Elektron pochta
Internetda foydalanayotgan elektron pochta shu kunda eng ommabopdir. Berilgan baholar shuni ko’rsatadiki, dunyoda elektron pochtadan foydalanayotganlar soni 50 milliondan ortiq. Umuman dunyoda elektron pochtaning trafiki (protokol SMTP) butun tarmoqning faqatgina 3,7 % egallaydi “CHaqiriq bo’yicha ulanish” (modemdan) sinf ulanishlari, ko’pchilik ulanishlarning eng muhim talablardan biri bo’lib, elektron pochtani ommaboplashtiradi, bizda Rossiyada, umuman ko’pchilik hollarda – ulanish – UUCP.
E-mail Internetga xohlagan ko’rinishdagi ulanishda kirishi mumkin.
E-mail (Electronic mail) – bu elektron pochta uning yordamida, Siz xabar jo’natishingiz, ularni o’z elektron pochta qutingizdan olishingiz, xat manzillaridan foydalanib, xat korrespondentlariga avtomatik tarzda javob berishingiz, bir zumda xatingizni bir nechta oluvchilarga jo’natishingiz, boshqa manzil bo’yicha olingan xatni qayta jo’natish, manzil o’rnida mantiqiy nomlardan foydalanish, turli xil korrespondentsiyalar uchun pochta qutingizni bir necha bo’linmalarini barpo etish, xatga matn fayllarini kiritish va sh.o’. bajarishi mumkin.
E-mail dan foydalanib, Siz sinxron rejimda FTP dan foydalanishingiz mumkin. Bunday xizmatlarni qo’llab - quvvatlovchi ko’pchilik serverlar mavjud. Siz tizim buyrug’iga ega bo’lgan bunday xizmat E-mail manziliga masalan, qandaydir direktoriyga listing bersangiz yoki Sizga qandaydir fayl qayta jo’natilsa, bu fayl yoki listing javobi Sizga avtomatik tarzda keladi. Bunday rejimda oddiy FTP ning deyarli barcha buyruq to’plami ishlatilishi mumkin.
FTP bo’yicha fayllarni nafaqat o’zlaridan, balki Siz E-mailda ko’rsatgan xohlagan FTP serveridan oladigan serverlar mavjud.
E-mail munozara (bahs) yoki telekonferentsiyalarni o’tkazish imkoniyatiga ega. Buning uchun ayrim bog’lovchi ishchi mashinalarga mail reflector lar o’rnatilgan. Siz u yerga falon reflektorga obuna bo’lish ko’rsatmasi bilan xabar yuborasiz va u yerga munozara qatnashchilari yuborgan xabarlar nusxalarini olaboshlaysiz. Pochta reflektori elektron xatlarni olgandan so’ng, ularning nusxalarini obunachilarga osongina tarqatadi.
Elektron pochta servisi - Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to’la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda elektron pochta shunday afzalliklarga egaki, u xabarlarni istalgan vaqtda jo’natishi va qabul qilishi mumkin. Haqiqatan ham E-mail yuborayotib Siz odatda,gi xatni yuborishdagi kabi xat qaerga va kimga yuborilayotgani, teskari manzili (faqat barcha nomlar va manzilgohlar, albatta elektrondir) ko’rsatiladi. Siz xatni “kopirka” (nusxa) orqali bir necha manzilgoh bo’yicha jo’natishingiz, xatga fayl qo’shib yuborishingiz mumkin. Elektron xat bilan bo’ladigan keyingi ishlar oddiy xatni jo’natishni eslatadi. Siz pochta serveri bilan bog’lanasiz (odatda, POP 3 - Post Office Protocol - Pochta protokoli, 3-versiya) va xatni shu serverga jo’natasiz. (Pochtaga olib borasiz). Keyin pochta serveri xatni oluvchining pochta serveriga yetkazib berishni tashkil qiladi, u yerdan xatni oluvchi olishi mumkin. Odatda, elektron xat jo’natilgan zaxoti kelib elektron pochta idishida xat oluvchi tomonidan olinish uchun saqlanadi. SHunday qilib, bu tizim oddiy pochtaga nisbatan kuchliroq va egiluvchandir. Elektron pochta xabarlarni shunchaki tez yetkazishga nisbatan xizmatlarni kengroq turlarini tavsiya qiladi. Elektron pochta, matndan tashqari, ovozli yoki grafikli fayllarni hamda boshqa ikkilik axborotlarni, masalan, dasturlarni ham o’zida tutishi mumkin. Elektron pochtaning eng asosiy afzalligi xatlarni tez yetkazib berishidir. Agar siz xatni elektron pochta orqali yuborayotgan bo’lsangiz siz bilan pochta oluvchi o’rtasida qancha masofa borligi sizga baribir. Amalda jo’natilgan zaxotiyoq xatingizni olishi mumkin. Xatni bir yo’la bir necha manzilga yuborish ham juda oson. Bu degani istalgan vaqtda Siz xabarlarni yuborishingiz va ularni bir necha sekunddan so’ng dunyoning turli joylarida o’qishlari mumkin.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, manzilning uzoqligi yetkazib berish tezligiga ham, qiymatiga ham hech qanday ahamiyati yo’q. Xatni elektron pochta orqali Germaniyani ichida SHimoliy Qutbga yoki bir vaqtda bir necha punktga yuborishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni xost-Kompyuteringiz telefon aloqasidan foydalanganligingiz uchun haq to’laysiz. Internetga mustaqil ulangan Kompyuterlar xost-Kompyuterlar (host-xo’jayin) deyiladi.
Internet elektron pochtasi taxminan oddiy pochtaga o’xshash ishlaydi.
Sizning E-mail dasturingiz xatingizni xatning sarlavhasiga - konvertga o’xshab - (mail-header) joylashtiradi. va SMTP yordamida uni tarmoqga jo’natadi. Pochta - server bilan muloqot qilish uchun elektron pochtaning mijoz-dasturi ikkita protokolidan foydalanadi: bittasi xabarni jo’natish uchun, ikkinchisi uni olish uchun. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol)- Pochtani uzatish oddiy protokoli xabarlarni jo’natish uchun foydalaniladi; ROR 3 (Post Office Protocol) - Pochta protokoli, 3-versiya, ularni olish uchun foydalaniladi. Keyin sizning xabaringiz tarmoq orqali tarmoqlararo o’tishlar (mail gateways) yordamida uzatiladi. Xabaringiz kerakli tarmoqga kelib tushgandan so’ng, pochta agenti (mail agent) uni oluvchining pochta qutisiga yetkazib beradi. Manzildagi xabarni tarmoqdan POP 3 pochta protokoli orqali oladi.
Xat sarlavhasi (mail header) quyidagicha bo’ladi:
E-mail. Xat sarlavhasi;
Komu;
Kopiya;
Vlojenie;
Tema;
Do'stlaringiz bilan baham: |