoli NTTRga asoslangan.
SHunday qilib, Internetning servislari yoki xizmatlari deganda, tarmoqga kiruvchi serverlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari tushuniladi. Quyidagi servis turlari eng ko’p tarqalgandir:

  • Telnet - uzoqlashgan Kompyuterga kirish servisi;

  • FTP - fayllar uzatish servisi;

  • E- mail - xabarlar uzatish servisi;

  • Usenet - e’lonlar elektron taxtasi (“telekonferentsiyalar”) tizimi;

  • Gopher - matnli hujjatlarni qidirish va ko’rib chiqish servisi;

  • WWW-grafika tovush va videolarni o’z ichiga oluvchi gippermatnli hujjatlarni qidirish va ko’rib chiqish servisi;

Internet xizmatlari haqida gapni davom ettirish uchun bir necha tub tushunchalarni tushuntirish talab qilinadi.
Protokol - bu Kompyuterlar, bir - birlari o’zaro aloqa o’rnatayotgan va ma’lumotlarni qabul qilish hamda uzatishda, almashadigan signallar haqidagi kelishuvlar to’plamidir.
Server - buboshqa Kompyuter yoki dasturlarga ma’lum xizmatlarni ko’r-satuvchi Kompyuter yoki dasturdir. Masalan, boshqa Kompyuterlarga o’zining fayllariga kirish imkoniyatini beruvchi Kompyuter - bu fayl - serverdir. Bitta Kompyuterda bir vaqtning o’zida turli xil xizmatlar ko’rsatuvchi bir necha serverlar faoliyat ko’rsatishi mumkin, masalan, FTP WWW, E-mail va boshqa serverlar.
Mijoz - server zaxiralaridan foydalanuvchi Kompyuter yoki dastur. Serverlardagi kabi bitta Kompyuterda bir vaqtning o’zida bir necha jihozlar ishlashi mumkin. Masalan, Kompyuter fayl-serverning mijozi bo’lishi mumkin, shu bilan birga unda elektron pochtani o’qish dasturi va Web ni ko’rib chiqish dasturi (brauzer) ishga tushirilishi mumkin. Serverlar esa har xil Kompyuterlarda joylashgan bo’lishi mumkin.
Internet xizmat ko’rsatayotib, ikki qismdan iborat-mijoz va server, dasturni boshqaradi. Bunda ular har xil Kompyuterda yoki bitta Kompyuterning o’zida joylashgan bo’lishi mumkin.
Mijoz-server modelining asosiga shunday tamoyil qo’yilganki, unda buyruqlarni kiritish uchun va izimning zaxiralariga kirish uchun ikkita bir-biriga bog’liq dasturlardan foydalaniladi. Vazifalarni bunday taqsimlanishda sizning buyruqlaringizni qabul qiluvchi dastur mijoz deyiladi. U sizning Kompyuteringizda joylashgan bo’lib uning hisoblash zaxiralaridan foydalanadi. Unga mos dastur-server sizning ixtiyoringizga berilgan axborot zaxiralari saqlanayotgan Kompyuterda joylashgan. Bu dastur o’zining mijozidan buyurtma qabul qiladi, uni ishlab ma’lumotlarni uzatish protokoli yordamida talab qilingan axborotni qayta jo’natadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, server deb Kompyuterni ham, dasturiy ta’minotni ham aytiladi.
Ko’pchilik Kompyuterlarda bitta emas bir necha dastur-serverlar o’rnatilgan. Masalan, siz boshqa Kompyuter bilan Telnet orqali aloqa o’rnatishingiz mumkin, u yerga xabarni elektron pochta orqali jo’natish yoki undan qandaydir fayllarni FTP orqali olishingiz mumkin. Bunday turli xil vazifalarni bajarish uchun Kompyuter ayrim ilovalarni ajrataolishi kerak. SHunday maqsadlarda portlardan foydalaniladi. Har bir dastur-serverga portning ma’lum raqami berilib, u bo’yicha kerakli mijoz unga murojaat qiladi.
Internet ko’z ilg’ayolmaydigan Kompyuterlar soniga aloqani ta’minlagani uchun, turli xil dastur-serverlar uchun portlarning ma’lum raqamlari o’rnatilgan, ulardan ma’lum xizmatni taqdim qiladigan barcha Kompyuterlar foydalanadi. Masalan, Telnet, odatda,, № 23 port bilan bog’langan. Telnet - aloqasini shu port bilan o’rnatish uchun, uning raqami komanda qatorining oxiriga qo’shib qo’yiladi.

Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish