Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarning shaxsiyatni rivojlantirish xususiyati
REJA:
Kirish
I bob. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili
Boshlangʻich maktab yoshining oziga xos xususiyatlari
Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarining shakllanishi
II bob. Mavzuning emperik o’rganilishi.
2.1. Boshlangʻich maktab yosh davrida shaxs shakllanishiга doir tadqiqotlarning moxiyati
2.2 Sinaluvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga oz-oziga baxoning tasirini organish
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan talim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda manaviy jihatdan yetuk oz Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayguradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga oz hissasini qoshish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek: Kelajakda Ozbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon manaviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim. Darhaqiqat, Ozbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bolib, aqlan, ahloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa, ularni bilim choqqilarini, kasb malakalarini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bolgan yoshlar nafaqat bilim choqqilarini egallabgina qolmasdan balki ularda fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuygularini shakllantirishlari lozim.
“Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariy tarixida tutgan orni, mavqei va shuhrati bevosita oz farzandlarining aqliy va jismoniy yetuk shaxs, barkamol avlod bolib yetishishiga bogliq. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqat zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jaxonning manaman degan mamalakatlaridagi tengdoshlari bilan har qanday sohada bellasha oladigan jismoniy va manaviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga kotarishga qodir,- Birinchi Prizidentimizning mana shu sozlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarning barkamol avlod, komil inson qilib tarbiyalashda shaxs sifatida togri shakllanishiga etiborni qaratish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan birga raqobatbardosh har tomonlama yetuk shahs xususiyatlarini ozida namoyon qilgan yoshlarimizni tarbiyalash Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning ham asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab otishimiz joyizdir.
XXI asr buyuk ozgarishlar asri bolayotganligiga hech shubxa yoq. Bu ozgarishlar eng avvalo inson tafakkurida uning fikrlash tarzida roy berayotganligi hech kimga sir emas. Tabiiyki, bu holat shaxs manaviyati va bu orqali jamiyatning manaviy qiyofasiga oz tasirini korsatmay qolmaydi. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prizidenti Islom Abduganiyevich Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zaruriyati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar: “Milliy goya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik , el-yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bolishi zarur, deb alohida ta’kidlardilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bolmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadr bolib oz xalqi va yurtiga sidqidildan hizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt saodati uchun halol mehnat qilishga orgatishni nazarda tutadi.
Bu orinda osib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini organuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining orni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha talim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz talimning bir bogini bolgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab talimi va tarbiyasining ornini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa ozidan tashqari, atrofdagilar bilan boladigan munosabatlarda eng ilgor va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi,“ deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.
Inson psixologiyasini bilish, oz taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrida ham optimal tarzda ishga yaroqlilikni, turli ozgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, roy berayotgan jarayonlarni obektiv va togri idrok etish qobilyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi va bu ishlarni talimning kichik boginlarida amalga oshirish kerakligi ayon bolib qoldi. Shu sababli Ozbekiston respublikasining Talim togrisidagi qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturida boshlangich sinf oquvchilarining talim-tarbiyasiga alohida ahamiyat berilganligi sozimizning isboti bola oladi. Kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy tushunchalaridan biri- shaxs tushunchasi bolib, uning maqsadi ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir. Shaxsning xis-tuygularini tarbiyalash, estetik va badiiy didni ostirish, gozallikka mehr uygotish insonparvar jamiyatning asosiy vazifalaridan biri bolib kelgan. Shaxs manaviyatini shakllantirishda bevosita tasir qiladigan muhim hayotiy omillardan biri talim va tarbiya tizimi ekanligi muhtaram Birinchi Prizidentimiz I.A. Karimovning Yuksak manaviyat- yengilmas kuch asarida ilmiy asoslab berilgan.
Boshlangich talimni qonun talablari darajasida tashkil etishda talimni boshqaruv organlari rahbarlari, oqituvchilar ota onalar va keng jamoatchilikning vazifalari belgilab qoyilgan va ana shu talablar asosida vazifa qilib olingan . Bu oz navbatida ,oquvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yonaltirilgan ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish , oqituvchilarning ijodiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliyotga moslashtirishni taqozo qiladi.
Shuningdek, boshlangich talim konpensatsiyasida yetuk , ijtimoiylashgan , manaviy jihatdan shakllangan shaxsni yetishtirish masalasi ustuvor qilib qoyilgan. Bunday maqsadga erishish uchun dastlab oquvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga ahamiyat berish lozim . Bunday faoliyat esa, atrof-muhit, tabiat va ijtimoiy hayotga nisbatan ongli yondoshuv natijasida rivojlanadi.
Boshlangich sinf oquvchisining bilish faoliyatini rivojlantirish, ularning maylli-ehtiyojli, hissiy-ixtiyoriy, kognitiv sohalariga muntazam tarzda tasir otkazish orqali amalga oshadi. Oquvchilarni bilishga doir qiziqishlarini rivojlantirishdan kozda tutilgan asosiy maqsad ularda bilim olishga nisbatan ehtiyojni shakllantirish, qiziqishni uygotish, erkinlik tarzida oz fikrlarini bayon etish, hamda fikriy faoliyat konikmalarini shakllantirish va shu asosda yetuk shaxs qilib tarbiyalashdan iborat. Barkamol insonning shakllanishi uning kommunikativ qobiliyatlarining rivojllanishi, boshqalar bilan yaxshi munosabatlar ornatishi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat oz hissasini qoshib yashashi, shaxslararo munosabat qonunlarini bilishi va shu orqali jamiyatda ozligini namoyon etishi yani shaxs sifatida kamol topishi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olganda kichik maktab yoshidanoq bolalarning shaxs sifatida shakllanishini o’rganish mavzuning dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |