* Finger i Whois. Finger buyrug’i orqali. Siz birinchi navbatda qandaydir - xost Kompyuter foydalanuvchisi haqida aniqroq ma’lumot olishingiz mumkin. Foydalanuvchi haqida yana to’laroq ma’lumotni olish Whois beradi. Bu Internet foydalanuvchilarning manzilgohlarini saqlovchi ma’lumot bazasidir.
Wais. Wais tarmoqli axborot tizimi (Wide Area Information Service) kalit so’zlar asosida ma’lum mavzu bo’yicha hujjatlarni qidiruvni taminlaydigan tizimdir. Boshqa qidiruv tizimilaridan farqli ravishda (masalan, Archie) Wais “o’zining” hujjatlari mazmunini qidiruvning berilgan mezonlari bo’yicha ko’rib chiqadi. SHunga binoan qidiruvni yanada aniqroq qilish mumkin, chunki Wais dan foydalanilganda qidirilayotgan faylni taxminiy nomini yoki shu nomda uchrashi kerak bo’lgan belgilar ketma - ketligini ko’rsatish talab qilinmaydi. Bundan tashqari,, Wais teskari o’xshash aloqa bilan ishlaydi, ya’ni topilgan hujjat qidiruv maqsadingizga qay darajada o’xshashligini ko’rsatadi.
500. X. 500 tizimi, X. 400 kabi Internet foydalanuvchilari manzilgohlari saqlanadigan ma’lumotnoma (spravochnik) hisoblanadi.
X.500 ni ayrim ma’noda telefon kitobi bilan solishtirish mumkin. Uning hajmi uni installyatsiya qilgan tizimga boqliq. X.500 tizimining qandaydir katalogida qandaydir foydalanuvchining ma’lumotlarini topish uchun eng yaxshisi foydalanuvchi haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot masalan, nomi, manzilgoh qismlarini va sh.o’., kiritish kerak.
X.500 ni boshqa ilovalar ichidan ham jumladan, Gopher yoki World Wide Web dan, foydalanish mumkin.
Internetda axborot qidiruvining birinchi xususiyati shundaki, siz ko’rib chiqish joylarini hamda undan foydalaniladigan instrumentlarni (asboblarni) maksimal darajada cheklashingiz kerak.
FTP, Gopher, Web sahifa va Archie serverlarida Internetda axborot qidirish uchun foydalanish tamoyillarini ko’rib chiqamiz.
Kerakli faylni qanday topish mumkin? Internet da faylni qidirish qattiq diskangizda hujjat qidiruvdek qiyin masala bo’lishi mumkin.
Agar siz FTP - server va fayl turgan joyni bilsangiz, unga to’g’ridan - to’g’ri borishingiz mumkin.
FTP - server WS-FTP yordamida ularning, sizga ma’lum bo’lgan fayl yo’lidan foydalaning va uni nusxalab oling. Faqatgina faylning nomini bilib, unda nima borligini bilish qiyin. Masalan, WG45 VB. ZIP va jxjag. exe fayllari qanday fayllar. Ularda nima borligini mutlaqo tushunib bo’lmaydi. Agar har bir FTP - server har bir fayl nimadan iboratligi ko’rsatilgan ko’rsatkichi bo’lganda masala ancha osonlashgan bo’lardi.
Ko’pchilik FTP serverlar bunday ko’rsatkichlarga ega. FTP serverga ulanib siz, avvalo, tub katalogga tushasiz. Unda siz ko’pgina foydali yordamchi kataloglarni topasiz: UZER, BIN yoki PUV. Bundan tashqari, amalda har doim siz tub katalogda, misol uchun, IS - IR. TXT, DIRMAP.TXT, INDEX.TXT yoki README.TXT deb ataluvchi fayllarni topasiz, ayniqsa, FTP - serverga o’xshashlarda. Bu fayllar FTP - serverdagi ma’lumotlarni ta’riflab beradi. Word Pad yordamida ulardan birini nusxalab oling va FTP server ma’lumoti bilan tanishish maqsadida oching. Agar siz qandaydir korxonaning FTP qismi nomini bilmasangiz, kompaniya nomi oldiga FTP, nomidan keyin som. ni qo’shib yozib ko’ring. Masalan, agar siz Microsoft kompaniyasining FTP qismini qidirayotgan bo’lsangiz, FTP server sifatida FTP. Microsoft. com dan foydalanib ko’ring. Agar siz kerakli faylning nomini bilsangiz yoki nomini bir qismini bilsangiz, uni qidirish uchun Archie tizimidan foydalanishingiz mumkin. Umumiy qoidani esdan chiqarmang: Internet ni bekorga yuklamang va imkoni boricha yaqinroq Archie - serverdan foydalaning.
Archie - server bilan ishlash uchun aloqa uchta ilovalar yordamida o’rnatilishi mumkin:
Telnet;
Archie - mijoz;
elektron pochta.
Archie o’zining kataloglarini berilgan mezonlar asosida ko’rib chiqadi. Bunda qidiruvni aniqlashtirish uchun turli xil parametrlardan foydalanish mumkin. Qidirish usulini tanlash, birinchi navbatda, qidirilayotgan fayl haqida ma’lum bo’lgan ma’lumotga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |