Boshlang’ich sinf o’quvchilarida vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishning amaliy uslubiy jihatlari



Download 20,75 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi20,75 Kb.
#653008
Bog'liq
maqola


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida vatanparvarlik g’oyalarini
shakllantirishning amaliy uslubiy jihatlari

Malika Mamanazarova Zoirovna

Annotatsiya
Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish, vatanni sevish, uni ardoqlash, unga bo’lgan mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg’ular va bularni qanday qilib shakllantirishimiz to’g’risida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: vatanparvarlik, tarbiya,

Mavzuning dolzarbligi. Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha, boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari. Vatanparvarlik tuyg’usi kishining o’z vatani va uning xalqiga, xalqining o’tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san’atiga bo’lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Vatanparvarlik asrlar davomida shakllangan chuqur nazariy an’anaga ega hisoblanadi. Aflotunning so’zlariga ko’ra, vatan ota va onadan qimmatroqdir. Sharq mutafakkirlarining asarlarida vatanga muhabbat, eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. O’tmishning ko’plab mutafakkirlari va ma’rifatparvarlari shaxsni shaxs sifatida shakllantirish jarayonida vatanparvarlikning rolini ochib berib, ularning ko’p qirrali shakllantiruvchi ta’siriga ishora qildilar. Ular vatanparvarlik nafaqat tarbiyaning muhim vazifasi, balki kuchli ta’lim berish vositasi ekanligiga ishonishdi. Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usi barcha insonlarda bo’lishiga qaramasdan bu tuyg’u o’zbeklarda juda mustahkam, barqaror, xatto milliy fazilat, qadriyat darajasiga ko’tarilganini ochiq aytish mubolag’a bo’lmasa kerak.


Vatanparvarlik tuyg’usi zaminida chuqur aqliy-odob, iymon, e’tiqod mujassamlashadi. Bu e’tiqod esa halollik, poklik, sadoqat, fidoyilik, mehr-muruvatlilik, mehnatsevarlik, millatparvarlik, insonparvarlik, ijodiy tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, oilaparvarlik, adolatparvarlik singari fazilatlar yotadi.
Shu o’rinda 3-sinf o’qish darsligida Vatanga bo’lgan muhabbat ostonadan, oiladan boshlanishini tushuntirish maqsadida Muhabbat Hamidovaning “ Vatanni tanish “ nomli hikoyasini keltirib o’tishimiz mumkin.
Vatanni tanish
Muhabbat Hamidova
Mening ismim Firdavs. Qishloqda tug’ilganman. Dadam bilan oyijonim meni erkalatishadi, biroq buvim bilan buvam tergab turishadi. Bizning kattakon bog’imiz bor. Unda olma, gilos, shaftoli, anjir – qo’yingki, barcha mevali darxtlar o’sadi. Bu daraxtlarni hammasini buvam o’z qo’llari bilan ekkanlar.
Buvamning aytishlaricha, har narsaga yoshlikdan mehr qo’yish kerak ekan. Ana shunda bolaning imoni but bo’ladi. Vatanni taniydi, uning qadriga yetadi. Uning nima ekanligini yurakdan his qiladi. Vatan himoyasiga ham tayyor turadi, deydilar dadamga takror-takror.
- Buva, Vatan degani nima? – so’rayman qulog’imga bot-bot chalinadigan bu so’zni tushunib olish uchun.
- Vatan bu men sen bilan har kuni mehnat qiladigan bog’, qo’shni bolalar bilan chopqillab o’ynab yurgan ko’chang, senga bilim berayotgan maktabing, oxir-oqibat, qarindosh-urug’, butun millatimizga makon bo’lgan yurt mustaqil O’zbekistinimizdir. Imoni butun Vatanni yurakdan his qiladi, ardoqlaydi. Kerak bo’lsa, ko’ksini qalqon qilib, himoya qiladi.
Buvamning so’zlari meni sehrlab qo’yadi.
- Buvajon, bog’imizdagi daraxtlarni, gulzorimizdagi gullarni yaxshilab parvarishlasam, Vatanni parvarishlagan bo’lamanmi? - so’rayman hayajonlanib.
- Albatta, axir Vatan ostonadan boshlanadi, - deydilar buvam meni bag’rilariga bosib.

Hikoya axloqiy tarbiya asosida tuzilgan bo’lib uning zaminida vatanga bo’lgan muhabbat yotadi. Bu muhabbatni esa keksa cholning nabirasiga bergan tarbiyasi orqali yozuvchi bolalarga tushuntirib o’tgan. Buvasining nabirasiga bergan tarbiyasidan ko’ramizki bola vatanni parvarishlashni oddiy gullarni parvarishlashga qiyoslamoqda. Bundan xulosa qilib aytamizki, bolaning vatanga bo’lgan muhabbati, biz kattalarni ham ona vatanimizga bo’lgan muhabbatimizni yuksak darajada bo’lishligini buva va nabira timsolida ko’rsatib o’tgan.


Marralar qanchalik baland bo’lmasin, loyihalar nechog’li istiqbolli bo’lmasin, Vatanni sevadigan, chin yurakdan mehnat qiladigan fidoyi insonlarsiz ularni amalga oshirish imkonsiz.
Har bir qalbda o’z xalqining jajji qiyofasi yashaydi, deb nemis adibi Gustav Freytag bejizga aytmagan. Shu jumladan, 3-sinf darsligida ham vatanni madh etgan bir qancha shoir va yozuvchilar mavjud. Vatan haqida bular nimalar degani haqida ko’rib chiqamiz.
Orif To’xtash “ Vatan madhi “, Dilshod Rajab “ Yurtim jamoli “, Hamidulla Murodov “ Yangi uy “, Ulug’bek Hamdam “ Vatab desam “ kabi yozuvchilarning vatanimiz muqaddasligi, bag’ri esa quyosh kabi, nomi esa butun jahonga mashhurligi to’g’risida juda chiroyli ta’riflar keltirib o’tganlar.
Dilshod Rajabning “ Yurtim jamoli “ she’ri
Yurtimizni aylandik,
Maqtovga so’z sayladik:
Toshkent asli bosh shahar,
Bag’ri nur – quyosh shahar.
Sirdaryo – Gulistonim,
Jizzax – bog’-u bo’stonim.
Maydonlarda mard kelgan,
Qashqadaryo, Surxonim.

Nuroniy Samarqandim


Yer yuzining sayqali.
G’urur qo’shar ko’ksiga
Temur bobom haykali.

Ilm uyi Buxoro,


Har toshi hikmat, ma’no.
Xorazmning savlati-u
San’atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq,
Qadrdon qoraqalpoq.
Navoiy nomim olib,
Oltin berar bu tuproq.

Farg’ona-yu Andijon,


Namangan – shohi gulim.
Nomim tilga olsang bas,
Ochilar bahr-u diling.

Nomi dilga darmonim –


Ulug’ O’zbekistonim.
Shoir bu yerda yurtimizni maqtovga loyiq yurt deb ta’riflar ekan , tug’ulib o’sgan zamin saxovatini yurt bog’larini kezgandek his qiladi. Har bir nihol, shivirlayotgan yaproqlar go’yo senga Vatan jamolini eslatadi. Yurtimizning vodiy-u, vohayu, shaharlarini o’ziga hos jihatlarini go’zal ta’riflar ekan , nomini dilga darmonim ulug’ O’zbekistonim deya atadi.
Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g’oyaning o’rni beqiyos. Bugunda eng qudratli davlat deya ta’riflangan AQSH, Angliya, Germaniya, Xitoy, Rossiya Turkiya, Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g’oya ustiga qurilgan. Shu asnoda Prezidentimiz ham bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik, avvalo, oiladan, maktabdan, qolaversa, biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi. Vatanparvarlikni yoshlarga singdirishda ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlarga suyanmoq kerak.
Har bir inson Vatan bilan bo’lgan qon aloqalarini va ma’naviy qarindoshligini anglamog’i kerak.
Download 20,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish