Tadqiqotning vazifalari:
1. Shaxs xususiyatlarining rivojlanish muammosiga taalluqli psixologik adabiyotlarni tahlil qilish;
2. Shaxs xususiyatlariga tasir etuvchi omillarini aniqlash;
3. Metodika o’tkazish;
4. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
Tadqiqotning metodlari:
1. Kuzatish;
2. Дембо-Рубинштейннинг ўз-ўзини баҳолаш методикаси
1 BOB. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili
1.1 Boshlangʻich maktab yoshi davrining o’zida xos xususiyatlari
Bu davr odatda bolalikning maktab davri deb ham yuritiladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshida toplagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham ahloqiy, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulgaya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening malumotiga kora, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar roy beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bolib, malum tizimga, tartibga tushadi, endi u koproq ozi xohlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bolib boradi. Shuning uchun ham ular ota-onalari oylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham oqituvchisi orgatganday tezda yechadigan bolib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi tashqi real olamni, u qanday bor bolsa shunday anglay boshlaydi. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab oquvchilariga qoyiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini organish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining otkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; ozining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab talimiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror boladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati oqish hisoblanad. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi orni nihoyatda katta. Bola oquv faoliyatida oqituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy ananalar asosida harakat qilishni urganadi. Oquv faoliyatida bola oz irodasini oquv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. Oquv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola oz atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga otadi. U hayotining tubdan ozgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki oquv saoliyati talablariga boysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Oila azolarining bola oquv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei ozgarganligini tola his etishiga, oziga nisbatan munosabatining ozgarishiga asos boladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan oz vaqtlarini togri taqsimlash borasida yaxshi oqish, oynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga orgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. Oquvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi.
Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida orin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki oz vazifalari, majburiyatlari bor bolgan, oz faoliyat natijasiga kora hurmatga sazovor bolishi mumkin bolgan alohida shaxs sifatida munosabatda boladilar. Buning natijasida bolaning oz-ozidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi oz ornini anglay boshlaganini korish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir oquvchida psixik zoriqish kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, yani malum darajada qorquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon boladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan ozaro munosabatda malum bir natijalarga erishgan, ozi xohlayotgan narsalarni hamda, oz oilasida ozi egallagan ornini aniq biladigan boladi. Shuningdek, u ozini-ozi boshqarish malakasiga ega boladi, vaziyat va qolatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning ozlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman emas, balki bu xatti- harakatlar ozgalar koz ungida qanday namoyon bolishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab talimiga bogchada tarbiyalanyotganida tayorlanadi. Buning uchun u dastavval, talim-tarbiya tomonidan oquvchi shaxsiga qoyiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi. Undan tashqari u fan asoslarini organish uchun ham biologik, jismoniy ham psixologik jixatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega boladi. Maktab talimiga psixologik tayorgarlik deganda, bolaning obektiv va yubektiv jixatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining ozaro munosibligi nazarda tutiladi. Oquvchi maktab talimiga keng manoda obektiv tayyor boladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining otkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi oquvchilardan ajralib turadi. Maktab talimiga tayorgarlik korayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror korinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung rolli va syujetli oyin faoliyatlarida, rasm chizish va korish, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida, hikoya tinglash va ozi haqida tuzishda ham bevosita namoyon boladi. Bu davrga kelib bola oz diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yonaltirishga, to;plashda va uni mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada konikmalarni egallagan bolib, oz diqqatini boshqarish zarur paytda uni ozi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajiyibotlarga, garoyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva malumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bolsa, endi u oz xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda malumotni olishga , oz oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qoyishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U ozining uncha boy bolmagan tajribasiga asoslanib, sher, hikoya, ertaklarni esda qoldirishi uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay usul va yollaridan foydalanganligi talim jarayonida unga juda qol keladi. U oqish, idrok etish, ozlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.
Boshlangich sinf oquvchilari, kopincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda kognitiv faoliyatni tashkil etsa ham biron bir narsani eslashda xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, aksincha, talim shaxsdan soz mantiq xotirasini taqazzo qiladi, ijodiy produktiv yol bilan bilimlarni egallashni talab qiladi. Soz-mantiq xotirasining mavjudligi matnnning manosiga tushunib esda olib qolish samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalardan shu narsa malumki, bola manosiz sozlardan kora koproq manodor ilmiy tushunchalarni yaratish, tuzish va mustaxkamroq esda olib qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi kattalar bilan muloqotga kirishish, ozgalar fikrini oqib olish va uni maqsadga muvofiq togri idrok etish darajasiga tola javob bera oladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va kolam jihatdan har qanday kimsa bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir. Oquvchi ozi eshitgan narsalarni, voqelik haqidagi malumotlarni togri tushuna oladi, ozida mavjud bolgan axborotlarni, taassurotlarni muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan orinli foydalanadi, narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi. Yirik chet etva sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining korsatishicha, oqilona tashkil qilingan talim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal suratlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishiga, royobga chiqishiga imkon beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, ximik, politexnik, lingvistik tushunchalarni ozlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bolmagan masalalar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
Yuqorida yuritilgan fikrlarga tayanib shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarning psixologik tayorgarlik darajasi talimni muvafaqqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo kafolat bera oladi. Bu orinda uning shaxsiy xususiyatlarining shakllanishiga ham etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bola shaxsining bir qator xususiyatlari va fazilatlari yaqqol kozga tashlana boshlaydi; qatiylik, nisbiy mustaqillik, oz oldiga maqsad qoya olishlik, xulq-atvorni ijtimoiy jamoatchilik nuqtai nazardan baxolashga intilishlik, axt-paymonga sodiqlik, vadaga vafo qilishlik, burch va javobgarlik xislari kabilar. Shuning bilan birga maktab talimiga tayorgarlik korayotgan bola oz xis-tuygusi va ichki kechinmalarini boshqarish malakasiga egadir, xatto u oz-oziga, oz qilmishlariga, nojoya xatti-harakatlari, orinsiz luqma tashaganligi, ixtiyorsiz oshshayganligi uchun baxoli qudrat oz munosabatini bildirishi mumkin. Takidlab otilgan barcha mulohazalar, sharxlar, tavsiflar maktab talimiga psixologik tayorgarlikning asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bolib hisoblanadi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bogcha yoshi davrida toplagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulgaya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje malumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar roy beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bolib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u koproq ozi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u, bazan ota-onalari oylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham oqtuvchisi orgatganday tezda yechadigan bolib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamni, uni qanday bolsa shunday mavjud xususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.
Boshlangich maktabda oqiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari- oqishda, sportda bolalar orasida nufuzi va obrosi katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu davrda bolalar ozlarining qaysi jinsga taaluqli ekanligini teran anglab maktabda ogil bolalar va qiz bolalar guruhi shakllanadi. Har bir guruhning oziga yarasha qiziqishlari, mashgulatlari bolib, qizlarning davrasida bolish, xattoki, ogil bola uchun noqulay bolib qoladi.
Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy normalarni anglashning, tushunish, axloqiy qadryatlarni ozlashtirish va manaviy tasavvurning shakllanishi uchun ota sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham kattalarni ezozlash kichiklarga hurmat, ota-onaga ehtirom korsatish, vatanni sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka togri munosabat xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va ragbatlantirish ortasidagi farqni ajrata oladi va nima qilib bolsa ham jazolanishdan qochib, kopchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va talim maskanlarida bolaning axloqiy va manaviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart-sharoit ayni bu davrda ozining samarali natijasini beradi.
Biroq bolaning maktab talimiga psixologik jixatdan tayyorligining subyektiv tomoni ham mavjuddir. Bola maktabda oqish xohishi, intilishi, predmetlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odamlarning bilan muloqotga kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bogliqdir. Unda bu davrga kelib oqish, bilim olish bilan bogliq turli tasavvurlar shakllanadi. Shuning uchun u maktab jamoasining barcha azolarining masuliyatli vazifalarini etirof etadi va ularga itoatkorlik tuygusi, ularni korsatmalarini bajarishga moyillik tugiladi. Lekin bolalarning barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda boladi, deb bolmaydi, shu boisdan ular ortasidagi individual farq vujudga keladi. Bazi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, goyoki qush kabi uchishga tayyordirlar, oqish vaqtiga qancha vaqt qolganini sabrsizlik bilan sanaydilar, oquv ashyolarini oldinroq taxt qilib qoyishga kattalarni davat etadilar. Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu togrisida extiyotkorlik va vazminlik bilan munosabatda boladilar. Biroq bu toifadagilarda faollik,shijoat, kuyuchanlik bilan intilish yetishmaganga oxshab ketadi. Uchinchi bir turkumda taalluqli oquvchilar bolsa maktabdan qatiy ravishda vos kechish darajasiga borib yetadilar. Oqishga nisbatan bunday munosabat kattalarning jazo berish, erkinlikni yoqotish, majbur qilish, qorqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: Maktabga borsang- taziringni yeysan, Qilt etsang kaltak yeysan, Dars tayyorlayverib tinkang quriydi va boshqalar.
Shuning bilan birga oquvchilarning akalari va opalarining maktabdagi Mashum kechinma va vaziyatlar togrisidagi noxush axbororlari, kin ova teleekrandagi maktab hayotiga bagishlangan filmlardagi, kompyuterdagi vaziyatlar ozaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada oqishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Oqishga nisbatan salbiy munosabatda bolhan bolalar talim muhitiga kirishishga qiynaladilar, qator ruhiy tosiqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga va jamoaga, notanish odamlarga moslashish juda ogir kechadi. Maktab talimi bolaning turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi, oila muhitidagi ahvolini ozgartiradi, uning asosiy vazifasi oqishdan iborat bolib qoladi. Yangi bilim, konikma, malakalarni egallashdan tabiat va jamiyat togrisidagi qonuniyatlarni ozlashtira boshlaydi. Talim oquvchidan muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zor berishni, faollikni, maqsadga yonaltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti- harakatlar ornini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallab boradi. Oquvchi tengdoshlari bilan birgalikda muayyan sinf jamoasiga birlashtiriladi. Modomiki, shunday ekan sinf jamoasi va uning azolari bola oldiga kopchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa istaklariga boysundirish, ozaro yordam, ozaro hurmat, ozaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qoyadi. Talim jarayonida oquvchi oldiga qoyiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib boraveradi.
Maktab talimini dastlabki kunidan boshlaboq kichik maktab yoshidagi bolaning taraqqiyotini harakatga keltiruvchi, kuch vazifasini otovchi turli hil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, ichki ixtilof kabilar vujudga keladi. Ushbu holat va vaziyat zamirida oquvchi shaxsiga, uning bilish jarayonlariga nisbatan oquv faoliyati, oqtuvchilar va sinf jamoasi tomonidan qoyilayogan talablar bilan bolaning psixik kamolot darajasi va undagi mavjud insoniy fazilatlari ortasidagi qarama-qarshilik yotadi. Talabning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan toxtovsiz osishini taqazzo etadi va bu narsa boshi berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida inson taraqqiyotida amalga oshadi.
Kichik maktab yoshidagi oquvchining muhim xususiyatlaridan biri undagi oziga xos extiyojning mavjudligidir. Mazkur extiyoj oz mohiyati bilan muayyan tartibdagi bilim, konikma va malakalarni egallashga, tevarak atrofdagi voqelikni ozlashtirishga qaratilgan bolmasdan, balki faqat oquvchi bolish istagining ozidan iborat. Bu extiyoj zamirida oqishning tashqi alomatlari, chunonchi, forma kiyish xohishi, oz shaxsiy portfeli, dars tayorlash burchagiga, kitob qoyish javoniga ega bolish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuygusi yotadi, xolos. Bundan tashqari bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, oquvchilik safiga qabul qilishlik lavhasi, maktab mamuriyati va oqituvchilarning ularga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf oquvchilarining samimiy tabrigi birinchi sinf oquvchilarining his-tuygusiga katta tasir korsatadi. Sinf azolari bilan birgalikda qatorlashib saf tortib yurishlar, yoppasiga oyin faoliyatida qatnashish, oqtuvchining ogitlari ham ularni oziga rom etadi. Lekin ular oqishning tub mohiyatini tushunib yetmaydilar, shuning uchun umumiy tarzda hamma maktabda borishi kerak, deb tasavvur etadilar. Vaholanki, oquvchi oqish ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalarning korsatmalariga amal qilgan holda tirishqoqlik bilan mashgulotlarga kirishib ketishlik hollari kop uchraydi.
Darslar boshlanib ketgandan keyin oradan ma lum muddat otgandan song, shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi, ichki belgilari oz ahamiyatini yoqotib boradi va oqishning kundalik aqliy mehnat ekanligi, irodaviy zor berish, yoqtirmagan ish bilan shugullanish, diqqatni taqsimlash , oz xulqini idora qilish zaruriyatini oquvchi anglab yetadi. Agar oquvchi shunga oxshash aqliy mehnat konikmasiga ega bolmasa, u holda u oqishdan kongli soviydi, umidsizlanish tuygusi vujudga keladi. Shuning uchun oqituvchi bunday holning oldini olish maqsadida bola bilan talimning oyin faoliyatidan farqi, qiziqarliligi yuzasidan malumot berishi va shu faoliyatga uni puxtaroq, jiddiyroq tayorlashi maqsadga muvofiq. Bu bilan oquvchi borliqni bilishga nisbatan jiddiy munosabatning ularda extiyoj sifatida namoyon bolishini taminlaydi. Talim jarayonida oqituvchi obrosidan oqilona foydalanib, oquvchida mehnatsevarlik, uyushqoqlik, oqishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, oz-ozini qolga olish, oz- oziga tasalli berish, faollik tuygularini vujudga keltirish talim jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob nazorat nuqtai nazaridan oqtuvchi obrosini oquvchilar oldida tokish, shaxsiyatiga tegish va mazah qilish mumkin emas. Oqituvchi bolalarga togri talim- tarbiya berishi hamda ularning shaxsiy intelekttual qobilyatlarni shakllantirish uchun quidagi fazilatlarga ega bolishi kerak: a) kasbiy qobilyatlarning mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa bir qator odamiylikka yogrilgan xislatlarining bolishi; v) oquv predmetlarini chuqur egallashi; g) bilim saviyasining chuqurligi va kengligi; d) oqituvchining vijdonliligi, adolatgoy fazilatlari, uning maqomi va rolining muhimligi;
Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning xatti harakatlarini, ular bajarayotgan ishni boshqarish imkoniyatiga ega boladilar. Ular oz maqsadlari sari intilishi, mustaqilliligi, jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar rivojlangan boladi. Ayni paytda bolaning yaxshi yoki yomon xatti- harakatlarni sezishi, gozallikni idrok qilishi kata odamlarnikidan sifat va maqsad jihatdan farq qiladi. Ayniqsa, uning aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan beqarordir. Ularda irodaviy xislatlarning osib borishi bola shaxsi shakllanishi, tarkib topishi jarayonida unda ijtimoiy- ahloqiy qoidalar ozlashtirib boriladi. Axloq qoidalari va maqomlarining bola tomonidan ozlashtirib borilishi natijasida unda harakter hislatlari shakllanib boradi. Ularning tarbiyasi oddiy oquv va mehnat konikmalari, malakalari, ixtiyoriy diqqat, idrok va tajriba, mantiqiy esda qolish, fikr yuritish, soz boyligi, iroda sifatlari, yuksak insoniy hislatlar qamrab oladi. Boladagi mazkur ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, mahsus tashkil etilgan oyinlar, talimiy mashgulotlar asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin. Bu narsa oqituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar bolalar ustidan qatiy nazorat qilishni va oz vaqtida unga yordam berib turishni taqazzo etadi. Buning uchun ular barcha kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini tola organishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |