Boshlangich sinf oquvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish



Download 126,71 Kb.
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi126,71 Kb.
#786098
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pardayev Tolib

Kurs ishining maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni uslubiy asoslari.
Kurs ishining vazifalari:
a) Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari, miqdor tushunchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishda tarixiy materiallardan foydalanishni o‘rganish;
b) Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish metodikasi ya’ni vaqt o‘lchovlarini o‘rgatish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga vaqtga doir masalalar yechishga o‘rgatish metodikasini o‘rganib, amaliyotga tadbiq etish.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Kurs ishining hajmi 33 betni tashkil etadi.


I BOB Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari

    1. Miqdor tushunchasi

Miqdor tushunchasi faqat matematika fanida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalardan birigina emas, balki fizika, kimyo kabi boshqa fanlarda qo‘llaniladigan tushuncha hisoblanadi. Turli fanlarda (bitta fanning turli bo‘limlarida) turlicha talqin qilinganligidan, ularni tavsiflash ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Lekin, matematikada ularni quyidagicha ta’riflaymiz.
1-ta’rif. Obyektlar yoki hodisalarga xos umumiy xossa miqdor deyiladi.
2-ta’rif. Quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan miqdor bir jinsli additivskalyar miqdor deyiladi:
Ixtiyoriy bir jinsli arab miqdorlarni taqqoslash mumkin, ya’ni a — b, a> b, a < b munosabatlardan faqat bittasi bajariladi.
Ixtiyoriy bir jinsli avab miqdorlarni qo‘shish mumkin, ya’ni a+b=c (yig‘indi miqdor).
Miqdorni songa ko‘paytirish mumkin, ya’ni b = xa, x∀R+.
Miqdorlarni ayirish mumkin, ya 'ni a — b + c shartni qanoatlantiradigan c miqdor a va b miqdorlarning ayirmasi deyiladi.
Bir jinsli miqdorlarni bo‘lish mumkin: a/b = x. [40]
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga masofa (uzunlik), yuza, sig‘im, massa, vaqt, tezlik haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlar asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqelikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab boʻlgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, ogʻirlik xossalariga oʻxshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklari taqqoslash, qoʻshish, ayirish mumkin.
I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr “vaqt oʻlchovi” ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega boʻlishlari kerak. Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash oʻquvi bilan bog`liq. Vaqt betoʻxtov oʻtadi, uni toʻxtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. SHuning uchun vaqt oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi boʻyicha taqqoslash ham qiyin. Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oraligʻida nima boʻlayotganligiga bogʻliq ravishda vaqt dam tez dam sekin oʻtayotgandek boʻlib tuyuladi. SHuning uchun vaqt oʻrganish qiyin boʻlgan miqdorlardan biridir. Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha boʻlgan davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Voqealarning vaqt boʻyicha ketma-ketligi ham (nima avval boʻlgan edi, nima keyin boʻlgan edi) va hodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidan qiyin oʻzlashtiriladi. Birinchi sinf oʻquvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida shakllanadi: kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar oʻqiganlarida va kinofilmlar koʻrganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilinishi, har kuni daftarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt oʻzgarishini koʻrishga, vaqt oʻtishini his qilishga yordam beradi.
Dastur 1-sinfda bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni koʻzda tutadi. Shu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya’ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi, oʻquv choragimi yoki ta’tilmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabi tushunchalarni oʻrgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yigʻilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt oʻlchovlarini oʻrganishga zamin boʻladi.
3-sinfda oʻquvchilar oʻzlari uchun yangi vaqt birliklari-sekund va asr bilan tanishadilar. Sekundning davomiyligi haqida aniq tasavvurlarga ega boʻlishi uchun bolalarga 1 sekunda 1-2 qadam bosish, 1 metr oʻtish mumkinligi, 1 sekund ichida nima qilish mumkinligi oʻrgatiladi. Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu ulkan vaqt oraligʻini fikran qamrab olishlari ancha qiyindir.
Oʻqituvchining vazifasi vaqtning yilga nisbatan eng katta oʻlchov birligi asrni tushuntirishda shunday misollarni tanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina boʻlsa ham 100 yilga teng vaqt oraligʻi davomiyligi qancha boʻlishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oraligʻi davomiyligi haqida tasavvurni bolalar oʻz yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asr bilan taqqoslash asosida oladilar. Asr koʻrilayotgan vaqt birliklari orasidagi eng yirigidir.

Download 126,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish