II. bob. Mavzuning emperik organilishi
Boshlangʻich maktab yosh davrida shaxs shakllanishiга doir tadqiqotlarning moxiyati
Bu davrdagi tadqiqotlarga to’xtaladigan bo’lsak, ayniqsa E.Erikson, Z.Freyd, G.A Sukerman va V.V.Rubsovlar, K.S.Vigotskiy va D.B.Elkoninlarning tadqiqot va g’oyalarini alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ular bolalarning psixik hamda shaxs sifatida rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, sinf jamoasi, oqituvchi, ota-onasi bilan boladigan munosabati orqali erishish mumkinligini takidlab otishgan. Ularning yuqoridagi bu goyalariga hali toxtalib otamiz.
3-4 sinflarga borib bola uchun uning ortoqlari bilan munosabatning ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar talim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolgiz qolgan holda sevimli mashgulotlari bilan shugullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Shaxs shakllanishi nazaryalari va bosqichlariga nazar soladigan bolsak, Erikson: Maktab yoshi: mehnatsevarlik oz-ozidan qoniqmaslik. Tortinchi ijtimoiy psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi. Oz jinsidan ota- ona bilan raqiblikdan bartaraf etilgan boladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir boladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qoshilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bolgan qurol aslahalar, hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bolishini bilish nimanidir organishga aynan intilish va tez ozlashtirishi universal deb tan olingan.
Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bolishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band boladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” men nimaga organgan bolsam. Bolalar maktabda oqib, faol ishtirok anglangan tartib intizom qoidalariga qoshiladi. Maktab tartib-qoidalari bilan bog`liq bolgan odam mukammal ijrochidir. Bu davrning qaltisligi shundaki, oz-ozidan qoniqmaslik hissini, oz qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat. Z. Freyd boyicha bu yosh davri:Latent bosqich jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha osmirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi oqish, sport, bilishga intilish asosan ozini jinsidagi tengdoshlari bilan dostlashishga yonaltiriladi. Freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.
Oquv faoliyati kichik maktab yoshidagi oquvchi uchun nafaqat bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. Oquvchining ushbu yosh davrida oqtuvchining har bir aytgan sozi, xar bir xatti- harakati, tasir otkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni bolib qoladi. Chunki oquvchilar oz oqtuvchilariga juda qattiq ishonadilar, ularning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik taktdan ota tasirlanadilar, qoygan talablariga qatiy amal qiladilar. Ana shu tomondan pedagog bergan barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vaziyatlarni hal qilishga intiladilar, ularni oz vaqtida ado etishga intikladilar.
Oqtuvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok etilishi idetifikatsiya bosqichiga oxshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) oquvchining psixikasiga tashqi tasir korsatish, 2) atrof-muhitdagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shugullanish togrisida korsatma va yollanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bolgan burch xissini tushuntirish, 5)uni togri mulohaza yuritishga orgatish, 6) ijobiy xis-tuygu va ezgu niyatlarini qollab quvatlash, 7) oqilgan kitobni, tomosha qilgan kinofilmni, sinfda sodir bolgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) oquvchilarni nomaqul soz va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglashga orgaish imkoniyati paydo boladi. Bu omillarning barchasi oquvchining shaxs bolib shakllanishida muhim rol oynaydi.
Oquv faoliyatini qanday tashkil etilganlik sharoitiga qarab bolalarning emotsiyalari ozgaradi. Shu tariqa kichik maktab yoshidagi oquvchilarda emotsiyalarni jilovlash va emotsional barqarorlik kuztiladi. Ular bu davrga kelib oz his-tuygularini kayfiyatini boshqara oladilar. Chunki ular maktabgacha tarbiya yoshidagi va osmir yoshdagilarga qaraganda his-tuygulari osoyishta chuqur va muvozanatlashgan boladi. Ularga uzoq muddatli pozitiv emotsiyalar, hushchaqchaqlik, ruhiy tetik kayfiyat hosdir.
Bolalar maktabga birinchi bor kelganda, yangi munosabatlar tizimi va muloqot doirasi shakllanadi. Maktab davrining ilk kunlaridanoq oquvchilar bir birlariga etibor bermaydilar, hamda tengdoshlarining yutuqlari bilan qiziqmaydilar, muloqotga kam kirishadilar. Lekin vaqt otishi bilan oquvchilar asta- sekinlik bilan bir birlarini kuzatishni boshlaydilar, muloqotga nisbatan ehtiyoj sezadilar va tengdoshlari bilan dostlasha boshlaydilar. boshlang'ich ta'lim oxiriga kelib esa oquvchilarda tengdoshlari orasida alohida oziga hos orinni egallashga ehtiyoj shakllana boshlaydi. Tengdoshlarining talimiy yutuqlariga qiziqish orta boshlaydi va ulardan ajralib turishga bolgan ishtiyoq hulq atvorning asosiy motiviga aylanadi. Ularning shaxs sifatlarining shakllanishi oquv faoliyatidagi hamkorlikka ham bogliq.
G.A Sukerman va V.V.Rubsovning tadqiqotlaridan malum bolishicha, tengdoshlari bilan oquv faoliyatidagi hamkorlik natijasida bolalarning tafakkuri rivojlanadi va muloqot konikmalari shakllanadi. Oquv faoliyatidagi hamkorlik va fikr almashish natijasida bolalarda ijtimoiy psixologik maydon kengayadi va uning zamirida individual psixologik xususiyatlar shakllanadi. Tengdoshlari bilan birgalikda, hamkorlikda ishlaydigan bolalar ozlarining imkoniyatlari va bilim saviyalarini yaxshi anglaydilar. Psixologik adabiyotlarda, bu yoshning 9-11 yoshgacha davom etadigan oxirgi davrini turlicha talqin etadilar. K.S.Vigotskiy bu davrning osmirlikning ilk bosqichi deb hisoblaydi. L.I.Bojovich butun osmirlik davrining ilk eng inqirozli pallasi deydi. Z.Freyd esa bu davrni kichik maktab Yoshi va latent bosqichining tugashi deb aytadi.
D.B. Elkonin bu davrni barqaror kichik maktab yoshi va osmirlik davrlari orasidagi inqirozli palla deb tariflaydi. Kichik maktab yoshi yakunida ananaviy talim tizimida motivatsion inqirozlar vujudga keladi. Avvaliga yangi ijtimoiy faoliyat sifatida boshlangan oquv faoliyati ananaviy oquv majburiyatiga aylanadi. Inqirozning belgilari quidagilardan iborat: maktabga nisbatan salbiy munosabat va maktabga bormaslik; uy vazifalaridan bosh tortish; oqituvchilar bilan pedadogik konfiliktlarning vujudga kelishi va boshqalar. Bolalarga oquv faoliyatini ozlashtirishda qiyinchiliklar qanchalik kop bolsa maktabga shunchalik salbiy munosabat kuchayadi.
Talim olish vaqtida hal etilmagan muammolar, qiyinchiliklar, oquvchilarga bilim, konikma, malakalarning yetishmasligi oqibatida oquv faoliyatidagi shaxslararo munosabatlar yanada taranglashadi. Oquvchilar oldiga ular mustaqil hal etishi lozim bolgan vazifalar qotiladi. (oz bilimlarini sinash va taqqoslash, talim tizimidagi yangi shart sharoitlarga moslashish, avval bitta pedagog topshiriqlarini bajargan bolsa, endilikda turli oqituvchilar tomonidan qoyilgan talablarni bajarish lozim)
K.N.Polivanova fikricha, kichik maktab Yoshi davrining yakuniy bosqichi inqirozi oz oziga refleksiv yonalganlik dir. Bu davrda barqaror shakllangan oquv faoliyatlaridagi imkoniyatlarni anglash, endi ozini ozi bilishga qaratiladi. Ozgarayotgan ijtimoiy muhit tasirida oz oziga yonalganlik, ozining xususiyatlari va qobilyatlarini bilishga qiziqish ortadi hamda ozini kattalardek tutishga intiladi. Tengdoshlari bilan munosabatdan esa shahsiy xususiyatlarini qay darajada rivojlanganlik darajasini bilish mumkindir.
Yuqorida aytib otilgan vazifalarni togri bajarilishi, oqituvchining oquvchilar bilan mazmunli suhbat uyushtirishi, ularda chuqur taassurot qoldiradi va faollik korsatishga undaydi. Kichik maktab yoshidagi oquvchilarni shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonida yuksak samaraga erishish uchun ularning yosh individual psixologik xususiyatlarini xisobga olish taqazzo qilinadi. Malumki, oqtuvchi turlicha psixologik xususiyatlarga ega shaxs bilan shugullanadi. Shuning uchun biror bir oquvchiga nisbatan muvaffaqiyatli qollangan interfaol boshqa biriga samara bermasligi mumkin. Binobarin, ozgalarga tasir otkazish tadbirlari oquvchi shaxsiga individual yondoshish orqali amalga oshirilsa, yuqoriroq korsatkichga erishiladi. Ushbu vazifani amalga oshirishda oqituvchi oquvchilarni individual-tipologik xususiyatlarini qanchalik chuqur organgan bolsa, ularga shunchalik tasir otkazish kuchi sezilarli va samarali boladi.
Talim jarayonida har bir oquvchining ruhiy dunyosiga yol topa olish barcha muvaffaqiyatlarning garovidir. Otkazilgan tadqiqotlarga qaraganda 3- sinf oquvchilarning odob togrisidagi fikr va mulohazalari 1-2- sinf sinaluvchilariga qaraganda mazmun, shakl tuzulish jihatdan kata tafovutga ega bolib, bu narsa bolaning turmush tajribasining kolami, yosh xususiyati va aqliy kamolot darajasi bilan olchanadi.
Yosh davr xususiyati bilan izohlanuvchi farq bilan bir qatorda narsaga turlicha qarash, xar hil yondoshish, muammo mohiyatini ochib berish uslubi individual tafovut borligini korsatadi. 1-3- sinf oquvchilari bilan olib borilgan tajribalar shuni korsatadiki, axloqiy tushunchalarni tarkib toptirish uchun ularni xar bir tushunchaning muhim alomatlarini ajratishga, umumlashtirishga orgatish, ularda ikkinnchi darajali belgilarni takidlash oquvini vujudga keltirish zarur.
Shuningdek, mustaqil fikr yuritish konikmasini takomillashtirish, mantiqiy xulosa chiqrish usullari bilan boshlangich sinf oquvchilarini qurollantirish maqsadga muvofiq. Boshlangich maktabda oqiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari- oqishda, sportda, bolalar orasidagi nufuzi va obrosi katta ahamiyat kasb etib boradi. Bu davrda bolalar ozlarining qaysi jinsga taaluqli ekanligini teran anglab, maktabda Ogil bolalar va Qiz bolalar guruhi shakllanadi. Xar bir guruhning oziga xos qiziqishlari, mashgulotlari bolib, qiz bolalar davrasida bolish, masalan, ogil bola uchun xattoki, noqulay bolib qoladi. Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy meyorlarning manosini tushunish, axloqiy qadryatlarni ozlashtirish va manaviy tasavvurlarning shakllanishi uchun ota sezgir va qulay hisoblanadi.
Shuning uchun ham kattalarga hurmat, kichiklarni ezozlash, ota-onaga ehtirom korsatish, Vatanni sevish, shahsiy va ijtimoiy mulkga togri munosabatli xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va ragbatlantirish ortasidagi farqni ajrata boshlaydi v anima qilib bolsa ham jazolanmasdan, kopchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va talim maskanida bolaning ahloqiy va manaviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart- sharoit ayni bu davrda ozining sezilarli samarasini beradi.
Bu davrdagi bolalarda motivatsion- ehtiyojlar doirasi va oz ozini anglash rivojlanib boradi. Bu davrda bolada oquv faoliyati borasida ota onasi, oila azolari, oqituvchilari, tengdoshlari orasida ozini ozi tasdiqlash hamda uni tan olishlariga intilish kuchayadi. Rivojlantiruvchi talimga bolgan qiziqish, endilikda faoliyat maqsadiga aylanadi. Oquv faoliyatidagi asosiy orinni oqituvchi va tengdoshlari orasidagi yutuqlari, baholari egallay boshlaydi. Bu yoshda bola ozini ozi anglash va shaxsiy refleksiya jarayoni, oz imkoniyatlari chegarasini belgilay olish, ixtiyoriylik va ozini nazorat qila olish tavsiflanadi.
Shuning natijasida bola oz hulq- atvorini nazorat qila boshlaydi. U oiladagi va ijtimoiy hayotdagi hulq atvor meyorlarini aniq va differensial holda tushuna boshlaydi, kattalar va tengdoshlar bilan shaxslararo munosabatga kirishdagi farqni anglaydi, oz emotsiyalarini, ayniqsa, negativ emotsiyalarini jilovlab ifodalashni boshlaydi. Shu bilan esda tutish lozimki, oquv faoliyatini qanday tashkil etilganligi va har bir bola individual xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi ozgarishlar ularda turlicha kechishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |