E-mail mijozlari. Elektron pochtadan foydalanishning turli xil turlari mavjud. Ulardan ayrimlari:
Oddiy yozishma. E-mail asosan xabarlar va fayllarni boshqa kishilar bilan almashish uchun foydalaniladi. Elektron pochta muassasalar tomonidan ilgaridan foydalaniladi. Lekin hozir ko’pchilik undan do’stlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish uchun foydalanadi.
“Daydi ritsarlar yozishmasi”. Xizmat safarlari davrida, elektron pochta orqali odamlarga xabarlar yuborib, ular bilan idorada bog’lanish imkoniyati. Bugungi kunda istalgan mexmonxona yoki aeroportda telefon liniyasiga ulanish imkoniyatini topish mumkin.
Axborot serverlari. Ba’zi E-mail manzillar alohida xususiyatga ega - ular avtomatlashtirilgan. Siz bu manzil bo’yicha qandaydir axborot yoki hujjatga so’rov yuborasiz va sizga avtomatik ravishda kerakli axborotlari bo’lgan javob yuboriladi. Masalan, Siz 1965 yilning ma’lum kunida qanday voqea sodir bo’lganini yoki ob-havo ma’lumotini bilishingiz mumkin. Bular xammasi oddiy elektron pochta orqali bo’ladi.
Jo’natish (mailing lists). Elektron pochta yordamida siz jo’natishga yozilishingiz mumkin. Ularning ayrimlari gazetalarga o’xshash tuzilgan: yozilganingizdan keyin, siz davriy ravishda nashriyotchidan yangi axborotlar olib turasiz.
Elektron pochta manzillari.
Internetning barcha E-mail manzillari bir - biriga o’xshash ko’rinishga ega. E-mail manzil
Name @ domain 1. domain 2. Domain 3.
Adres o’rtasidagi @ belgisi manzilni ikki qismga bo’ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o’ngda.
Domen nomi (domain name)- Internetda aniq Kompyuterga berilgan noyob nom. Internet tarmoqini foydalanuvchining nomi unchalik qiziqtirmaydi. U ko’proq, xabarni o’ng tarafda nomi ko’rsatilgan Kompyuterga yetkazish haqida, o’ylaydi. Keyin bu Kompyuter xabarni manzilning chap tarafida ko’rsatilgan pochta qutisiga yetkazadi.
Elektron pochtaning manzili formati umumiy ko’rinishda quyidagicha bo’ladi: foydalanuvchi nomi @ xost-Kompyuter manzili @ belgisi ko’pchilik klaviaturalarda (ALT)Q klavishlar kombinatsiyasi orqali teriladi.
Internetda marshrutizatorlar komanda qatorining @ belgisidan o’ng tarafda joylashgan qismini ishlaydi, uning chap tarafiga foydalanuvchi nomini xost-Kompyuter o’qiydi.
Masalan, E-mail manzil:
Oleg @ freenet. uz.
Nomi Tashkilot Mamlakat
Mamlakat (tashkilot) kodlariga misollar: KG - Kyrdyzstan
KZ - Kazakhstan
RU - Russia
SU - USR former
UA - Ukraine
UK - United Kingdom
US - United States
UZ - Uzbekistan
Com - US Commeersial
Edu - US Educational
GOV - US Government
INT - International
MIL - US Military
NET - Network
ORG - Non-Profit Organization
Elektron pochta bilan ishlash dasturlari Internetning eng ommabop va muhim vositalaridan hisoblanadi. Foydalanuvchilar elektron pochta tizimiga muloqot ya’ni (provayder mashinasidagi kerakli dasturni ishga tushirish orqali) yoki avtonom rejimida (ya’ni o’zining shaxsiy Kompyuterida kerakli dasturlarni ishga tushirib) kirishi mumkin.