Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi - Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning negizida yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash maqsadi yotadi. Mamlakatimiz islohotlar va rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirayotgan bir paytda, yosh avlodda yuksak ma’naviyatni shakllantirish davr talabidir. Yosh avlodda vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, yurt tabiati va boyliklarini asrash, mehnatsevarlik, oliyjanoblik kabi sifatlarni shakllantirish ota-ona hamda tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifasidir. Bu boraga ularga xalqimizning boy og‘zaki ijodi, buyuk alloma, mutafakkirlarimizning ma’naviy merosi, yozma manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasida benihoya qimmatli manba bo‘la oladi. Bizning ilmiy izlanishimiz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |