Boshlangich sinf oquvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish



Download 126,71 Kb.
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi126,71 Kb.
#786098
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pardayev Tolib


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

KURS ISHI
Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish

Bajardi: PARDAYEV T.Y. 303- guruh talabasi
Ilmiy rahbar: YUSUPOVA SH.Y.
Boshlang‘ich ta’lim fanlari
kafedrasi o‘qituvchisi
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………...…………….3
I BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari……………………………….………………..6
1.1. Miqdor tushunchasi…………………………………………………………….66
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishda tarixiy materiallardan foydalanish………………………………...9
II BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish metodikasi…………………………………………….…………13
2.1. Vaqt o‘lchovlarni o‘rganish …………………………………………………..13
2.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga vaqtga doir masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi……………………………………………………………………………
Xulosa……………………………………………………………………….……32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʻnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak maʻnaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʻtibor qaratib kelmoqda.
Prezidentimiz yigʻilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʻrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʻkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir. Maʻlumki, murakkab oʻtish yillarida maktablardagi maʻnaviy-maʻrifiy muhit, oʻqituvchi kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʻtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 
Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlandi.Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11- yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi. 
Ulugʻ allomalarimiz – Mirzo Ulugʻbek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibrohim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 
Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, oʻqitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda chet eldagi ilgʻor tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy anʻana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy gʻoya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Maktablardagi kamchiliklarni tuzatish, ta’lim sifatini nazorat qilish uchun ota-onalar, keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. “Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning oʻzi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Videoselektorda xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, muammolarni kompleks hal etish masalalari chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilandi.
Masalan, 2030-yilga borib oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha PISA xalqaro dasturi reytingida Oʻzbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qoʻyilgan. Yigʻilishda pedagogika yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari faoliyatini tanqidiy oʻrganib, takomillashtirish, ularni eng nufuzli ta’lim muassasalariga aylantirish, pedagoglikka moyilligi boʻlgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish boʻyicha vazifalar belgilandi. Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishi ma’lum qilindi. Mazkur ishlarni amalga oshirish yosh-avlodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash lozim.

Download 126,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish